• 11.Sof qiymali bifshteks va Kotlet , zraza taomlarni tayyorlash. Go’sht kоtlеt massasidan zrazi taomini tayyorlash.
  • Sof qiymali bifshteks va Kotlet , zraza taomlarni tayyorlash




    Download 31.22 Kb.
    bet5/9
    Sana27.09.2023
    Hajmi31.22 Kb.
    #85043
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    diplom oldi amaliyoti mavzulari (1)
    9-s-f-d-i-t, 11-s-f-d-i-t, 9-bilet fazoda, kafolat xati, Professiogramaga namuna[1], KASBIY AMALIY IMTIHONLAR BAHOLASH VARAQASI 4-20 (2), malaka oshirish tizimida boshlangich maktab ingliz tili oqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish, korxona kreditorligi, SINF SOATI yuzi 2023-2024, Ekonometrika laboratoriya mashg\'ulotlari, kiberxavfsizlik amali1, Презентация1, abror, Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005
    10.Sof qiymali bifshteks va Kotlet , zraza taomlarni tayyorlash.
    Qiyma bifshtеks taomini tayyorlash.

    Qiymaga mayda to’g’ralgan cho’chqa yog’, tuxum, sut, tuz, murch qo’shiladi, yaxshilab aralashtiriladi, porsiyalanadi va mahsulotga 2 sm qalinlikdagi yapasqi dumaloq shakl beriladi. Bir porsiyaga bittadan ishlatiladi. Hozirlangan yarim tayyor mahsulot qizdirilgan yog’li tovaga solinib, ikki tomonida qizil qobiq hosil bo’lguncha qovuriladi. Keyin 150-180 °C haroratda qovurish javoniga 5-7 min qo’yiladi. Qovurishdan oldin bifshteksni unga bulab olish mumkin. Issiqlik bilan ishlov berish muddati 15 min.


    Suzib berayo’tganda porsiyali idish yoki taqsimchaga garnir solinib, yoniga bifshteks qo’yiladi-da, ustiga go’sht shirasi quyiladi. Garnir sifatida qovurilgan kartoshka, qaynatilgan sabzavotlar, murakkab garnirdan foydalaniladi. Qiyma bifshteksni tuxum yoki piyoz bilan han suzib berish mumkin.


    11.Sof qiymali bifshteks va Kotlet , zraza taomlarni tayyorlash.
    Go’sht kоtlеt massasidan zrazi taomini tayyorlash.

    Go’sht paylar, qon quyqalari, birlashtiruvchi dag’al to’qimadan tozalanib, to’g’raladi va go’sht qiymalagichdan o’tkaziladi. Kamida 1-navli bug’doy unidan qilingan qotgan non sovuq suv yoki sutda ivitiladi. Maydalangan go’shtga ivitilgan non, tuz, yanchilgan murch qo’shilib, yaxshilab aralashtiriladi, go’sht qiymalagichdan o’tkaziladi va qo’l bilan shapatilanadi. Shunda qiyma havoga to’yinadi, bir jinsliroq bo’ladi, undan tayyorlangan mahsulotlar ko’pchib turadi. Lekin uzoq vaqt shapatilash tavsiya etilmaydi, negaki bunda yog’ ajralib qoladi va mahsulotlar shirasizroq va bemazaroq chiqadi. Kotlet massasi porsiyalanadi, 1 sm qalinlikdagi doiracha shakliga keltiriladi, o’rtasiga qiy­ma solinadi, doirachaning chetlari birlashtiriladi, jildi tozalanmagan qoq non talqoniga bulanadi va chetlariga ovalsimon g’ishtchalar shakli beri­ladi. Bir porsiyaga 1-2 tadan ishlatiladi. Tayyorlangan zrazilar qizdirilgan yog’li tunuka tovaga qo’yilib, qizil qobiq hosil bo’lguncha qovuriladi va qovurish javonida pishguncha yana qovuriladi.


    Qiyma tayyorlash uchun chala qovurilgan no’shpiyoz olinib, unga qaynatilib to’g’ralgan tuxum, petrushka bargi, tuz, yanchilgan murch qo’shilib, hammasi aralashtiriladi.
    Suzib berishda taqsimchaga grechixa yoki guruch bo’qasi, kartoshka bo’tqasidan iborat garnir solinib, yoniga zrazilar (bir porsiyaga 1-2 tadan) qo’yiladi, ustiga qizil qayla yoki piyoz qaylasi quyiladi.



    Download 31.22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 31.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sof qiymali bifshteks va Kotlet , zraza taomlarni tayyorlash

    Download 31.22 Kb.