• Adabiyotlar
  • Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi «tasdiqlayman»




    Download 2.74 Mb.
    bet22/23
    Sana04.04.2017
    Hajmi2.74 Mb.
    #2867
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
    Klinikasi. Ko‘pincha divertikullar unchalik jiddiy buzilishlar keltirib chiqarmaydi va rentgenologik tekshiruv vaqtidagina aniqlanadi. 15-20% bemorlarda noxush sezgi suyuqlik ichilgandan yoki qoringa bosilgandan keyin yo‘qoladi. Ba'zan to‘sh sohasida og‘riq sezgisi, qayt qilish, aerofagiya, yo‘tal, ishtaha yo‘qolishi va ko‘ngil aynishi kuzatiladi, qizilo‘ngachdan qusish yuz berishi ham mumkin. Katta hajmdagi divertikul qizilo‘ngachni bosib qo‘yishi mumkin, shunga ko‘ra ko‘krakda og‘riq (ayniqsa ovqatdan keyin) paydo bo‘ladi, bu yurak urishi, nafas qisishi bilan o‘tadi. Bu simptomlar divertikul bo‘shalgandan keyin yo‘qoladi.

    Divertikullar rentgenologik jihatidan oson aniqlanadi. Bevosita diafragma ustida qizilo‘ngach devorining turli o‘lchamdagi bo‘rtib chiqqan yumaloq yoki tuxumsimon konturlari aniqlanadi. Kasallik juda sekin kechadi. Ko‘p hollarda divertikul o‘lchami asta-sekin kattalashadi.

    Epifrenal divertikullarni diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churralaridan farq qilish lozim. Kamdan-kam hollarda unchalik katta bo‘lmagan divertikullarni qizilo‘ngach yarasidan farq qilishda qiyinchilik vujudga keladi. Divertikul bilan megaezofagus (kardiya axalaziyasi) belgilarining birmuncha o‘xshashliklari bor. Xalqum-qizilo‘ngach divertikullariga davo qilish - konservativ. Davolash parhyezga qat'iy rioya qilish, divertikulni drenajlash, yuvishdan iborat va operatsiya qilib davolashga monelik bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Ope­ratsiya qilmasdan davolashda o‘lim, divertikuldagi turli xil asoratlarga bog‘liq va 33% ni tashkil etadi. Operatsiya qilib davolash divertikulni kesish yoki invaginatsiya qilishdan iborat. Divertikuldagi yallig‘lanish hodisalarini to‘xtatishga qaratilgan konservativ davolash eng zarur tadbir hisoblanadi (qattiq parhyez, 7-10 kungacha yallig‘lanishga qarshi vositalar va antnbiotiklar ishlatish).

    To‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning oldingi cheti bo‘ylab kesiladi, qalqonsimon bez chap bo‘lagini yuqoriga va o‘ngga suriladi. Oldin quyi qalqonsimon arteriyani bog‘lab m. omohyoideus ni yuqoriga suriladi. Shundan keyin jarohatda qizilo‘ngach va divertikul ko‘rinib turadi. Divertikulni hamma tomondan bo‘ynigacha ajratiladi, choklar bilan tikiladi va kesib olib tashlanadi T. A. Suvorova UKL-40 apparati yordamida mexanik chokdan foydalanishni tavsiya etadi. Divertikul olib tashlangandan keyin mushaklar va fassiyalarga choklar solinadi. Jarohatni pishiq qilib tikiladi. Ovqat yeyish va suyuqlik ichishga 3-4 sutkalarning oxiriga kelib ruxsat beriladi.

    Divertikul invaginatsiyasi (Girard) - divertikulni qizilo‘ngach bo‘shlig‘iga joylashdan iborat. Bunday operatsiyani unchalik katta bo‘lmagan divertikullardagina qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda qizilo‘ngach divertikullarini operatsiya yo‘li bilan davolashdagi xavf-xatar birmuncha yuqori. Shuning uchun divertikullarni taxminan 10-15% bemorlarda operatsiya qilinadi, xolos. Yaxshi bo‘shalmaydigan, ko‘pincha yallig‘lanib turadigan va ro‘yi rost klinik belgilari bo‘lgan o‘lchami katta divertikul xirurgik davolash uchun ko‘rsatma hisoblanadi.

    Parabronxial divertikullarni o‘ng tomonlama torakotomiya bilan 6 qovurg‘alar orasida, epifrenal divertikullarni chap tomonlama torakotomiya bilan 7-8 qovurg‘alar orasida operatsiya qilgan ma'qulroq. Plevra bo‘shlig‘i ochilgandan keyin mediastinal plevra qirqiladi, qizilo‘ngach topiladi. Qizilo‘ngachga burun orqali zond kiritiladi va uni havo bilan kengaytiriladi. Bu divertikulni topish va ajratishni birmuncha osonlashtiradi. Divertikulni oyoqchasigacha ajratiladi. Diametri 2 sm gacha bo‘lgan divertikullar jimjimador choklar bilan tikilishi mumkin. O‘lchami 2 sm dan katta divertikullar esa olib tashlanadi. Divertikul bo‘ynini uzluksiz yoki boshqacha chok bilan tikiladi, katta divertikullarda mexanik chok qo‘llaniladi. Choklarning ikkinchi qatorini qizilo‘ngachning mushak pardasiga qo‘yiladi. Choklarning chizig‘ini parietal plevra (Depk), o‘pka to‘qimasi (Nissen), diafragma laxtagi (B. V. Petrovskiy, T. A. Suvorova), kapron devor (A.A.Vishnevskiy) va shu kabilar bilan mahkamlanadi. Bu tadbirlar choklarning sitilib ketmasligi uchun qilinadi.

    Operatsiyadan keyingi asoratlar qatoriga yana zotiljam va qizilo‘ngach torayishini kiritish mumkin.
    Adabiyotlar

    I. Asosiy:

    1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.

    2. Xirurgicheskie bolezni. Sh.I. Karimov, Tashkent, 2005.

    3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

    4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.

    5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red.M.I.Kuzina., Meditsina, 2002.

    6. Metodicheskoe posobie po gospitalnoy xirurgii. Nazыrov F.G. s soav.Tashkent 2004g.

    7. Klinicheskaya xirurgiya. Pod red. Pansыreva Yu.M. M. «Meditsina», 1988

    8. Vorobev A Spravochnik prakticheskogo vracha v 3x tomax. 1990

    9. Konden R., Neyxus L. Klinicheskaya xirurgiya Moskva. Praktika 1998

    10. Nazirov F.G., Denisov I.I., Ulugbekov E.G. Spravochnik-putevoditel praktikuyuщego vracha. Moskva, 2000.

    11. Petrovskiy B.V. red. Rukovodstvo po xirurgii (v 12 tomax) M. Meditsina 1959-1966.



    Download 2.74 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




    Download 2.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi «tasdiqlayman»

    Download 2.74 Mb.