|
H ch. Bo'riev, R. J. Jo'raev, J. N. Fayziev, I. R. Nuritov, K. E. Usmonov Pdf ko'rish
|
bet | 233/359 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 9,85 Mb. | | #262679 |
Bog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbeimkon beradi.
Ba’zi bir ishlab chiqarishlarda vinoni uglekislota bosimi yordamida suzib oladi.
66-rasmda ushbu suzish usuli ko'rsatilgan. Uglekislota ballondan butning yuza
qismiga kelib bosim hosil qiladi va vinolami shlang orqali yuqorida joylashgan
bochkaga quyilishini ta’minlaydi. Bu suzishning yopiq usuli qoilanilganda yaxshi
samara beradi.
14,2. Vinoni nasoslar bilan suzish
Katta hajmdagi vinolami qayta ishlash zavodlari va punktlarda suzish odatda
nasoslar yordamida amalga oshiriladi. Bu maqsadda kerak b oigan quwatga
muvofiq turli tizim va oichamdagi nasoslar ishlatiladi. Masalan, markazga
yo'naltirilgan, qanotli, porshenli nasoslar ana shular jumlasidan boiadi. Nasosga
so‘rib oluvchi va chiqarib tashlovchi shlanglar ulanadi. Birinchi shlang bevosita
bochkadagi suziladigan vinoga tashlanadi yoki boimasa bochka (butga) o'matilgan
maxsus jo'mrak bilan birlashtiradi. Temir beton rezervuar yoki metalldan yasalgan
tanklardan vinoni suzishda shlangni ulardagi jo'mrakga ulaydi.
Ikkinchi (chiqarib tashlaydigan) shlangni bevosita bochka yoki changa tashlaydi.
Chiqarib tashlaydigan shlangning oxiriga vino oqimini to'xtatib qo'yish uchun
maxsus jo'mrak o'matilgan boiadi (66-rasm). Himoya shlangi bor kran juda
qulaydir. U bochka vino bilan to'lganda avtomatik ravishda oqimni to'xtatib
qo'yadi. Har ikki shlang (so'ruvchi va chiqarib tashlovchi) o'rnatilgandan so'ng
nasosni ishlatib, vinoni qabul qiluvchi rezervuarga haydaydi. Chiqarib tashlovchi
shlangni usti brezent bilan qoplangan 2 yoki uch qatlamni rezinadan tayyorlaydilar.
So'rib oluvchi shlanglar ham brezent va rezina qatlamlardan tayyorlanadi. So'rib
olish paytida shlang toraymasligi uchun rezina va brezent qatlamlari orasiga p oiat
simlar o'tkazilgan boiadi.
|
| |