degidroaskorbin kislota maxsus reduktaza yordamida qaytadan yengil qaytariladi.
Askorbin kislota tirozin va lizinni metabolik parchalaydi, protokollagan tarkibidagi
prolin qoldiqlarini gidroksillaydi, gidroksiprolin qoldiqlarigacha ,
u esa fibrilyar
kollagen tuzilishi uchun kerakdir. U dopaminni gidroksillab muhim garmon va
noradrenalin neyromediatoriga, lipidlar almashinishida qatnashadi.
Tibbiyotda askorbin kislota singaga qarshi, gemoragik diatezlarda, qon
oqqanda, nur kasallarida, qator infeksion
va immun kasallarida, ateroklerozdagi lipid
almahinuvini normallashda, kuchli fizik va aqliy tolganda, shamollash va rak
ximioterapiyasida ahamiyatga ega.
Silva 1918-1925 yillar o’rgangan. Tuzilishini 1933 yili Karrer aniqlagan.D
askorbin kislotasi С vitaminlik ta'sirga
ega emas, hatto antivitamin С sifatida
ishlatiladi. Inson organizmida sintezlanmaydi.
Askorbin kislota ‘vitamin С rangsiz, suvda yaxshi, spirtda yomonroq
eriydigan kristall modda. O ’simliklarda qutblangan nur tekisligini o’ngga va
chapga
buradigan stereoizomerlar holida uchraydi. O ’ngga buruvchi izomerining biologik
ta'siri ancha kuchsiz.
Askorbin kislota kristall holdagi turg’un birikma bo’lsa-da, nam ta'sirida tezda
oksidlanib, oksidlangan formasi — degidro-askorbin kislotaga aylanadi. O ’simlik
to’qimalarida askorbin kislotaning oksidlanishi fermentlar ta'sirida {ayniqsa
askorbinaza fermenti ta'sirida) juda tez boradi.
Degidroaskorbin kislota beqaror birikmadir, shu sababli, u tezda parchalanib
ketishi mumkin. Degidroaskorbin kislota biologik faol bo’lib, o’simlik to’qimalarida
askorbin kislota bilan birga uchraydi va ma'lum sharoitda fermentlar ta'sirida
qaytarilib, askorbin kislotaga aylanadi. Degidroaskorbin
kislotani laboratoriya
sharoitida vodorod yordamida qaytarilib, askorbin kislotaga o’tkazish mumkin.
//
HC-.