Davriy matbuotni tarqatish yo‘nalishida
2014 yilda hamkorlikda ishlash yuzasidan “Matbuot tarqatuvchi” AK va Inspeksiya o‘rtasida imzolangan Kelishuvga asosan yil davomida “Matbuot tarqatuvchi”AKning 3 ta matbuot tarqatuvchi sho‘ba korxonasida, 48 ta tuman bo‘linmalari va ularga qarashli 446 ta kioskalar faoliyati hamkorlikda o‘rganilgan va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan “Matbuot tarqatuvchi” AK xatlar berilgan.
O‘rganish natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar “Matbuot tarqatuvchi” korxona rahbarlari, tegishli mutaxassislari hamda Inspeksiya xodimlari ishtirokida muhokama qilingan, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilib, bajarilishi Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalari tomonidan nazoratga olingan.
|