|
Oltingugurt bochkalami oltingugurt paligi bilan ehtiyotkorsizlik ravishda Pdf ko'rish
|
bet | 347/359 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 9,85 Mb. | | #262679 |
Bog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbeOltingugurt bochkalami oltingugurt paligi bilan ehtiyotkorsizlik ravishda
dudlasa u
vinoga o ‘tib qolishi mumkin.
Sharbatni bijg'ishi oldidan qattiq dudlash yoki sulfitlash vinoga oltingugurt
tushishining sababi bo'lishi mumkin. Chunki bunday holatda achitqilar sulfit
angidridni tiklashadi.
Achitqilar ta’sirida tiklanish jarayoni sulfit va sulfitoksid birikmalarida ham
kuzatiladi. Sharbatni sulfitlshda sulfit oksid tuzlami ishlatish natijasida bijg'ishdan
keyin unda serovodorod hidi paydo bo'ladi. Sharbatga bijg'ishdan oldin gips bilan
ishlov berilganda shu holat kuzatiladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, serovodorod
asosan yosh vinolarda kuzatiladi.
Yosh vinolami bijg'ishdan keyin birinchi marta degustatsiya qilishda
serovodorod hidi bo'lsa ham u nuqsonga kirmaydi. Suzish paytida oksidlanganda u
butunlay yo'qolib ketadi.
Lekin bu hid nafaqat yosh vinolarda balki boshqa holatlarda ham paydo bo'lishi
mumkin. Masalan, agar vino uzoq vaqt davomida halok bo'layotgan achitqilarda
to'xtab qolsa oltingugurt bor oqsil moddalami parchalovchi bakteriyalar
rivojlanadi. Natijada verovodorod hosil bo'ladi. Ba’zi bir o'g'itlar va tuproq turlari
vinoga ta’sir qilib serovodorod hidini chiqaradi degan fikrlar ham mavjud. Agar
shampan vinolar ultramarin qo'shilgan rafinad bilan shirin qilingan vinolarda
ikkinchi marta bijg'itilsa unda verovodorod paydo bo'lganligi qayd etilgan.
Tarkibida oltingugurt bor ultramarin vinoda oson erib bijg'ishda serovodorod hosil
qiladi. Serovodorod hidini bartaraf etish uchun qator profilaktik choralar mavjud.
Hosil yig'ishdan oldin uzumzorlarga oltingugurt bilan ishlov bermaslik zarur.
Qayta ishlashga kelgan uzumda oltingugurt ko'p bo'lsa unda uni yuvib yuborish
kerak bo'ladi.
|
| |