“Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalari. Kreativlik sifatlari




Download 69,71 Kb.
bet21/22
Sana04.01.2024
Hajmi69,71 Kb.
#130234
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
pedagogika javoblar

35. “Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalari. Kreativlik sifatlari. “Kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin: Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Kreativlik ta’lim jarayonini tashkillashtirishni o‘zida mujassamlashtirib, kreativ ta’lim jarayonini qurish, ta’lim texnologiyalaridan ijodiy salohiyatni rivojlantirish, turli uslublar, bilim va ko‘nikmalar muvozanatini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Kreativlikning mohiyati - intellekt insonning aqliy salohiyati bo‘lsa, kreativlik ana shu aqliy salohiyatni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda erkin ishlata olish qobiliyati hisoblanadi. Kreativlik atamasi Angliya-Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo‘ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi. J. Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko‘rsatadi: – fikrni maqsadga muvofiq yo‘llay olish; – o‘ziga xoslik (originallik); – qiziquvchanlik; – farazlar yaratish qobiliyati; – xayol qila olish (fantaziya).. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug‘atlariga asoslanib, o‘qituvchining kreativligi deb, uning fikrlaridagi, sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta’riflash mumkin. O‘qituvchining kreativligi, bu uning qat’iy, chegaralangan yoki sust chegaralangan sharoitlarda har xil original g‘oyalarni izlab topish layoqatidir. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish quyidagi o‘zaro bir-biriga bog‘liq kreativlik tarkibiy komponentlarini ajratish imkoni beradi: 1. Intellektual (aqliy). 2. Axloqiy (o‘z-o‘zini boshqarish). 3. Motivatsion (maqsadli). 4. Emotsional (his-hayajonli). Kreativ layoqat quyidagi o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat bo‘ladi: 1. Kreativ maqsad. 2. Ijodiy intilish. 3. Kreativ (ustanovka) qurish. 4. Kreativ yo‘nalish. 5. Kreativ ifodali akt. 6. Kreativ o‘z-o‘zini boshqarish. 7. Kreativ faollik. 8. Kreativ intilishlar darajasi.

Download 69,71 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Download 69,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Kreativlik” va “pedagogik kreativlik” tushunchalari. Kreativlik sifatlari

Download 69,71 Kb.