|
Auditni rejalashtirishdan
|
bet | 158/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditAuditni rejalashtirishdan asosiy maqsad audit jarayonidagi umumiy ish hajmini aniqlash, tekshirish muddatlarini belgilash, auditni o’tkazishda qo’llanilishi mumkin bo’lgan ilg’or usullar tarkibini, ko’rsatiladigan auditorlik xizmati qiymatini hamda auditorlik xatarini aniqlashdan iborat
Auditni rejalashtirish 3-son «Auditni rejalashtirish» nomli AMS va
9 son «Auditorlik isboti va xatari» nomli AFMS talablari asosida amalga oshiriladi. Ushbu standartlarga asosan auditni rejalashtirishda quyidagi tamoyillar hisobga olinishi kerak bo’ladi: rejaning to’likligi; rejaning uzluksizligi; rejaning ixchamligi.
Audit standartlariga asosan uning rejalashtirilishi quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:
Auditning dastlabki rejasi auditorlik tekshiruvini o’tkazishga rozilik berishdan va auditorlik shartnomasidan oldin tuziladi.
Auditning dastlabki rejasini tuzishda auditorlik tashkiloti korxonaning nizomi, korxona faoliyatini qayd etishga asos bo’lgan hujjatlar, hisob siyosatini aks ettiruvchi hujjatlar, moliyaviy hisobot, bank, moliya, solik organlarining xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatiga oid ma’lumotnomalari, korxonalar o’rtasida tuzilgan shartnomalar va ularning bajarilishi ma’lumotlaridan foydalanadi. Yig’ilgan ma’lumotlar tahlili natijasi va dastlabki rejaga asosan audit o’tkazishga rozilik oladi va shartnoma tuziladi.
USHBU REJA AUDITORLIK GURUHI RAHBARI TOMONIDAN IMZOLANADI VA AUDITORLIK TASHKILOTI RAHBARI TOMONIDAN TASDIQLANADI. QUYIDA MOLIYAVIY NATIJALARNI TEKSHIRISH AUDIT REJASI KELTIRILGAN:
-
№
|
Rejalashtirilayotgan ish turlari
|
Bajarilish davri
|
Bajaruvchi
|
Izoh
|
1.
|
Daromadlarning auditi
|
Ikki kun
|
Auditor
|
|
2.
|
Хarajatlarning auditi
|
Ikki kun
|
Auditor
|
|
3.
|
Foyda (zarar) ning
auditi
|
Ikki kun
|
Auditor
|
|
AUDIT REJASIGA ASOSAN AUDIT DASTURI TUZILADI VA QUYIDAGI MOLIYAVIY NATIJALRNI TEKSHIRISH AUDIT DASTURI KELTIRILGAN
-
Т.r.
|
Muolajalar ro’yxati
|
Bajaruvchi
|
Auditorlik ishchi
hujjatlari
|
Daromadlarning auditi
|
1
|
Sotishdan olingan sof
tushumning to’g’riligini tekshirish.
|
Auditor
|
oborot qaydnomasi, to’lov qaydnomalari
|
2.
|
Asosiy faoliyatdan olingan
boshqa daromadlarni tekshirish.
|
Auditor
|
Buxgalteriya balansi, jurnal-orderlar,
qaydnomalar
|
4.
|
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarni tekshirish, Favquloddagi daromad (foyda) ni tekshirish
|
Auditor
|
Moliyaviy hisobot, Bosh kitob Buxgalteriya balansi, moliyaviy hisobot
|
5.
|
Daromadlarning so’nggi moliyaviy natijalar schyotiga to’gri o’tkazilganligini tekshirish.
Хarajatlarning auditi
|
Auditor
|
Buxgalteriya balansi, Bosh kitob, Moliyaviy hisobot, oborot qaydnomasi
|
6.
|
Хarajatlarning rejalashtirishini tekshirish. Хarajatlarning tarkibini
aniqlash. Mahsulot tannarxining auditi.
|
Auditor
|
Buxgalteriya balansi, to’lov qaydnomalari, moliyaviy hisobot, jurnal-orderlar,
to’lov topshiriqnoma, Bosh kitob, kassa
|
7.
|
Davr xarajatlarning auditi Moliyaviy faoliyat xarajat-
lari va favquloddagi zararlarni tekshirish. Foyda (zarar)niig
auditi
|
Auditor
|
kirim va chiqim orderlari, mashinogrammalar, Moliyaviy hisobot,
|
8.
|
Moliyaviy natijalarning
koldig’ini tekshirish. Daromadlarning auditi.
|
Auditor
|
buxgalteriya balansi, Bosh kitob, hisob registrlari,
oborot
|
9.
|
Хarajatlarning auditi. Foyda (zarar)ning auditi.
|
Auditor
|
qaydnomai, kaydnoma, jurnal-orderlar,
|
10.
|
Hisob registrlari va hisobotlarda moliyaviy natijalarni
tekshirish.
|
Auditor
|
moliyaviy hisobot,
mashinogrammalar
|
-
Auditorlik
|
shartnomasining
|
maqsadi va
|
qo’yilgan
|
vazifalariga
|
qarab auditning
|
umumiy rejasi
|
tuziladi.
|
Auditning umumiy rejasida tekshirishga mo’ljallanayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning nomi, audit davri, auditga ajratilgan muddat, auditorlik guruhining tarkibi, rejalashtirilayotgan ishlarning turi, uning bajaruvchilari ko’rsatiladi. Auditning umumiy rejasida auditorlik isboti va auditorlik xatarining darajasi xam keltiriladi. Audit rejasi va dasturi asosida o’tkazilgan tekshiruvlar ma’lum tartibda umumlashtirilib boriladi va hujjatlashtiriladi. Ushbu hujjatlar o’z navbatida auditorlik hisoboti va auditorlik xulosalarini tuzishga asos bo’lib xizmat kiladi.
4. MOLIYAVIY NATIJALAR SHAKLLANISHI VA TAQSIMLANISHINI TEKSHIRISH.
|
| |