• Mikrofibrillalar
  • Mikrofilamentlar
  • Oraliq filamentlar
  • Hujayraning tayanch-harakat tizimi. Sitoskelet




    Download 5,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/113
    Sana06.06.2024
    Hajmi5,62 Mb.
    #260794
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   113
    Bog'liq
    NamDU-ARM-1159-Hujayra biologiyasi

    4. Hujayraning tayanch-harakat tizimi. Sitoskelet
    Hujayrada turli harakatlar amalga oshadi. Xromosomalaming 
    qutblarga harakati, hujayra organoidlarining sitoplazmadagi harakati, 
    hujayra tashqi qobig‘ining harakati, sitoplazma harakati, bir hujay- 
    rali organizm laming psevdopodiyalari (soxta oyoqchalar), kiprikcha 
    va xivchinlar yordamidagi harakat. Bu harakatga olib keluvchi tuz- 
    ilmalar doim biror tayanch, karkas tuzilmalari bilan birgalikda ke­
    ladi, shuning uchun hujayraning tayanch harakat tizimi deb ataladi. 
    Hujayraning sitoskeletini mikrofibrillalar, mikronaycha va oraliq fila- 
    mentlar hosil qiladi.
    Mikrofibrillalar 
    ko‘p hujayrali organizmlaming qisqaruvchi 
    tuzilmalari-miofibrillalarni hosil qiladi. Skelet mushaklarida uchray- 
    di. Yurak miofibrillari yo‘l-yo‘1 bo‘lib ko ‘ringani uchun (yoMlari 
    ko‘ndalang ko‘rinishga ega bo‘Igani uchun) komdalang-targ^il dey­
    iladi. Funksional birligi-sarkomer. Miofibrill mayda protofibrillardan 
    iborat. Protofibrillaming ingichka iplari - aktin oqsilidan, yo‘g ‘onlari 
    miozin oqsilidan iborat. Tolalaming qisqarishi hisobiga muskul ish 
    bajaradi. Silliq muskullarda ham aktin-miozin kompleksi bor, lekin 
    sarkomerlar hosil qilmaydi.
    Mikrofilamentlar 
    - ingichka oqsil iplari. Sitoplazmaning korti- 
    kal qismida va harakat qiluvchi hujayralaming psevdopodiyalarida, 
    mikrotukchalar tarkibida ko ‘p. Suv o ‘tlaming xloroplastlari haraka- 
    tini mikrofilamentlar amalga oshiradi. O 'sim lik hujayrasidagi sikloz 
    xam mikrofilamentlar amalga oshiradi.
    Oraliq filamentlar 
    iplarining diametri mikronaychalardan kichi- 
    kroq, mikrofilamentlardan kattaroq bo‘lgani uchun shunday nom- 
    lanadi. Epiteliyda keratin, mushakda-desmin, biriktiruvchi to4qima, 
    tog‘ay, suyak to ‘qimasida- vimentin oqsilidan iborat.
    117


    Odam oyoq va qo‘l kafti epiteliysida oraliq filamentlaming kera­
    tin oqsili tuzilishi epiteliy keratinidan farq qiladi. Bu esa oyoq tagi va 
    qo‘l kaftiga tushadigan ogfirligining kattaligi bilan tushuntiriladi. Bu 
    yyerdagi keratin katta og‘irlikka chidamli filamentlami ajratadi. Bu 
    oqsil gen mutatsiyasiga uchrasa, terining shu joydagi mustahkamligi 
    yo'qalib - kasallik rivojlanadi.Oraliq filamentlar to ‘qima va hujayral- 
    arga mustahkamlik beradi. Oraliq filamentlar birlashib tonofibrillami 
    hosil qiladi, ular esa plazmatik membrana yuzasida desmosomalar 
    bilan bog‘lanib mustahkam karkasni(“skeletini”) hosil qiladi.

    Download 5,62 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   113




    Download 5,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hujayraning tayanch-harakat tizimi. Sitoskelet

    Download 5,62 Mb.
    Pdf ko'rish