|
bo'lim ko'rsatkichlari bor shisha silindrdan iborat. Silindr jo ‘mraklari misdanBog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbebo'lim ko'rsatkichlari bor shisha silindrdan iborat. Silindr jo ‘mraklari misdan
yasalgan gardishga o'matilgan. Suyuq sulfit angidrid pastdagi jo ‘mrakdan
64
silindrga kelib quyilib, ishlatish uchun boshqa jo ‘mrakdan yuboriladi. Yuqorida
joylashgan kran silindmi yonidan o‘tgan trubka bilan bog‘laydi. Ushbu trubka
orqali suyuq sulfit angidridi oqib kelayotgan silindrdan havo chiqariladi.
Sulfitomemi suyuq sulfit angidridi bor bo‘lgan ballon bilan ulanadi.
Suyuqlikning kelib tushishi oqimi va tezligini yuqoridagi jo ‘mrak bilan
tartiblashtirib turiladi. Kerakli miqdorda suyuqlik silindrga oqib kelgandan
so‘ng, yuqorida joylashgan jo'mrak kranni berkitiladi, pastki kirish jo'mrak
yordamida ballon bilan bo‘lgan yo‘nalishi berkitiladi. Shundan keyin chiqish
jo ‘mrakni ochib, suyuq sulfit angidrid vinoga yuboriladi. Sulfitomer yordamida
hoxlagan miqdorda sulfit angidridini vinoga aralashtirsa bo‘ladi.
Sulfitometr yordamida sulfit angidridini bo‘sh idishlarga (but, chan) larga
kiritsa boiadi. Buning uchun chiqish jo‘mrakga bog‘langan rezina quvurchasini
bo‘sh bochkaga tushirib qo'yadi. Bochkaga oqib tushgan suyuq sulfit angidrid
tez ravishda gaz holatiga aylanib bochkaning ichki yuzasiga ta’sir qiladi.
Vinochilik sanoatida S 0 2 to‘ldirilgan ballonga bog‘langan sulfitlashtiruvchi
apparatlami qo'llaydi. Oltingugurt piligi yordamida dudlashga nisbatan suyuq
S 0 2 qator afzallikka ega:
1. Kiritilgan sulfat kislotaning aniq miqdori aniqlanadi;
2. Uzum sharbati va vinoni suzmasdan ularga sulfat kislota kiritsa bo‘ladi;
3. Sulfat kislotasi bilan birga vino ta’miga ta’sir qiluvchi boshqa narsalar
kiritilmaydi;
4. Piliklar yonganidan hosil bo'lgan zaharli dudlar bo‘lmaydi.
|
| |