Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi «tasdiqlayman»




Download 2.74 Mb.
bet13/23
Sana04.04.2017
Hajmi2.74 Mb.
#2867
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Qizilo‘ngachning kuyishi

Qizilo‘ngach kuyishi (Oesophagitis corrosiva) o‘z joniga suiqasd qilish hollarida yuz beradi. F. N. Doronin kuzatuvlarida qizilo‘ngachi kuygan 217 nafar bemordan 116 nafari 5 yoshgacha bo‘lgan. qizilo‘ngachning o‘yuvchi ishqor, kuchli kislota, kamroq fenol, lizol, yod, sulema va boshqa ba'zi bir moddalardan kuyib qolish hollari ko‘proq uchraydi. So‘nggi vaqtlarda xonadonlarda kaustik soda kam ishlatila boshlangani munosabati bilan bu moddadan tasodifan kuyishlar soni kamayib ketdi, biroq ayrim joylarda u hali ham uchrab turadi. Chunonchi, A. I. Serjanin kuzatuvlariga ko‘ra qizilo‘ngach kuyishidan davolangan 115 nafar odamdan 85 foizida u kaustik sodani palapartish holda saqlash (vinodan bo‘shagan shishalarda, piyola va stakanlarda) oqibatida uni ichib qo‘yish sababli kuyish sodir bo‘lgan.

Ko‘pgina mualliflarning ma'lumotlari bo‘yicha so‘nggi yillarda qizilo‘ngachning sirka kislota (essensiya)dan kuyib qolish soni birmuncha ko‘paydi. Kuchli kislota ichib qo‘yilganda eng ko‘p o‘zgarishlar qizilo‘ngachda, o‘yuvchi ishqor ichib qo‘yilganda esa me'dada ozroq o‘zgarishlar paydo bo‘ladi deb hisoblanadi (chunki meda shilliq pardasi kislotalar ta'siriga ma'lum darajada chidamli bo‘ladi). Boshqa omillarning ham ahamiyati bor: ichilgan kimyoviy modda miqdori, me'dada ovqat borligi va x.k. Odatda kuyishdan keyin stenozlar qolgan bemorlarda og‘iz va xalqum shilliq, pardasida ham tegishli o‘zgarishlar kuzatiladi.

Qizilo‘ngach kardial sfinkteri ustidagi distal bo‘lim, halqum-qizilo‘n-gach birikkan sohadagi proksimal bo‘lim, shuningdek bifurkatsiya sathi eng qattiq zarar ko‘radi. qizilungach shilliq pardasidagi qattiq ta'sirotga javoban qizilo‘ngach devorlari spazmga uchrashi natijasida o‘yuvchi moda-ning turib kolishi qizilo‘ngach distal bo‘limining birmuncha jiddiy zararlanishiga olib keladi.

Ishqorlardan zaharlanishda qizilo‘ngachda eng og‘ir o‘zgarishlar yuz beradi, deb hisoblaydilar, chunki bularda kislotalar-dan kuyishdan farqli ravishda qoraqo‘tirning erib ketishi sodir bo‘ladi.



Download 2.74 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Download 2.74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi «tasdiqlayman»

Download 2.74 Mb.