Porshen chapga harakatlanganda 6 kameradagi havo siqiladi. Porshanni qayta
yurishida sharbatni chiqish y o iig a 4 uzatish to ‘xtamaydi,
balki siqilgan havo kuchi
bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, havo kamerasi sharbatni
bir tekis quyishni
ta’minlaydi.
Bizning vinochilik ishlab chiqarishda N-21 (31-rasm) nasoslari keng tarqalgan. Har
bir nasos ifloslanishi hisobga olingan holda avtomatik asragich va vino quyiladigan
bochkalar to ‘lganda avtomatik to'xtatish uchun klapan o'matiladi. Yuqorida
yoritilgan barcha nasoslar ko‘chib yuradigan bo‘lib,
ishlab chiqarishning turli
nuqtalarida xizmat qila oladi.
31-rasm. N-21 porshenli nasos (qirqimi)
1-reduktor; 2-porshen; 3-havo balloni; 4-elektron motor; 5-ustun.
Yirik ishlab chiqarishda, shuningdek statsionar nasoslar qo'llaniladi. Statsionar
nasoslaming N-21 turining ishlab chiqarish quwati 80 ming 1/soat va undan
yuqoridir.
Vinochilik ishlab chiqarishda, shuningdek markazdan qochma nasoslar keng
foydalanib, ular ba’zi holatlarda o‘z afzalliklariga egadir. Markazdan qochma
nasoslaming ishlash prinsipi qobiq ostida joylashgan belkuraklarga ega g‘ildirakni
aylanishida yuzaga keladigan markazdan qochma kuch hisobiga suyuqliklami