|
1-savol: Ijobiy va salbiy his-tuygularning roli❓
|
bet | 8/21 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #143036 |
Bog'liq sesiya 2kurs umumiy69. Motiv turlari.
MATIVLARNING TURLARI
Turli kasb egalari faoliyati motivlarini organishda motivlar xarakterini bilish va ularni ozgartirish muammosi ahamiyatga ega. Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bolib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Makklelland, D. Atkinson va nemis olimi X. Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini taminlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: muvaffaqiyatga erishish motivi hamda muvaffaqiyatsizliklardan qochish motivi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi motivga moljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bolsa ham yutuqga erishish ular uchun oliy maqsad boladi. Ular hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini maqullashlarini biladilar. Bu yolda ular nafaqat oz kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi imkoniyatlar - tanish-bilishlar, mablag kabi omillardan ham foydalanadilar.
Boshqacha xulq-atvorni muvaffiqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima bolsa ham muvaffaqqiyatsizlikka duchor bolmaslikni oylaydilar. Shu tufayli ularda koproq ishonchsizlik, yutuqka erishishga ishonmaslik, pessimizmga oxshash holat kuzatiladi. Shuning uchun bolsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffiqiyatsizlikka uchrab, «Ozi sira omadim yurishmaydigan odamman-da» degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ishni muvaffiqiyatli tugatgach, kotarinki ruh bilan ikkinchi ishga kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandan song, uning natijasidan qatiy nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar va ogrinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu orinda talabchanlik degan sifatning roli katta. Agar muvaffiqiyatga yonalgan shaxslarning ozlariga nisbatan qoygan talablari darajasi ham yuqori bolsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari aksincha, past boladi. Bunday tashqari har birimizdagi ozimizdagi real qobiliyatlar togrisidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning faoliyatdagi orniga tasir korsatadi. Masalan, ozidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs hattoki, maglubiyatga uchrasa ham, unchalik qaygurmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bolishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qaygurib boshdan kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qaygurish sifati ham malum manoda motivlar xarakterini belgilaydi.
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va oz-oziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon bolishini biror masuliyatli ish oldidan ozimizni tutishimiz va muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak boladi. Masalan, masuliyatli imtixon topshirish jarayonini olaylik. Bazi talabalar imtixon oldidan juda qayguradilar, hattoki, qorqadilar ham. Ular uchun imtixon topshirish juda katta tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan boshdan kechirib, ichidan hayajonlanayotgan bolsalar ham, buni boshqalarga bildirmaydilar. Yana uchinchi toifa kishilari umuman begam bolib, sira koyimaydilar. Tabiiy, shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining muvaffaqiyati va faoliyatning samarasi turlicha boladi.
|
| |