|
hisoblanadi, Buning natijasida vinoning ekstraktivligi oshib ketadi, vinodagi erkinBog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbehisoblanadi, Buning natijasida vinoning ekstraktivligi oshib ketadi, vinodagi erkin
vino kislotasi vino toshiga aylanadi. Natijada vino ta’mining sifati o ‘zgaradi.
Shuning uchun 30 g/gl oshiq pirosulfitni ishlatish tavsiya etilmaydi.
4.4.Dudlash va sulfltlashda ishlatiladigan sulfit angidridning dozalari
Dudlash va sulfitlash maqsadiga qarab vinoga turli miqdordagi sulfit
angidridini qo‘shadi. Masalan, yetilgan vinoni suzish paytida unga 20-30 mg/1
miqdorda sulfit angidrid kiritish uchun dudlash yoki sulfitlash qoMlanadi.
Yetilmagan va yaxshi tozalanmagan vinolami suzish paytida ularga ko'proq
hajmda, ya’ni 11 vinoga 40-50 mg sulfit angidridi qo‘shiladi.
Qisqa muddatga bijg‘ishni to'xtatish maqsadida uzum sharbatini dudlashda 120-
150 mg/1 sulfit angidrid qo‘shiladi. Uzoq muddatga bir oy va undan ko'proq vaqtga
uzum sharbati bijg‘ishini to'xtatish uchun ko‘proq doza ya’ni 1 1 sharbatga 600 mg
dan 1 g gacha sulfit angidridi ishlatilishi lozim.
Uzum sharbati va vinoga sulfit angidrid qo‘shishda uning miqdori qonunda
belgilangan me’yor ko‘rsatkichlaridan oshmasligi kerak.
Masalan, uzum sharbati va barcha vinolar uchun (spirt qo'shilmagan yarim
shirin vinolar bundan mustasno) jami miqdori 200 mg/1 bo'lganda 20 mg/1 va spirt
qo‘shilmagan yarim shirin vinolar uchun jami miqdori 400 mg/1 bo'lganda 40 mg/1
bo'lishi lozim.
Nazorat savollari
1. Vino ishlab chiqaradigan barcha sulfit angidriddan antiseptik sifatida ta’sir
qilish sabablari haqida ma’lumot bering.
2. Sulfit kislotasining vinochilik amaliyotidagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot
bering.
3. Uzum sharbati va vinoda sulfit kislotasining o‘zgarishi qanday amalga oshadi?
4. Sulfitli kislota vinoda o‘zgarishi qanday amalga oshadi?
|
| |