,сн3
CH2-(CH2-C-CH2)3H
E-avitaminoz vaqtida xomiladorlik normal jarayoni buziladi va o’zidan o’zi
abort bo’ladi. E-vitamin skelet mushaklari va yurak mushaklari faoliyatida kerak.
E vitamin-tokoferol ko’payish vitamini, u ximiyaviy tabiatiga ko’ra, uzun yon
zanjir tutuvchi siklik spirt bo’ lib, odatdagi sharoitda rangsiz, moysimon suyuqlik.
Organik erituvchilarda yaxshi eriydi, kimyoviy ta’sirlarga nisbatan barqaror bo’lsa
ham, ultrabinafsha nurlar ta’sirida tez parchalanib ketadi. Tabiiy manbalardan E
vitamin aktivligiga ega bo'lgan bir necha xil moddalar olingan. Shulardan uch xili
yuqori biologik aktivlikka ega, ular a,p,Y-tokoferollar deb ataladi.
E vitamin muskul to’qimasi rivojlanishi va faoliyat ko'rsatishida ham alohida
ahamiyatga ega. Gipovitaminoz davrida undagi qisqarish oqsili-miozinning miqdori
kamayib boradi. keratin sintezi buziladi. Shuningdek, E vitamin organizmda
kechadigan oksidlanish prozesslarida, mineral moddalar almashinuvida (ayniqsa Ca
va P), A vitamin sintezida va boshqalarda ham ishtirok etadi. U tabiiy moddalar
ichida kuchli antioksidant hisoblanadi, ayni qo’shbog’ga ega bo'lgan modalarni
oksidlanishdan saqlaydi. Lekin uning biologik proseslarda ishtirok etish mexanizmi
yaxshi o’rganilgan emas.,
E vitamin tabiiy manbalarda keng tarqalgan. Umuman olganda, E avitaminozi
nisbatan kam uchraydi. Tokoferollar ayniqsa o’simliklar tarkibida, sut, tuxumda,
yashil sabzavotlarda ko'p uchraydi. Jigar, yo’ldosh, gipofiz bezi va rnuskullarda
zahira holda to’planadi.