|
H ch. Bo'riev, R. J. Jo'raev, J. N. Fayziev, I. R. Nuritov, K. E. UsmonovBog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbeamalga oshiriladi?
9. Spirt ta’siri asosida seleksiya olib borish uslubi kanday amalga oshiriladi?
6-bob. UZUM VINO LARI TASNIFI
6.1.Qadimda Sharq xalqlari vinoni tayyorlashi
Vino - (lotincha winum-aylanuvchi, o‘raluvchi) uzum va mevalardan bijg‘itish
yo‘li bilan tayyorlanadigan spirtli ichimlik. 0 ‘zbekistonda, asosan, uzumdan
tayyorlanadi.
Qadimda Sharq xalqlari vinoni vino, may, musallas deb yuritishgan.
To‘la yetilgan sof vinoning 1 litrida 860-900 g suv, 70-110 g spirt, 1 g qand, 7-9 g
glitserm, 2-3 g uzum kislotasi, 2-4 g sut kislotasi, 1-5 g olma kislotasi va boshqa
bo'ladi. Kuchli vinoning sof tarkibidagi spirt (1 litrda 150 g gacha) va qandning
(100 g gacha) ko'pligida.
Vino rangi (oqish, pushti, qizil) mazasi, xushbo'yligi,
kuchliligi hamda tayyorlash texnologiyasi bilan ham farqlanadi. Vinoning musallas,
kuchli, desert, shampan, gazli (vishillaydigan) va xushbo'y xillari bor. Musallas
uzum sharbatini bijg'itib olinadi; tarkibida 9-12% spirt bo'ladi. Bunday vino sof
(to‘la bijg'igan, tarkibida deyarli qand qolmagan) va yarim shirin (tarkibida 3-8%
qand bo'lgan) xillarga bo‘linadi. Oq musallas vino, konyak ishlab chiqarishda xom
ashyo hisoblanadi. Kuchli vino (madera, portveyn, xeres va boshqalar) ham sof
(tarkibida 17-20% spirt, 3% gacha qand) va yarim shirin (17-20% spirt, 10% gacha
qand bo'lgan) xillarga bo‘linadi. Desert vino tarkibida 16% spirt bo'ladi; qand
miqdoriga ko‘ra yarim shirin (5-10% qand), shirin (10-20% qand) va likyor (20
foizdan ko‘p qand) xillarga bo‘linadi. Shampan vino musallaslami ikkinchi marta
bijg‘itib va qand qo'shib tayyorlanadi. Tarkibida 11,5-12,5% spirt bo‘ladi; qand
tarkibiga qarab, so f (3% qand), yarim sof (5%), yarim shirin (8%) va shirin (10%)
|
| |