• Natijada kerak me’yorda spirt hosil bolganda muayyan qand miqdori ham saqlanib qoladi. Vinoda qandni saqlab qolish maqsadida bijgishni toxtatish uchun turli
  • so‘ligan uzum sharbatini to'laligicha




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet154/359
    Sana11.06.2024
    Hajmi9,85 Mb.
    #262679
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   359
    Bog'liq
    BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbe

    so‘ligan uzum sharbatini to'laligicha
    bijg‘itmasdan olingan vinolarga desertli vino deydi”.
    O'tkir vinolar desertli vinolardan qand va spirt nisbati jihatidan bir-biridan
    farqlanadi. Ularda desertli vinolarga qaraganda spirt ko'proq, qand miqdori kamroq
    bo'ladi. Agar dessertli vinolarda qand miqdori 30 foizgacha yetadigan bo'lsa, o'tkir
    vinolarda bu ko'rsatkich 13 foizni tashkil qilib, ba’zida 1 foizgacha tushib ketadi.
    Desert vinolarda spirt miqdori 16 foizdan oshmaydi, o'tkir vinolarda esa 17 dan 20
    foizgacha yetadi. Bijg'iyotgan sharbatda qand miqdorini saqlash maqsadida sun’iy
    ravishda bijg'ishni to'xtatish yoki qandi yuqori bo'lgan sharbatni ishlatish lozim.
    Natijada kerak me’yorda spirt hosil bo'lganda muayyan qand miqdori ham saqlanib
    qoladi. Vinoda qandni saqlab qolish maqsadida bijg'ishni to'xtatish uchun turli
    usullar qo'llaniladi.
    Uzum kech uzilganda yoki uzum so'liganda qand miqdori yuqori bo'lib (30
    foizdan ham oshiq) bijg'ishni oxirigacha yetkazishda xalaqit beradi. Bu esa vinoda
    ma’lum miqdorda qand bo'lishiga olib keladi. Sharbatga bijg'ishi oldidan unga
    qand foizi ko'p bo'lgan vakuum-sharbat va shinnini qo'shish orqali qand miqdorini
    oshirish mumkin. Mazkur usullar barcha vinochilik bilan shug'ullanuvchi
    mamlakatlarda qo'llaniladi; shirin va yarim shirin vinolar tayyorlashda bu usullar
    qo'llaniladi. 
    Bijg'iyotgan sharbat haroratning tushishi, sulfid kislotaning
    qo'shilishi, sharbatni filtrlash, achitqi cho'qindisidan ajratib olish bijg'ish
    jarayonini buzadi. Bu usullar yordamida bijg'itish to'xtatiladi, vinoda qandning
    ma’lum miqdori saqlanib qoladi.
    Bijg'ishni har qanday bosqichda sharbatga spirt kiritib belgilangan miqdordagi
    qandni saqlab qolish usuli keng tarqalgan.

    Download 9,85 Mb.
    1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   359




    Download 9,85 Mb.
    Pdf ko'rish