|
biladilar.
Masalan, bahsning boshida ular ushbu texnikadan Pdf ko'rish
|
bet | 103/123 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 7,58 Mb. | | #122199 |
Bog'liq Yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari. (Suzish). Islamov I.S, Salimgareyeva R.Rbiladilar.
Masalan, bahsning boshida ular ushbu texnikadan
204
foydalanib peshqadamlikni egallashlari, oraliq fazada energiyani sal
tejashlari hamda yakuniy fazada yana ushbu usulga qaytishi va bor
kuchi bilan harakat qilishi mumkin. Bunday nozik jihatlarni
bilmaydigan sportchilar doimo ushbu usullardan xabardor bo‘lgan
sportchilardan m ag‘lubiyatga uchrab keladilar.
Suzuvchilar ikki, to‘rt yoki olti zarbali oyoq harakatlarini amal-
ga oshirishlaridan qat’i nazar, barcha erkin usulda suzuvchilar uchun
yagona qoida mavjud - ushbu harakatlarni bajarish uchun bor kuch-
g'ayratni ishga solish kerak. 6-rasm Piterning uch p usulini ko‘rsatib
beradi. Uning o ‘ng qo‘li suzish siklini yakunlayotgan paytda, u o ‘ng
oyog‘i bilan harakatni amalga oshiradi va uni suvdan ko‘taradi.
6-rasm. Piter о ‘ng qo ‘li bilan suzish siklini yakunlayotgan paytda
oyog'idagi kuch bilan harakatni amalga oshiradi.
Olti zarbali oyoq harakatlarini amalga oshirishda
sinxronlik
Olti zarbali oyoq harakatlarini amalga oshirish suzish usulini
bajarish siklida o ‘ziga xos vaziyatlami taqozo qiladi. Quyida har bir
beriladigan zarbaga alohida to ‘xtalib o ‘tilgan:
1-zarba: o ‘ng q o‘l uzun qilib ch o‘zilgan paytda chap oyoq
bilan zarba beriladi.
205
2-zarba: o ‘ng qo‘l bilan suv eshilgan paytda o ‘ng oyoq bilan
zarba beriladi.
3-zarba: o ‘ng qo‘l diagonal bo‘ylab harakatlanayotgan paytda
chap oyoq bilan zarba beriladi.
4-zarba: o ‘ng q o‘l o ‘zining suzish usuli siklini yakunlagan
paytda o ‘ng oyoq bilan kuchli zarba beriladi.
|
| |