• Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi.
  • I BOB. ASOSIY TUSHUNCHALAR




    Download 296.8 Kb.
    bet2/21
    Sana31.07.2021
    Hajmi296.8 Kb.
    #16377
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    I BOB. ASOSIY TUSHUNCHALAR………………………………….10

    1.1.Matritsalarhaqidama’lumotlar………………………...…………..10

    1.2. Determinant va uning xossalari.......................................................25

    1.3.Qo’shma operatorlar………………...……………………………..29

    1.4.Kompleks sonlar nazariyasi……………………………….............31

    II BOB. 2x2 SONLI MATRITSANING XOS QIYMATLARI..............

    2.1.2x2 sonli matritsaning xos qiymatlari……………………………34

    Misollar……………………………………………………………......38

    2.2.Asosiy lemmalar…………………………………………………..40

    2.3.2x2 sonli matritsaning xossalari…………………….……………46

    2.4.Xos qiymat, xos vektorlar vao’xshashlik……………………..…49

    XOTIMA…………………………………………...……………………...54

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ..................……………….......55

    “Oldimizdaturgan eng ezgu maqsadlarimiz-mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz,erkin va faravon hayotimiz ham, O’zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o’rin egallashi ham- bularning barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o’sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo’lib voyaga yetishiga bog’liqdir”.

    I.A.Karimov



    KIRISH

    Mamlakatimizda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o’ziga xos jihati shundan iboratki,u yaxlit samarali tizimga asos bo’lib,shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. Uzluksiz ta’lim, ilm- fan va ishlab chiqarish bu yaxlit jarayonning uzviy tarkibiy qismlaridir. Mazkur dastur mamlakatimiz iqtisodiyoti va hayotining barcha jabhalari uchun yuqori malakali, raqobatdosh kadrlar tayyorlash, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, shuningdek, kadrlar tayyorlash borasida o’zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yaxlit o’quv-ilmiy ishlab chiqarish kompleksi sifatida ta’lim tizimini bosqichma- bosqich takomillashtirish vazifasini muvaffaqiyatli hal etishga xizmat qilmoqda.Yetuk va barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning o’rnini kuchaytirish, oila institutining ta’lim va tarbiya muassasalari bilan amaliy hamkorligini mustahkamlash bo’yicha ham salmoqli ishlar bajarildi. Bu haqda gapirganda, oila, mahalla va ta’lim muassasasi o’rtasidagi hamkorlikni, uning samarasini kuchaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirilayotganini qayd etish o’rinlidir. Ana shu tadbirlar hisobidan yurtimizdagi 4,5 milliondan ziyod o’quvchining 76 foizi maktablar va “Barkamol avlod” bolalar markazlarida, sport mashg’ulotlarida faol ishtirok etmoqda.

    Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. Ma’lumki matritsaning xossalarini o’rganish masalasi qattiq jismlar fizikasi, kvant maydon nazariyasi, statistik fizika, kimyoviy reaksiyalar nazariyasi va shunga o’xshash bir qator sohalarda paydo bo’ladi. Xususan, matritsalarning xos qiymatlarining xossalarini o’rganish blok operatorli matritsalarning blok sonli diapazonini o’rganishda muhim o’rin egallaydi.

    Mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridan, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Bu jarayonda oxirgi yillarda qilingan ishlar haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Oliy maktab sohasida test usuli joriy etilishi,viloyatlar markazlarida pedagogik institutlarning universitetlarga aylantirilishi va joylardagi o’quv yurtlariga yuqori ta’sis nizomi berilishi, tashkil etilgan milliy tashkilot va xalqaro jamoalar hisobidan chet ellarga tajriba almashish va talabalarni o’qishga yuborish yo’lga qo’yilishi, iqtisod va biznes sohasidagi mutaxasis va o’qituvchilarni qayta tayyorlash bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan ishlar olib borilishi, o’tish davrida 2 mingdan ortiq talaba va mutaxasisning chet ellarda o’qib kelishi, 100dan ortiq chet el mutaxasisining Respublikamiz o’quv muassasalariga jalb qilinishini qayd etishimiz zarur.

    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ta’lim-tarbiya sohasida islohotlar o’tkazish va ularning asosiy yo’nalishlari, talablari va maqsadlarini aniqlash, hamda tegishli xulosalarni chiqarishda, bugungi muhokama qilinadigan hujjatlarda keng jamoatchiligimizning fikr-mulohazalari, tarbiya va izohlari ifoda topgan desak hech qanday mubolag’a bo’lmas. Shuning uchun ham amaldagi ta’lim-tarbiya tizimining zaif tomonlarini,zamon talablari, jamiyatimiz kelajagi va maqsadlariga javob bermaydigan jihatlarini chuqur tasavvur qilish, erkin, badavlat yashayotgan mamlakatlar tajribasini o’rganish, o’z o’lkamizga yuksak malakali, har jihatdan yetuk kadrlar tayyorlash dasturining asosiy sharti bo’lmog’i lozim. Shuning uchun ta’lim-tarbiya sohasida ham belgilanayotgan islohotlarni hayotga tadbiq qilishda islohotlarni bosqichma-bosqich o’tkazish prinsipi qo’yilgan.

    Birinchi bosqich-o’tish davri bo’lib, u 1997-2001 yillarda, ya’ni4 yil davomida joriy etiladi. Bunda kadrlar tayyorlash tizimi salohiyatini saqlab qolish, unirivojlantirish uchun huquqiy-me’yoriy, ilmiy metodik, moliyaviymoddiy shart- sharoitlar yaratish lozim. Bu bosqichda asosan quyidagivazifalarni bajarish kerak:

    Milliy dasturni amalga oshirishning boshlanishi: yangi talablarga javob bera oladigan pedagog kadrlarni tayyorlash; o’quv shart-sharoitlarini yaratish va yangi o’quv programmalari ustida ishlash umumta’lim maktablarini tuzish jihatidan qayta qurish; uch yillik ta’lim o’rta maxsus va kasb-hunar bilim yurtlari tizimiga zamin tayyorlash; uzluksiz ta’lim tizimiga asos soladigan tadbirlarni amalga oshirish; ijtimoiy himoyani kafolatlash kabi masalalarni yechish bosqichi.

    Ikkinchi bosqich-2001-2005 yillarni o’z ichiga oladi. Bunda milliy dasturni keng miqyosda to’liq amalga oshirishga erishish darkor. Tabiiyki, tizim faoliyatining samaradorligini, mehnat bozorini inobatga olib, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardan kelib chiqib, dastur g’oyalarini va qoidalarini kerakli o’zgartirishlar kiritilgan.

    Uchinchi bosqich-2005 va keyingi yillarga mo’ljallangan bo’lib, unda tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida o’zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni e’toborga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantidish zarur.

    Umumlashtirilgan holda kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishning asosiy tamoyillari quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:



    • barcha xil va turdagi ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash uchun uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish;

    • davlat ta’lim standartlarini joriy etish va ularning faoliyat ko’rsatish mexanizmini ishlab chiqish;

    • ixtisosliklar, malaka darajasiga ko’ra mutaxasislarga bo’lgan umumdavlat va mintaqaviy talablarning istiqbolini aniqlash;

    • ta’lim tizimini tuzilish va mazmun jihatidan isloh qilish uchun o’qituvchilarniva murabbiylarni qayta tayyorlash;

    • davlat va ijtimoiy muassasalarning kasbga yo’naltirish bo’yicha faoliyatini takomillashtirish. Bunda kasb tanlashning bozor ehtiyojlari va imkoniyatlarini e’tiborga olish zarur, toki har bir shaxs o’ziga mos kasbni egallay olsin;

    • o’quvchi yoshlarni vatanga sadoqat, yuksak axloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash;

    • ta’lim muassasalarini, birinchi navbatda umumta’lim maktablarini davlat tomonidan moliyaviy va moddiy texnikaviy soliq ta’minlash me’yorlarini oshirish va uning mexanizmini takomillashtirish;

    • kadrlar tayyorlash tizimi iste’molchilari-korxonalar, muassasalar, firmalar, kadrlar va boshqa tuzilmalarning imkoniyatlaridan, birinchi navbatda, o’rta maxsus kasb-hunar o’quv yurtlarining moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash uchun mumkin qadar kengroq foydalanish;

    • kadrlar tayyorlash va ta’lim sohasidachet el sarmoyalarini, xalqaro donolik tashkilotlari va jamg’armalarining mablag’larini jalb etish;

    • qonun doirasida o’quv rejalari, dasturlari va o’qitish yo’riqlari, ta’limiy xizmatlarni belgilashda ta’lim muassasalariga, birinchi navbatda, oliy yurtlariga mustaqillik berish va o’zini-o’zi boshqarish usullarini joriy etish;

    Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro’yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturini ongli ravishda tiklash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.

    Barkamol avlod tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo`lib kelgan.

    O`zbekistonda sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash yoshlarning o`z ijodiy intelektual salohiyatini ro`yobga chiqarish, mamlakatimiz yigit – qizlarini XXI asr talablariga to`liq javob bera oladigan, har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart – sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo`yicha keng ko`lamli aniq yo`naltirilgan chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bo’lgan akademik litsey, va kasb-hunar kollejlari, oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma’rifat sirlarini o’rganayotgan, hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o’z iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida orzu intilishlarimiz bugunning o’zida o’z hosilini berayotganining guvohi bo’lmoqdamiz. Eng muhimi shundaki, “portlash effekt”ning haqiqiy mohiyati va ahamiyati zamon, vaqt o’tishi bilan biz tarbiya qilayotgan sog’lom va barkamol avlodning safimizda ildam kirib borishi bilan yanada yaqqolroq seziladi.

    XX asr aql-zakovat, ma’naviyat va bilimdonlik asridir. Bu hol ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyotida tub o’zgarishlar qilish lozimligini taqozo qiladi.

    Bu tub o’zgarishlar hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida uni bartaraf etish yo’llarini izlab topishga undamoqda. Bu kabi muammoli vaziyatlarni oldini olishda, ular yechimini izlashda o’z kuchi va bilimiga ishonadigan, teran fikrli, barkamol avlodni tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri bo’lib hisoblanmoqda.





    Download 296.8 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 296.8 Kb.