• O„g„it solish muddati va usuli.
  • Dukkakli-don ekinlarni o„g„itlash




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Dukkakli-don ekinlarni o„g„itlash. Mineral o„g„itlarni me‟yorini aniqlab 
    berish uchun quyidagilarni bilish zarur: 
    1. Biologik simbiozni hisobga olish - muhit, tuproqning fosfor, kaliy va suv 
    bilan ta‟minlanishi.
    2. Fosfor va kaliy miqdorini muqobil darajaga ko„tarish.
    3. Suv bilan ta‟minlanish sharoiti. Suv yetarli bo„lmasa fosfor va kaliyning 
    ijobiy ta‟siri bo„lmaydi.
    4. Nordon tuproqlarda ham fosfor va kaliyning ahamiyati sezilarli bo„lmaydi.
    O„g„it solish muddati va usuli. O„g„itlash sistemasi tuzilganda o„g„itni solish 
    usuli va muddatini aniqlash zarur. O„g„itlar umuman 3 muddatda solinadi.
    1. Asosiy o„g„it - bu shudgorlashdan oldin solinadi. Bu o„g„it ekinni butun 
    o„suv davrida ozuqa elementlari bilan ta‟minlash uchun mo„ljallanadi. Ayni 
    muddatda organik va ma‟dan o„g„itlar qo„llaniladi. Muayyan o„g„itlarni ancha 
    chuqur qilib chimqirqar haydagich bilan tuproqqa aralashtirib solish zarur. Fosforli 
    o„g„itlarning yuzaki solinishi foydasiz, chunki fosforli o„g„itlar tuproqning qaysi 
    chuqurligiga solingan bo„lsa shu qatlamda saqlanadi. Yuza solingan o„g„itni ekin 
    o„zlashtirmaydi, chunki tuproqning yuqori qismi doim quruq bo„lganligi uchun 
    ildiz bu qatlamda rivojlanmagan bo„ladi. Agar fosforli o„g„itlar suyuq shaklda 
    bo„lsa tuproqda 10 sm gacha singishi mumkin.
    Kaliy fosforga nisbatan tuproqning chuqur qatlamigacha kiradi, asosiy qismi 
    tuproqning singdiruvchi kompleksida singib qoladi, bir qismi suv bilan pastga 
    tushadi. Havo issiq bo„lsa, kaliy tuproqqa solingan qatlamda qoladi. Kaliyli 
    o„g„itlarni yer haydashdan oldin asosiy o„g„it sifatida qo„llaniladi.
    Ko„p yillik o„tlar bir yyerda 3-4 yil hosil beradi, bu ekinlar uchun o„g„it 
    asosiy o„g„it sifatida qo„llaniladi. Agar yuqori hosil olish rejalashtirilgan bo„lsa, 


    32 
    kaliyni 50-70% yer shudgorlashdan oldin, qolgan qismi esa qo„shimcha 
    oziqlantirish sifatida solinadi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish