Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi «tasdiqlayman»




Download 2.74 Mb.
bet15/23
Sana04.04.2017
Hajmi2.74 Mb.
#2867
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Klinik manzarasi. Bemorlar ayniqsa kislota ichib qo‘yganlarida kuchli azobga duchor bo‘ladilar. O‘yuvchi ishqor yoki kislota ichilgan og‘ir hollarda og‘iz bo‘shlig‘i, halqumda, to‘sh orqasida yoki epigastral soxada qattiq achishish va kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. Lablar shishib ketadi, bemor ranggi bo‘zaradi. Bradikardiya yuzaga keladi. Shok, hushdan ketish va o‘lim yuz beradi. Agar 1 - 2 kun ichida o‘lim sodir bo‘lmasa, hiqildoq shishishi, shilliq va qon aralash yoki shilliq parda bo‘lakchalarini qusish sababli og‘ir nafas qisishi yuzaga keladi. Lablar va og‘iz bo‘shlig‘i shishgan, qonab turadi. Harorat ko‘tariladi. Yutinib bo‘lmaydi. qizilo‘ngach teshilishi sababli qon oqadi, o‘tkir mediastinit belgilari paydo bo‘ladi. O‘lim 3-4 kun o‘tgach sodir bo‘lishi ehtimol.

O‘rtacha og‘irlikdagi kechish hollarida bir necha kunlardan keyin og‘riq kamayadi, biroq yutinish qiyinlashganicha qoladi, ko‘p so‘lak ajraladi yoki so‘lak va qizilo‘ngach shilliq pardasi bo‘lakchalari qayt qilinadi. 10-20 kundan keyin bemor suyuqlikni asta-sekin yuta oladigan bo‘lib qoladi, qizilo‘ngach spazmlari keltirib chiqargan disfagiya kamayadi. Ezofagoskopiyada pardalar bilan qoplangan, ba'zi joylarida eroziyasi, keyinroq chandiqli o‘zgarishlari bo‘lgan shilliq parda shishi ko‘rinib turadi. Asta-sekin bemor bemalol yuta oladigan bo‘ladi, biroq bir necha hafta o‘tgach yana disfagiya paydo bo‘ladi va u qizilo‘ngachning chandiqli torayishi yuz berganda yanada kuchayadi: avvaliga qattiq, so‘ngra esa suyuq ovqatning ham o‘tishi qiyinlashadi. Bu disfagiya mo‘l so‘lak ajralishi va qizilo‘ngachdan qusish bilan o‘tadi. Qizilo‘ngachdan qusish avvaliga ovqat yeyish vaqtida, keyin bevosita ovqatdan keyin ham yuz beradi. Kasallikning kechikkan muddatlarida qizilo‘ngachning asta-sekin kengayishi natijasida toraygan joydan yuqorida qizilo‘ngachdan qusish ko‘proq bo‘ladi. Och qolish oqibatida bemorning umumiy ahvoli nochorlashadi: bemor nihoyatda ozib ketadi, doimiy ochlik sezgisiga azob beradigan tashnalik ham qo‘shiladi. Shunday qilib, qizilo‘ngachning kuyishi 3 davrga bo‘linadi:

1) o‘tkir davr - shilliq pardada qizarish, shish va yara paydo bo‘lish vaqtida; bu davrda kuchli og‘riq sababli yutish mumkin bo‘lmay qoladi;

2) o‘rtacha o‘tkir - granulyasiya davri; bemor ichish va ovqat yeyish imkoniyatiga ega bo‘ladi, biroq yutish og‘riq bilan o‘tishi mumkin;

3) surunkali - qizilo‘ngachning tobora torayishi, disfagiyaning qaytala-nishi, ozib ketish davri.

Rentgenologik tekshirish. Kamdan-kam rentgenologik tekshirish ob'ekti bo‘ladigan qizilo‘ngachning yangi kuyish hollarida shilliq parda burmalari shishini va lokal spazmlarni aniqlashga muvaffaq bo‘linadi. Birmuncha kechikkan muddatlarda rentgenologik tekshirishda torayish bo‘lgan joyni, darajasini, konturlarini aniq bilib olsa bo‘ladi.

Ezofagoskopiya. Halqasimon (eng ko‘p uchraydigan formasi) torayishda ranggi o‘rab turgan shilliq pardaga qaraganda ochroq fibroz halqa topiladi. Toraygan bo‘shliq odatda markazda joylashgan va ko‘pincha yulduzsimon shakldagi chandiq bilan o‘ralgan. Ba'zan torayish klapan shaklida bo‘ladi. Ayrim hollarda kuyishdan keyingi stenozlarni rak stenozlaridan farq qilish qiyin bo‘ladi. Torayish sohasi tepasida qizilo‘ngachning ozmi-ko‘pmi kengayganligi xavfli emasligidan dalolat beradi.

Kechishi va asorati. O‘yuvchi ishqorlardan og‘ir zaharlanishlarda bemor-lar intoksikatsiya, shok, qizilo‘ngach perforatsiyasi, yiringli asoratlar rivojlanishi va boshqa sabablardan nobud bo‘ladilar. Qizilo‘ngach- me'dadan og‘ir qon ketish hollari asoratlar sifatida kuzatilishi mumkin. Kamdan-kam hollarda, odatda ishqorlardan kuyishda, qizilo‘ngach - bronxial oqma yaralar paydo bo‘ladi. Qizilo‘ngachning kimyoviy moddalardan kuyishida aksariyat xirurgik davolashni talab qiladigan uning chandiqli torayishi eng ko‘p uchraydigan asorat hisoblanadi. Qizilo‘ngach torayishi bemorlarning anchagina holsizlanishiga olib keladi. Ayrim hollarda mediastinit, o‘pka va plevra yiringli jarayonlari kabi asoratlar paydo bo‘ladi.

Diagnozi. Diagnostikasi unchalik qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. Anamnez va yo‘qolmaydigan disfagiya rentgenologik tekshirish va ezofago-skopiya bilan aniqlanadigan qizilo‘ngach torayishining yetarli belgilaridan hisoblanadi.



Download 2.74 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Download 2.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi «tasdiqlayman»

Download 2.74 Mb.