|
miqdorini bildiruvchi vishilashni aniqlaydi. O'ynoqi yoki vijirlovchi vino uyilgan Pdf ko'rish
|
bet | 145/359 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 9,85 Mb. | | #262679 |
Bog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbemiqdorini bildiruvchi vishilashni aniqlaydi. O'ynoqi yoki vijirlovchi vino uyilgan
butilkaning tiqish otilib chiqqanda paydo bo'lgan tovush kuchi va shovqin vino qay
miqdorda gaz bilan to'yinganligi, butilka ichidagi bosim kuchi qanday ekanligi
haqida tasawur hosil qildiradi.
Organoleptik tahlil sezgi organlariga ta’sir qiluvchi vinoning barcha sifatlarini
belgilab beradi. Shuning uchun bu tahlil mas’uliyatni, jiddiylikni talab qiladi.
Muhimi organoleptik tahlilda vinodek o'ziga xos xususiyatlar va kamchiliklar
aniqlanadi.
Har bir vinosoz degustator bo'lishi lozim. Vinosoz o'zi ishlab chiqargan
vinolarini bilishi va kimyo-mikrobiologik nazorat va degustatsiyalashdan
foydalanib vinoda sodir bo'layotgan barcha o'zgarishlami kuzatib borish lozim.
Degustatoming to'g'ri rivojlangan va nozik didi sog'lom vino olishda asosiy
omillardan bo'lib qolmaydi. Organoleptik baho berishda degustator vinoning
yechimi nechada? U uzumning qaysi navidan tayyorlangan? Vino olingan uzum
qaysi hududda o'sgan? Tayyorlangan vaqtida texnologiyaga rioya qilinganmi?
Vinoning sifati, aromati, buketi qannaqa? vinoda kamchilik, kasallik mavjudmi?
degan turli savollarga javob berishi kerak. Tajribali, didi, sezgisi yaxshi bo'lgan
Vinosoz-degustator asosiy savollaming barchasiga javob bera oladi.
Ta’m, hid sezish va boshqa sezgi qobiliyatini doimo takomillashtirib borsa
bo'ladi. Shuning uchun ta’m, hid sezish qobiliyati rivojlangan va vinolaming turli
namunalarini sinab tajriba ortirgan har bir sog'lom kishi degustator bo'lishi
mumkm. Degustator uchun ta’m va hidga bo'lgan xotira katta ahamiyatga ega. Bu
esa sinab ko'rgan vinolami eslab qolishga va sinalayotgan namunalar bilan
qiyoslashga imkon beradi.
Vinolaming eng yaxshi namunalari bilan tanishish degustator uchun muhim
|
| |