• Tarbiya jarayonining mazmuni
  • Абдулла Авлоний
  • 11. Ta’lim tizimini boshqarish organlari.
  • Республика таълим тизимини бошқаришда маҳаллий давлат органлари ҳам иштирок этади.
  • Tarbiya nazariyasi va tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni




    Download 69,71 Kb.
    bet7/22
    Sana04.01.2024
    Hajmi69,71 Kb.
    #130234
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
    Bog'liq
    pedagogika javoblar

    12. Tarbiya nazariyasi va tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, Тарбия назарияси педагогика фанининг муҳим таркибий қисми бўлиб, тарбиявий жараённинг мазмуни, шакл, метод, восита ва усуллари ҳамда уни ташкил этиш муаммоларини ўрганади. Хаётга янгича сиёсий ва иқтисодий нуқтаи назардан ёндашиш ўсиб келаётган ёш авлод тарбияси билан боғлик жараённи ҳам қайтадан кўриб чиқишни такозо этмоқда. Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sosiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq. Tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir Shuningdek, tarbiya mazmunini Qur’oni Karim oyatlari, Muhammad payg‘ambarimiz (a.s.) Hadislari, milliy va madaniy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, mutafakkir va olimlarning tarbiyaga oid asarlari kabilar tashkil etadi. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Тарбия хусусида таниқли ўзбек педагоги Абдулла Авлоний шундай дейди: «Ал-ҳосил, тарбия бизлар учун ё хаёт, ё мамот, ё нажот - ё фалокат, ё саодат - ё халокат масаласидур». Ушбу фикрлардан англаниладики, шахс тарбияси хусусий иш эмас, балки ижтимоий, миллий ишдир. Зеро, ҳар бир халқнинг тараққий этиши, давлатларнинг қудратли бўлиши авлодлар тарбиясига кўп жиҳатдан боғлиқ.
    11. Ta’lim tizimini boshqarish organlari. O‘zbekiston Respublikasining, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha, deb e’lon qilingan. Ўзбекистон Республикасида таълим тизимини бошқаришга умумий раҳбарликни Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси олиб боради O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim tizimini boshqarish bo‘yicha quyidagi vakolatlarga egadir: 1) ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; 2) ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik kilish; 3) ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; 4) ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash; 5) ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash; 6) davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash; 7) davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash; 8) davlat grandlari miqdorini va ta’lim muassasalariga qabul kilish tartibini belgilash; 9) davlat oliy ta’lim muassasalarining rektorinitayinlash; 10) ta’lim oluvchilarning akkreditasiya qilingan bir ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash; shunigdek, qonun xujjatlariga muvofiq boshqa kafolatlar. Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlarining huquqlari doirasiga quyidagilar kiradi: ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini ro‘yobga chikarish; ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish; DTS, mutaxassislarning bilim saviyasi va tayyorgarligiga bo‘lgan talablarning bajarilishini ta’minlash; o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish; o‘quv va o‘quv uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr qilish va tashkil etish; ta’lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash; davlat oliy ta’lim muassaslarining rektorini tayinlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasiga takliflar kiritish; pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyordashni tashkil etish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar quyidagilar bilan belgilanadi: Республика таълим тизимини бошқаришда маҳаллий давлат органлари ҳам иштирок этади. Ularning respublika ta’lim tizimini boshqarishdagi o‘rni va roli ta’lim muassaslari faoliyatining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar; ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar (respublika tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro‘yhatga oladilar o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorini va imtiyozlarni belgilaydi; ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar. Ta’lim tizimini boshqarish sohasida ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish ishlarini tashkil etishga ham alohida e’tibor beriladi. Ta’lim muassasi uning rahbari (direktor yoki rektor) tomonidan boshqariladi. Tashkilotchi, oliy ma’lumotli, kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan eng yaxshi o‘qituvchi tuman xalk ta’limi bo‘limi tavsiyasiga binoan viloyat xalk ta’limi (Toshkent shahrida-shahar xalk ta’limi) bo‘limi tomonidan direktor etib tayinlanadi. Viloyat xalk ta’limi bo‘limi bu haqida O‘zbekiston Respublikasi XTV ga ma’lum qiladi.

    Download 69,71 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




    Download 69,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarbiya nazariyasi va tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni

    Download 69,71 Kb.