1 O‘zbekistonda ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonlari haqida ma’lumot bering




Download 69,71 Kb.
bet1/22
Sana04.01.2024
Hajmi69,71 Kb.
#130234
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
pedagogika javoblar


1 O‘zbekistonda ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonlari haqida ma’lumot bering.
Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan
qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan
iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy
muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi”. Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning
ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining
2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda. Modernizatsiya - ( lotincha - modeme – eng yangi) – takomillashtirilgan, yaxshilangan, yangi talabalarga javob bera oladigan degan ma’noni bildiradi. Ushbu so’z borgan sari hayotning barcha jabhalarida keng qo’llanilib bormoqda.Mazkur modernizatsiya shaxsni o‘qitish va tarbiyalashga oid eng yaxshi an’analarni saqlab qolgan va boyitgan holda majmuaviy xarakter kasb etib, ta’lim tizimining barcha sohalarini to‘la qamrab oladi va jamiyatda qaror topgan malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi .Ta’lim tizimining modernizatsiyalashda quyidagi ustuvor vazifalar hal qilinadi: - har bir shaxsning to‘laqonli ta’lim olishida boshqalar bilan teng huquqliligi va ta’lim olishning ochiqligini ta’minlash; - uzluksiz ta’lim tizimida yangi sifat ko‘rsatkichlariga erishish; - yangi ta’lim resurslarini jalb qilish va ulardan samarali foydalanish asosida uzluksiz ta’lim tizimida samarali me’yoriy-huquqiy va tashkiliy- iqtisodiy mexanizmlarni shakllantirish; - davlat va jamiyatning qo‘llab-quvvatlashi negizida ta’lim tizimi xodimlarining ijtimoiy maqomi va kasbiy kompetentligini rivojlantirish; - ta’lim tizimining davlat va jamoatchilik boshqaruviga asoslanganlik tamoyiliga muvofiq ta’lim jarayoni ishtirokchilari –talabalar, pedagoglar, ota onalar va ta’lim muassasalarining rolini oshirish.

Download 69,71 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 69,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 O‘zbekistonda ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonlari haqida ma’lumot bering

Download 69,71 Kb.