|
1 O‘zbekistonda ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonlari haqida ma’lumot bering
|
bet | 18/22 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 69,71 Kb. | | #130234 |
Bog'liq pedagogika javoblar30. Pedagogning kasbiy fazilatlari.
Kasbiy mahorat va layoqat shaxsning shunday sifatlaridirki, ular bo'lajak mutaxassisning hayotiy hamda mehnat muvvafaqqiyatlarini belgilab beradi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida t a ’limni rivojlantirishning yangi bosqichida kasbiy pedagogika fanining asosiiy vazifasi jahon talablari darajasidayangilanib borayotgan ishlab chiqarish sharoitlariga moslasha oladigan, iqtisodiyotimizni buyuk davlat darajasiga ko'taradigan mutaxassislarni tayyorlash, ushbu jarayonda asosiy omil sifatida berilaydigan axborotlar hajmini e ’tirof etish emas, balki ularga nisbatan ijodiy yondashuvni shaklantirish va mustaqil fikrlash kabi sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Pedagogning kasbiy fazilatlari quydaGILAR: Билимдонлик, Касбга эътиқод, Фуқаролик бурчини англиш, Адолатлилик, Талабчанлик, Ўзини тута билиши, Педагогик назокат, Вазминлик, сабр-тоқат, Кузатувчанлик зийраклик, Амалик психологик ақл, Нутқ маданияти, Аниқ ифодали ўқиш, Ижодий ҳаёл-келажакни кўра олиш – педагогик тасаввур, Таъсир эта билиш, Касбий лаёқатлилик
31. Pedagogik muloqot. Muloqot vositalari va turlari. Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va xatti-harakatlari o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining o‘qituvchi shaxsi haqidagi qarashlari, uning xatti-harakati, pedagogik mahorati uning ma’naviy madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish ham ijobiy natijalar bermaydi. O‘qituvchi subekti bilan, o‘quvchi ob’ekti o‘rtasidagi qattiq avtoritar intizom ham o‘zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etadi, natijada o‘quvchining ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi. Pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga yo‘naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o‘qituvchining muhim fazilati, uning muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va psixologik fanlarda o‘ziga xos ta’rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan o‘qituvchining pedagogik qobiliyatidir. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida: 1. O‘z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi. 2. Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi. 3. Sharqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi. 4. O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir o‘quvchi qalbiga yo‘l topadi. Muomala o‘qituvchi faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida ulkan pedagogik imkoniyatlarni mujassamlashtiradi. Pedagogik muomalada o‘qituvchi quyidagi faoliyatga qat’iy amal qilishi lozim: - o‘qituvchida tarbiyalash mahoratining shakllanganligi. Uning tarbiyaviy jarayonga oid so‘z va ohangni tanlay bilishi va ta’sir o‘tkaza olishi; - muomala ob’ekti bo‘lmish o‘quvchilar diqqatini jalb qiluvchi nutq, pauza, harakat, imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta’sirni bilishi; - o‘quvchilarning ichki ruhiyatini, psixologik xususiyatlarini bilgan holda muomalaga jalb etishi, darsni boshlashdan oldin o‘quvchilarni ta’lim va tarbiyaviy muloqotga tayyorlashi; - o‘quvchilarga og‘zaki, o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning tarbiyaviy usul-larini bilishi. O‘qituvchining nutqi ravon, o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir qiladigan bo‘lishi. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqot madaniyatiga erishishi natijasida quyidagi holatlar paydo bo‘ladi: - pedagogik muloqot orqali o‘qituvchi tarbiyalanuvchi ob’ekt bilan o‘ziga xos muomala muhitini yaratadi. Bunday muhitda o‘qituvchi o‘zining psixologik, mimik, pantomimik, notiqlik san’ati, ta’sir o‘tkazish kabi qobiliyatlar tizimini namoyish etadi; - o‘qituvchining shirinsuxanligi, ochiq chehrali bo‘lishi, samimiy muomalasi muloqotda ijobiy natijalarga erishish kalitidir; - o‘quvchilar jamoasi bilan muomalada o‘qituvchining doimo psixologik bilimlarga tayanishi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda bir xil muvozanatni saqlaydi;
|
| |