|
birikmalarda o'tib loyqalanishga sababchi bo'ladi. Loyqalanishning paydo bo'lishi Pdf ko'rish
|
bet | 344/359 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 9,85 Mb. | | #262679 |
Bog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbebirikmalarda o'tib loyqalanishga sababchi bo'ladi. Loyqalanishning paydo bo'lishi
ko'p hollarda temirga emas R 04 ioni va boshqa ba’zi bir moddalaming
mavjudligiga bog'liq. Bu moddalar mavjud bo'lgan oq kass yuzaga kelmaydi.
Ko'rsatilgan elementlar o'z me’yoridan oshganda oq kassga xos bo'lgan
loyqalanish paydo bo'ladi.
Amaliyotda zangori rangga kirishga bo'lgan moyillikni quyidagicha aniqlaydi.
Sinalayotgan vinoga 3% vodorod perekisidan bir necha tomchi qo'shiladi (100 ml
ga 5 tomchi). Loyqalanish yoki loyqa paydo bo'lishi vino zangori rangga kirish
moyilligi boriligidan dalolat beradi. Hosil bo'lgan loyqa zarrachalari 24 soat
davomida to'liq holda cho'kadi.
Oq kassga qarshi kurashning maxsus choralariga quyidagilami kiritsa bo'ladi:
1) bijg'ish paytida fosforoksid tuzlami kiritmaslik;
2) sharbat va vinoga temiming tuzlarini tushishiga (apparatura va idishlardan)
yo'l qo'ymaslik;
3) N-ionlar konsentratsiyasini oshiruvchi va kalsiy-ferrofosforitlami eritmada
ushlab turuvchi sulfit kislotasini qo'llash.
Odatda sariq qon tuz bilan yelimlab, kislotalikni oshiradigan, vinodagi temir
miqdorini kamaytiradigan va R 04 bilan reaksiyaga kirishuvchi limon kislotasini
qo'shib zangorilash bartaraf etiladi. Temir kassga chalingan vinoni tuzatish uchun
kislotalikni oshirishda limon yoki vino kislotalaming qo'llanishi ahamiyatga ega
bo'lmasa oq kass holatida esa limon kislotasi o'ziga xos xususiyatiga ega. Ba’zi bir
tadqiqotchilaming kuzatishicha vino kislotasi hatto oq kassni yuzaga chiqarishga
sababchi bo'lgan.
247
Oq kassni bartaraf qilish uchun kerak boigan limon kislotasining miqdorini
dastlabki sinovlar yordamida belgilanadi.
|
| |