yil davomida inspeksiya tomonidan ko‘rib chiqilgan fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha




Download 24,22 Kb.
bet11/12
Sana21.03.2017
Hajmi24,22 Kb.
#613
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2014 yil davomida inspeksiya tomonidan ko‘rib chiqilgan fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga 2014 yilda 857 ta murojaatlar kelib tushgan. Shulardan, 496 ta murojaat ya’ni, 60 foizi, “O‘zbektelekom” AK tomonidan ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari yuzasidan, 128 ta murojaat, ya’ni 


14,9 foizi, pochta aloqasi xizmatlari yuzasidan va 6 ta murojaat, ya’ni 0,7 foizi, matbuot tarqatish xizmatlari yuzasidan, 97 murojaat, ya’ni 11,3 foizi mobil aloqa xizmatlari yuzasidan 54 ta murojaat, ya’ni 6,6 foizi internet xizmatlari yuzasidan, 3 ta murojaat, ya’ni 0,4 foizi teleradio dasturlarni tarqatish xizmatlari yuzasidan, 52 ta murojaat, ya’ni 6 foizi kabel televideniesi xizmatlari yuzasidan hamda 21 ta murojaat, ya’ni 2,5 foizi Inspeksiyaning vakolatiga taalluqli bo‘lmagan boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan.

857 ta murojaatlardan 343 tasi “Ishonch telefoni”ga kelib tushgan va Inspeksiyaning respublika ma’muriyatiga pochta orqali 101 ta yozma murojaat tushgan bo‘lib, hududiy bo‘linmalarga pochta orqali 60 ta yozma murojaat tushgan, 219 ta murojaat Qo‘mita orqali kelib tushgan, Yagona interaktiv xizmatlari portali orqali 68 ta murojjatlar kelib tushgan. Inspeksiya va hududiy bo‘linmalar rahbariyati qabulida 66 ta fuqarolardan murojaat tushgan.

Shulardan, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidan 3 ta murojaat, Prezident Devonidan 11 ta murojaat, Vazirlar Mahkamasidan 
29 murojaatlar kelib tushgan.

Joriy yilda hamda 2013 yilning shu davrida kelib tushgan murojaatlar taqqoslanganda, 2014 yilda kelib tushgan 857 ta murojaatlar 2013 yilning shu davrida kelib tushgan 929 ta murojaatlarga nisbatan 7,7 foizga kamaygan. Joriy yilda ko‘rib chiqilgan shikoyatlardan 281 ta murojaat korxonalar aybi bilan deb topilgan va 2013 yilning shu davridagi korxonalar aybi bilan bo‘lgan 398 ta murojaatga nisbatan soni 29,4 foizga kamaygan.

Aloqa sohasidagi korxonalarning aybi bilan deb topilgan 281 ta shikoyatlardan 232 tasi, ya’ni 82,6 foizi mahalliy telefon aloqasi xizmatlari yuzasidan, 26 ta shikoyat, ya’ni 9,3 foizi pochta aloqasi xizmati yuzasidan, 16 ta shikoyat, ya’ni 5,7 foizi “O‘zbektelekom” AK tomonidan ko‘rsatilayotgan internet xizmati yuzasidan va 3 ta shikoyat, ya’ni 1,1 foizi telegraf aloqasi xizmati yuzasidan, 2 ta shikoyat, ya’ni 0,7 foizi mobil aloqa xizmati yuzasidan, 2 ta shikoyat, ya’ni 0,4 foizi Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi DUK tomonidan tarqatilayotgan teledasturlar sifati yuzasidan kelib chiqqan shikoyatlardir.

2014 yil mobaynida Murojaatlarning ko‘rib chiqilishida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan 7 ta mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 


153- moddasi bilan ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanilib, davlat buyudjetiga 1 176 320 so‘m miqdorda jarima undirilgan.

2014 yil mobaynida Inspeksiyaga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarining asossiz ravishda buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan, barcha murojaatlar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilgan hamda murojaatchilarga javob xatlari yuborilgan va yuqori tashkilotlarga tegishli ma’lumotlar taqdim etilgan.




Download 24,22 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 24,22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



yil davomida inspeksiya tomonidan ko‘rib chiqilgan fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha

Download 24,22 Kb.