|
Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma
|
bet | 19/54 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,27 Mb. | | #143558 |
Bog'liq Mexanika16§. Nyutonning qonunlari.
Italyan olimi G. Galiley kuzatish va tajriba natijalarini umumlashtirib ,ularni quyidagi principlar orqali izohlaydi.
Galileyning nisbiylik printsipi: 1. inertsial sanoq sistemasi tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatda ekanligini sistemaning ichida o’tkazilgan hech qanday mehanik tajribalar yordamida aniqlab bo’lmaydi. 2. barcha inertsial sanoq sistemalarida harakat qonunlari bir hil bo’ladi.
Buyuk ingliz olimi I. Nyuton Galileylik nisbiylik principlarini umumiy qonunlari qatoriga qo’shib , uning dinamikaning birinchi qonuni deb atadi. Dinamikaning asosini Nyuton ochgan uchta qonun tashkil etadi Dinamikaning bu qonunlarini kashfiyotchining sharafiga Nyuton qonunlari deb yuritiladi.
Nyutonning I qonuni: Shunday sanoq sistemalari borki bunda jismga kuch ta’sir etmasa yoki ta’sir etayotgan kuchlar o’zaro kompensatsiyalansa (teng ta’sir etuvchisi nolga teng bo’lsa) bu jism yo tinch turadi, yo to’g’ri chiziqli tekis harakat qiladi.
F=0 bo`lsa, yoki .
Nyutonning birinchi qonuni inertsiya qonuni deyiladi.
Inertsiya deb kuch ta’siri tugagandan so’ng o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini saqlashga aytiladi.
Avtobus joyidan qo’zg’algand vaqtda avtobus ichidagi yo’lovchilar orqaga og’adilar. Bu inertsiyaga misol bo’ladi.
Kuch jism harakatining yoki shaklining o’zgarishi sababchisidir. Demak jismga kuch ta’sir etsa, uning tezligi o’zgaradi.
Nyutonning II qonuni: jism oladigan tezlanish uni yuzaga keltiruvchi kuchga to’g’ri mutanosib, massasiga teskari mutanossib va uning yo’nalishi kuch yo’nalishida bo’ladi.
— Nyutonning II qonuni formulasi (tezlanish). F-kuch [F]=N 1N=105 dina.
a — tezlanish [a]=m/s2. m — massa [m]=kg.
Lekin shuni qayd qilish kerakki kuchning ta’siri faqatgina jismlar harakatining tezlanishida namoyon bo’lmaydi, kuch ta’sirida jismlar shaklini ham o’zgartirishi mumkin.
Kuch dinanometr yordamida o’lchanadi.
1 kg massali jismga 1m/s2 tezlanish beruvchi kuch 1N bo’ladi.
Jismlarning o’zaro ta’sirini miqdor va yo’nalish jihatdan harakterlaydigan kattalik kuch deyiladi. Demak kuch vektor kattalik.
|
| |