Davolash va profilaktikasi




Download 2.74 Mb.
bet16/23
Sana04.04.2017
Hajmi2.74 Mb.
#2867
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Davolash va profilaktikasi. Shoshilinch muolaja: tezlik bilan kasalxonaga yotqizish, morfin in'eksiyasi va suyuqlik kiritish hamda me'dani yuvish uchun mo‘l qilib moy surtilgan me'da zondi kiritishdan iborat. Ishqorlar bilan zaharlanishda suyultirilgan sirka kislota eritmasi yoki o‘simlik moyi bilan, kislotalardan zaharlanishda soda eritmasi bilan yuviladi. Shubhali hollarda me'da sut yoki bufer eritmalari bilan yuviladi. Zond kiritishdan avval kimyoviy modda tabiatiga ko‘ra soda, sirka kislota yoki sutni ko‘p miqdorda ichish buyuriladi. Neytrallaydigan modda kiritish zaharlanishdan keyin dastlabki 4 soat ichidagina maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.

Dastlabki kunlari hiqildoq shishishi, shok, aspiratsion zotiljam, periezofagit, mediastinit, buyrak zararlanishi, atsidoz sababli degidratatsiya yoki koma singari asoratlarni davolanadi.

Profilaktika maqsadida antibiotiklar (penitsillin, streptomitsin, neomitsin) parenteral yuboriladi. Agar bemor 3 kun ichida suyuqlik icha olmasa, gastrostomiya qilish buyuriladi. Og‘ir disfagiyada sutkasiga 2-3 l glyu­koza eritmasi yoki 0,85% li NaCl eritmasi tayinlanadi. Sog‘ayish davrida 1-2 xafta o‘tgach rentgenologik tekshiruv o‘tkazish qizilo‘ngachning boshlanib kelayotgan torayishini aniqlashga imkon beradi.

Kimyoviy kuyishdan keyin qizilo‘ngach strikturasini davolashning asosiy usuli bujlash hisoblanadi, bu usul 90-95 foiz bemorlarning sog‘ayib ketishiga olib keladi. Kuyishning 9-11-kunidan boshlab bujlashga turi bo‘yicha, kechikib bujlash qizilo‘ngachning rivojlanib bo‘lgan torayishini kengaytirish maqsadida o‘tkaziladi. Bujlash 7-haftadan boshlanadi. Bujlashni qizilo‘ngachning kuyishdan keyin strikturalari qolgan hamma bemorlarda toraygan joy orqali metall o‘tkazgich kiritish mumkin bo‘lgan hollarda o‘tkaziladi.

Bujlashga monelik qiladigan hollar: mediastinit, qizilo‘ngach – bron-xial oqma yarasi. Barqaror klinik natija olish uchun bujlash bilan davolashni bir necha haftalar va xatto oylar mobaynida o‘tkazish zarur bo‘ladi va quyidagilar qo‘llaniladi: 1) og‘iz orqali «ko‘rmasdan» bujlash; 2) qizilo‘ngachni rentgen kontrast kovak plastmassa bujlar bilan bujlash; 3) ezofagoskop nazorati ostida bujlash; 4) «to‘xtovsiz bujlash» tamoyili bo‘yicha bujlash; 5) retrograd bujlash.

Og‘iz orqali «ko‘rmasdan» bujlash qizilo‘ngachning yuqori va o‘rta ko‘krak bo‘limlaridagi uncha katta bo‘lmagan barmoqsimon strikturalarida qilinishi lozim. Davolash maxsus bujlar yig‘indisi yordamida o‘tkaziladi. Agar buj oson o‘tsa, keyingi gal raqamiga qarab yo‘g‘onroq buj kiritiladi.

Bujlash usuli metall o‘tkazgichlar va rentgenkontrast kovak bujlar qo‘llanilganda takomillashtirilgan. U striktura yo‘lini va bujning qizilo‘ngach bo‘yicha surilishini aniqlash uchun rentgenologik nazorat qilish imkonini beradi, bu hol muolaja samaradorligini oshiradi va qizilo‘ngachning teshilish xavfini kamaytiradi. Ezofagoskop nazorati ostida bujlash o‘tkazgichni kiritish qiyinlashgan ekssentrik joylashgan strikturada, buralgan torayish kanalida, ro‘y-rost suprastenotik kengayishda bajarilishi kerak.

«To‘xtovsiz bujlash» naysimon, buralma yoki ko‘p sonli strikturalari bor bemorlarda gastrostoma orqali qo‘llaniladi. Og‘iz orqali kiritilgan va gastrostoma orqali kiritilgan ipak ipga turli xil diametrdagi rezina naychalar mahkamlanadi. Ularni to‘g‘rilab, toraygan qism orqali o‘tkaziladi va bir necha soatcha qoldiriladi. Gastrostoma orqali retrograd bujlash xavfsizroq hisoblanadi va bemorlar ularni osonroq, ko‘taradilar.

Ayrim bemorlarda ezofagit hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. qizilo‘ngach teshilishi va mediastini rivojlanishi bujlashning xavfli asorati hisoblanadi.

Qizilo‘ngachning chandiqli strikturalarida operatsiyaga ko‘rsatmalar:

1) qizilo‘ngach bo‘shlig‘ining to‘liq, obliteratsiyasi (bekilib qolishi); 2) striktura orqali buj o‘tkazishga bir necha marta muvaffaqiyatsiz urinish-lar; 3) takroriy bujlashdan keyin chandiqli strikturalarning tez qaytalanib turishi; 4) traxeya yoki bronx bilan qizilo‘ngach oqma yaralari borligi; 5) bujlashda qizilo‘ngachning takroriy teshilishi.

Bemor juda ozib ketganda davolashning birinchi bosqichi sifatida unga gastrostoma qo‘yiladi. Operatsiya usulini tanlashda bemorning yoshi va umumiy xolati, qizilo‘ngachning toraygan joyi va uning qancha sohani egallagani hisobga olinadi. Ko‘pchilik bemorlarda bir bosqichli plastik operatsiyalar o‘tkaziladi. Ko‘p bosqichli plastikani esa, holsizlangan bemorlarda bajariladi. Segmentar strikturalarda qizilo‘ngachda har turli qisman plastik operatsiyalar qilinadi. qizilo‘ngachning quyi qismi yoki kardiyasi zararlanganda quyidagilar: chetki qizilo‘ngach - me'da anastomozi qo‘yish, zararlangan qismni rezeksiya qilish va uni me'daning katta egriligidan hosil qilingan naycha, ingichka yoki yo‘g‘on ichakdan olingan transplantat bilan almashtirish qo‘llaniladi. Halqum, qizilo‘ngachning buyin yoki bo‘yin-ko‘krak bo‘limi zararlanganda proksimal qisman plastika bajariladi. Ingichka va yo‘g‘on ichaklardan olingan transplantatlardan foydalaniladi. Transplantatning bir uchini qizilo‘ngachning toraygan joyidan yuqorida, boshqa qismini undan pastda anastomoz qilinadi.

Striktura ko‘p joyni egallagan hollarda ingichka yoki yo‘g‘on ichakdan olingan transplantatni to‘sh oldida va to‘sh ichida (retrosternal, plevra ichi, mediastinum orqasida) joylashtiriladigan total plastika qilish tayinlanadi.

Kuyish sodir bo‘lganidan 2 yil oldin sun'iy qizilo‘ngach vujudga keltirishga kirishmaslik kerak. Shu muddat o‘tgandan keyingina qizilo‘ngachning chandiqdanish darajasi aniqlanishi mumkin va shakllanib bo‘lgan chandiqli to‘qimaning qizilo‘ngach bo‘shlig‘ini konservativ usullar bilan kengaytirishga imkon bermasligi ma'lum bo‘ladi.





Download 2.74 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Download 2.74 Mb.