|
Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma
|
bet | 20/54 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,27 Mb. | | #143558 |
Bog'liq MexanikaNyutonning III qonuni: Jismlar bir-biri bilan miqdor jihatdan teng, yo’nalish jihatdan bir to’g’ri chiziq boylab qarama-qarshiyo’nalgan kuchlar bilan ta’sirlashadi.
— Nyutonning III qonunining formulasi.
Nyutonning III qonuni ta’sir va aks ta’sir qonuni deyiladi.
G’o’lani yorishda g’o’lani qanday urish g’o’la va bolta massalariga bog’liq.
Teng ta’sir etuvchi kuch yoki natijalovchi kuch deb, jismga qo’yilgan kuchlarning geometrik yig’indisiga teng bo’lgan kuchga aytiladi.
Jismning fazodagi vaziyati va harakati tekshiriladigan koordinata sistemasi, u bilan bog’langan sanoq jismi va vaqtni o’lchaydigan asbob sanoq sistemasi deyiladi.
Nyutonning dinamika qonunlari to’g’ri bo’ladigan sanoq sistemalari inertsial sanoq sistemasi deyiladi.
Nyutonning qonunlari hato bo’ladigan sanoq sistemalari noinertsial sanoq sistemasi deyiladi.
Tinch turgan yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan sanoq sistema lari inertsial sanoq sistemasi bo’ladi.
Nyuton mehanikasi qonunlari hamma vaqt o’rinli emas, u faqat jism tezligi inertsiyaviy sanoq tizimlariga nisbatan olingan yorug’lik tezligidan juda kichik bo’lgan hollarda o’rinli.
Bir inertsial sanoq sistemasidan ikkinchisiga o’tganda jismning tezligi, jism impulsi va kinetik energiyasi o’zgarishi mumkin.
Bir inertsial sanoq sistemasidan ikkinchisiga o’tganda tezlanish, kuch, kuch impulsi va tezlik o’zgarishi o’zgarmaydi.
— o’zaro ta’sir.
O’zaro ta’sir deb, jismlarning ta’sir natijasida jismlar harakatini holatini o’zgarishiga aytiladi.
Tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan poezd polida turgan yukni poezd harakatiga qarama-qarshi yo’nalishda harakatlantirish osonroq. Tekis sekinlanuvchan bo’lsa harakat yo’nalishi bo’yicha harakatlantirish osonroq.
Botiq ko’prikda natijaviy kuch yuqoriga, qavariq ko’prikda pastga yo’nalgan bo’ladi.
??? 1)Galileyning nisbiylik printsiplarini aytib bering. 2)Nyutonning I qonunini tavsiflang. 3)Inertsiya deb nimaga aytiladi? 4)Kuch deb nimaga aytiladi? 5)Nyutonning II qonunini tavsiflang.6)Kuch qanday asbob yordamida o’lchanadi? 7)Kuch skalyar kattalikmi, vektor? 8)Nyutonning III qonunini tavsiflang. 9)Qaysi qonun inertsiya qonuni deb ataladi? 10)Qaysi qonun ta’sir va aks ta’sir qonuni deb ataladi? 11)Inersial sanoq sistemasi deb nimaga aytiladi? 12)Noinersial sanoq sistemasi deb nimaga aytiladi? 13)O’zaro ta’sir deb nimaga aytiladi?
Takrorlash uchun masalalar.
Quyidagilarning qaysi biri Nyutonning birinchi qonuniga zid emas?
Agar jismga tashqi kuchlar ta’siri o’zaro muvozanatlashgan bo’lsa, u boshqa har qanday jismga nisbatan o’zining to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.
Tashqi kuchlar ta’sir etmaydigan jism boshqa har qanday jismlarga nisbatan to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini saqlaydi.
Tashqi ta’sirlar o’zaro muvozonatlashgan yoki tashqi kuchlar ta’sir etmaydigan jismlar bir-birlariga nisbatan hamisha to’g’ri chiziqli tekis harakat qiladilar.
Jismga ta’sir etayotgantashqi kuchlar yig’indisi nolga teng bo’lsa, bu jism boshqa har qanday jismga nisbatano’zining tinchlik holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.
Jismga ta’sir qilayotgan hamma kuchlarning vektor yig’indisi nolga teng bo’lsa, jism qanday harakat qiladi?
Tezligi ortib boradi. С) Aylana bo’ylab doimiy tezlik bilan.
To’g’ri chiziq bo’ylab doimiy tezlik bilan. D) Tezligi kamayib boradi.
60 N kuch jismga 0,8 m/s2 tezlanish beradi. Qanday kuch (N) bu jismga 2 m/s2 tezlanish beradi? A) 96. B)150. С) 24. D) 37,5.
|
| |