|
§. Butun olam tortilish qonuni. Og`irlik kuchi
|
bet | 21/54 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,27 Mb. | | #143558 |
Bog'liq Mexanika17§. Butun olam tortilish qonuni. Og`irlik kuchi.
1667 yil I. Nyuton tabiatdagi barcha jismlar orasida o’zaro tortishish kuchi bor degan xulosaga keldi.
Tabiatdagi barcha jismlar o’rtasida mavjud bo’lgan tortishish kuchlari— gravitatsiya kuchi (butun olam tortishish kuchi) deyiladi.
Gravitatsion kuchlar har qanday jismlar orasida mavjud bo’ladi. Yuqoriga otilgan jismning yerga qaytib tushishi biror balandlikdan tashlangan jismning yer sirtiga tushishi , Oyning Yer atrofida aylanishi ,sun’iy yo’ldoshlarning Yer atrofidagi harakati ,sayyoralarning Qyyosh atrofidagi harakati va unga o’xshash boshqa xodisalar gravitacion kuchlar ta’sirida sodir bo’ladi.
butun olam tortilish kuchi.
R yoki r jismlar orasidagi masofa [R]=[r]=m. F-kuch (gravitatsiya kuchi) [F]=N
m1- birinchi jism massasi [m1]=kg. m2- ikkinchi jism massasi [m2]=kg.
Butun olam tortilish qonuni: Ikki jism bir-birini massalari ko’paytmasiga to’g’ri, oralaridagi masofa kvadratiga teskari proportsonal kuchlar bilan tortiladi.
Shuni esda saqlash kerakki butun olam tortishish qonunini ifodalovchi formula jismlarni moddiy nuqta deb hisoblash mumkin bo’lgan holdagina to’g’ri
Er bilan Oy,planetalar va Quyosh orasidagi tortishish kuchini hisoblashda ularni orasida masofaga nisbatan moddiy nuqta deb olish mumkin.
Massa gravitatsion kuchlarning manbaidir.
— gravitatsion doimiy.
Gravitacion doimiyning son qiymatini birinchi marta 1798 yil ingliz olimi Kavendish tomonidan buralma tarozi yordamida o’lchangan.
Butun olam tortilish qonunidagi gravitatsion doimiyning ma’nosi: massalari 1 kg dan va oralaridagi masofa 1 m bo’lgan ikki jism orasidagi tortishish kuchiga teng kattalik.
Gravitatsiya kuchini biror-bir to’siq yordamida yo’qotish yoki kamaytirish mumkin emas.
Jismning yerga tortishish kuchi tortishish namoyon bo’lishining hususiy holidir
Jismni yerga tortadigan kuch og’irlik kuchi deyiladi.
Yerda yotgan jismni uning og’irlik kuchiga teng kuch bilan ko’tarib bo’lmaydi.
— og’irlik kuchini topish formulasi.
Yerning jismni tortishish kuchi jismning massasiga muttanosib bo’lganligi uchun u barcha jismlarga bir hil tezlanish beradi.
— Yer sirtidan h balandlikdagi og’irlik kuchi.
Og’irlik kuchi gravitatsion tabiatga ega.
Jism balandlikka ko`tarilganda og`irlik kuchi marta kamayadi. Yani Yer sirtidagi og`irlik kuchi bo`lsa, h balandlikda og`irlik kuchi bo`ladi. Qanday balandlikda og`irlik kuchi n marta kamayishini esa usbu formuladan topamiz: .
Jismning inertluk xususiyatlari orqali ifodalanadigan massa inert massa, jismning o`zaro tortilish kuchlari orqali ifodalanadigan massa gravitasion massa deyiladi. Bugungi kunda inert va gravitatsion massalar bir-biriga teng ekanligi isbotlangan.
??? 1)Butun olam tortilish qonunu tariflang. 2)Gravitatsion kuchlar manbai nima? 3)Og’irlik kuchi deb nimaga aytiladi? 4)Og’irlik kuchini formulasini yozing? 5)Biror bir balandlikdagi og’irlik kuchini qaysi formula yordamida hisoblash mumkin? 6)Yerning radiusi qancha? 7)Yerning massasi qancha?
Takrorlash uchun masalalar.
Ikki jismdan har birining massasi 2 marta oshirilsa va ular orasdidagi masofa 2 marta kamaytirilsa, ularning o’zaro tortishish kuchi qanday o’zgaradi?
4 marta ortadi. B) 16 marta ortadi. C) 8 marta ortadi. D) O’zgarmaydi.
Berilganlardan butun olam tortishish qonunini ifodalovchi formulani toping.
B) C) D)
Gravitatsiya doimiysining birligini ko’rsating. A) B) N C) N.m D) N.m2
|
| |