• Mahoratli pedagog deganda
  • Pedagogik mahorat bir qator komponentlardan
  • Kuzatuvchanlik qobiliyati
  • Tashkilotchilik qobiliyati
  • 7.To’g’ri muomala qila olish qobiliyati
  • 9. Diqqatni taqsimlab olish qobiliyati
  • Ta’lim sifatini nazorat qilish. Nazorat shakllari, turlari va qonuniyatlari




    Download 69,71 Kb.
    bet17/22
    Sana04.01.2024
    Hajmi69,71 Kb.
    #130234
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
    Bog'liq
    pedagogika javoblar

    27. Ta’lim sifatini nazorat qilish. Nazorat shakllari, turlari va qonuniyatlari.
    28. Pedagogik mahorat, uning mohiyati va tuzilishi. Pedagogik mahorat – izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o’qituvchilar uchun bir qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o’qituvchining o’z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir. Mahoratli pedagog deganda - ravon va ta’sirchan nutqqa ega bo’lgan, o’tilayotgan mavzuga o’quvchi diqqatini torta oladigan, qobiliyatli, mavzuga mos ko’rgazmalar ijod qilib, undan unumli foydalana oladigan, har qanday sharoitda ham o’quvchi qalbiga yo’l topa oladigan, har bir darsi jarayonida bolaning qiziqishi va faoliyatini oshirisha oladigan kishini tushunamiz. Pedagogik mahorat bir qator komponentlardan tarkib topadi. U pedagogika va psixologiya bo’yicha ilmiy bilimlarni, ya’ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik etika va pedagogik texnikani o’z ichiga oladi. Pedagogik mahoratning asosiy negizi bu – kasbga oid bilimlarni puxta o’zlashtirishdan iboratdir.
    29. Pedagogik qobiliyatlar 1. Bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, biologiya, adabiyot va hokazolarga doir) qobiliyatdir. Bunday qobiliyatga ega bo’lgan o’qituvchi fanni o’quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi,o’z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nihoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarini ham bajaradi. 2. Tushuntira olish qobiliyati- o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, o’quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg’otish qobiliyatidir. O‘qituvchi zarur hollarda o’quv materialini o’zgartira olishi,qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o’quvchilarga yetkaza olishi darkor. 3. Kuzatuvchanlik qobiliyati - o’quvchining. tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o’quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog’liq bo’lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday o’qituvchi o’quvchining ruhiyatidagi ko’z ilg’amas o’zgarishlarni ham tez fahmlab oladi. O‘quvchilar bunday o’qituvchi haqida: "Qaramayotganga o’xshaydi - yu, hamma narsani ko’rib turadi!", "O‘quvchining xafa bo’lganligini yoki dars tayyorlamayotganligini ko’zidan biladi!", - deydilar. 4. Nutq qobiliyati – nutq yordamida, shuningdek, imo - ishora vositasida o’z fikr - tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o’qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. O‘qituvchining nutqi darsda hamisha o’quvchilarga qaratilgan bo’ladi. O‘qituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, o’quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki tanqid qilayotgan bo’lsa ham, uning nutqi hamisha o’zining ichki kuchi, ishonchi, o’zi gapirayotgan narsaga qiziqqanligi bilan ajralib turadi. Fikrning ifodasi o’quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo’ladi. 5. Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan, o’quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, o’z ishini to’g’ri uyushtirishni nazarda tutadi. 6. Obro’ orttira olish qobiliyati - o’quvchilarga bevosita emotsional - irodaviy ta’sir ko’rsatish va shu asosda obro’ qozona olishdir. Obro’ faqat shu asosdagina emas, balki o’qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatligi va hokazolar asosida ham qozoniladi. Bu qobiliyat o’qituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir yig’indisiga, chunonchi, uning irodaviy sifatlariga, shuningdek, o’quvchilarga ta’lim hamda tarbiya berish mas’uliyatini his etishga, o’zining haq ekanligiga ishonishga, bu ishonchni o’quvchilarga yetkaza olish kabilarga ham bog’iq 7.To’g’ri muomala qila olish qobiliyati - bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o’zaro munosabatlar o’rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi. 8. Kelajakni ko’ra bilish qobiliyati - o’z harakatlarining oqibatini ko’ra bilishda, o’quvchining kelgusida qanday odam bo’lishini tasavvur qila olishida, tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishda ifodalanadi. Bu pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga bog’liqdir. 9. Diqqatni taqsimlab olish qobiliyati- o’qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari - hajmi, kuchi, ko’chuvchanligi, idora qilina olishi, safarbarligi kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi.



    Download 69,71 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Download 69,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim sifatini nazorat qilish. Nazorat shakllari, turlari va qonuniyatlari

    Download 69,71 Kb.