|
Oila pedagogikasining shakllanish jarayonlari va oila pedagogikasining asosiy vazifalari. Oila pedagogikasi jamiyatning
|
bet | 10/22 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 69,71 Kb. | | #130234 |
Bog'liq pedagogika javoblar16. Oila pedagogikasining shakllanish jarayonlari va oila pedagogikasining asosiy vazifalari. Oila pedagogikasi jamiyatning shaxs tarbiyasiga doir muhim davlat siyosatidagi ustuvor vazifalarini mukammal bajarishida hizmat qiladi, ta'lim-tarbiyaga doir bilimlar mushtarak holda jamlab farzand tarbiyasiga doir tartib, qoidalarning sinovdan o’tkazuvchi va amalda tadbiq qiluvchi ota - onaning faoliyatidir. Оила-эр-хотинлик иттифоқига, қариндошлик алоқаларига, умумий хўжалик юритадиган эр ва хотин, ота-она ва болалар, ака-ука ва опа-сингиллар ва бошқа қариндошлар ўртасидаги муносабатларга асосланадиган кичик ижтимоий гуруҳ, жамиятнинг асоси, давлат қудратининг манбаи. Оиланинг ҳаёти моддий (биологик, хўжалик) ва маънавий (ахлоқий, ҳуқуқий, психологик) жараёнлар билан характерланади. Oila–ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat boshidan kechirgan tarixiy davrlarning qanchalik xilma-xil va murakkab bo‘lishiga qaramay, ayniqsa, XXI asrda ro‘y berayotgan buyuk o‘zgarishlar va islohotlarga dosh bera olgan ushbu maskan o‘z tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan majburiyatlarini bajarishi nuqtai nazaridan sog‘-omon saqlanib qolgan fuqarolik jamiyatining eng katta tuzilmasidir. Oilani insonlar tashkil etgani va undagi hayot-mamotni ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardan iborat ekanligini hisobga oladigan bo‘lsaq uni sof ta’lim-tarbiya jarayonlari maskani ham deb atash mumkin. Oila– jamiyatning ajralmas bo‘lagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo‘qki, u o‘zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan
17. Oila tarbiyasi. Oilaviy qadriyatlarning shaxs tarbiyasiga ta’siri. Oila tarbiyasi ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun mas'ul shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama etuk, sog'lom etib tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Ota-onalar o'zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg'usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli ko'rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me'yorlarga og'ishmay rioya etish, sog'lom turmush tarzini yaratish, o'z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so'z va faoliyat birligini ta'minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko'rsatadi. Shaxs shakllanishiga ta'sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila jamiyatning ajralmas bo'lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o'ziga hos xususiyatlarni ham akslantiradiki, bunday xislat psixologik qarama-qarshilik hamda harakterlar to'qnashuvidan iborat ijtimoiy munosabatlardan toliqqan inson organizmi ning ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bo'lgan mo''tadil iqlimni hosil qila oladi. Bu tuyg'u halqimiz ruhiyatidagi o'ziga hos xususiyatlardan biridir. Oila tarbiyasida ob'ektiv va sub'ektiv omillarning roli katta. Oilaning moddiy ta'minoti va farovonlik (maishiy turmush) darajasi, oila byudjetining mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, sog'lom ruhiy muhitning barqarorligi va hokazolar ob'ektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni, oila a'zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda ma'lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o'rtasidagi mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish borasidagi o'zaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish kabilar sub'ektiv omillar sirasiga kiradi. Bolalarda ijtimoiy-dunyoviy bilimlarni egallashga bo'lgan intilish, ijtimoiy faoliyatning shakllanishida ota-onalarning samarali ishtirok etishlari hal qiluvchi omil bo'lib, bu oia tarbiyasini muvafiqiyatli amalga oshirishning zarur shartlaridan biri. Oila tarbiyasida bolalar hayotini to'g'ri yuritish ularni vaqtdan to'g'ri va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o'yin, mehnat va o'qish faoliyatlari bo'yicha to'g'ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog'lom, ma'naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo'nalishlari — jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g'oyaviy hamda jinsiy ta'lim berish, ularda faoliyat ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oila pedagogikasining shakllanish jarayonlari va oila pedagogikasining asosiy vazifalari. Oila pedagogikasi jamiyatning
|