Sho‘ng‘ishni bevosita suv yuzasidan boshlash ham mumkin.
Bu holda u bosh yoki oyoqni pastga qilib bajariladi. Suv yuzasidan
oyoqni pastga qilib sho‘ng‘ish uchun ikki qo‘l va oyoqlar bilan
jadal
eshish harakatlarini bajarib, suvdan imkon qadar yuqori
ko‘tarilib, chuqur nafas olinadi.
Suzuvchi suvdan qanchalik yuqori ko‘tarilsa, u suv ostiga shun-
chalik tez sho‘ng‘iydi. Suv ostiga tushish sekinlashmasligi uchun
qo‘llar bilan pastdan yuqoriga sho‘ng‘ish harakatlarini bajarish kerak.
Suzuvchi zarur chuqurlikka yoki havza tubiga yetganidan
keyin, jamlanib burilishi va zarur tomonga suzishi mumkin.
Suv yuzasidan boshni pastga qilib sho‘ng‘ish uchun suzuvchi
jamlanadi, nafas oladi va keskin harakat bilan boshini pastga tushi-
radi. Keyin rostlanib, oyoqlarini suv ustida ko‘taradi, ya’ni
vertikal
hoiatni egallaydi va shu tarzda havza tubiga yo‘naladi (4-rasm).
Sho‘ng‘uvchining tanasi yo‘nalishicha suv ostiga tushganidan so‘ng, u
qo‘l-oyoqlarini harakatlantirib, zarur tomonga suzishi mumkin.
Uzunlikka sho‘ng‘ishda suv yuzasidan pastga tushishni bir
qo‘l bilan keskin “eshish” hamda oyoqlami krol usulida harakat-
lantirish orqali bajargan ma’qul. Bunda ikkinchi qo‘l oldinga
rostlangan holatda bo‘ladi. Eshkaksimon harakatdan so‘ng, qo‘lni
suv yuzasidan o‘tkazish vaqtida bosh shu qo‘l tomon burilib, nafas
olinadi
{4-rasm).
4-rasm.
146
Ikki qo‘lini birlashtirish chog‘ida
suzuvchi oyoqlarini tos-son
bo‘g‘imida bukadi, qo‘llari va gavdasining old qismini zarur chu
qurlikka tushiradi. Oyoqlami harakatlantirishda davom etib, u suv
ostida uning sathiga parallel holatda rostlanadi. Suv yuzasiga suzib
chiqish uchun u gavdasini orqaga egib, oyoqlari harakatini davom
ettiradi. Katta chuqurlikdan suzib chiqish
uchun oyoqlar bilan havza
tubidan itarilish, qo‘llar bilan pastga to songacha eshkak harakatini ba
jarish, oyoqlami esa istalgan uslubda qo‘lga muvofiq ishlatish lozim.
Uzunlikka va chuqurlikka sho‘ng‘iganda suv ostida suzish
texnikasi bir-biridan farq qilmaydi. Eng yuqori tezlikka erishish
uchun oyoqlami krol uslubidagidek harakatlantirib, qo‘llami oldin
ga uzatish kerak. Ayniqsa, lastalar bilan sho‘ng‘ishda bunday usul
juda samarali. Sho‘ng‘ishning boshqa usuli oyoqlaming kroldagidek
harakatlari bilan qo‘llar brassdagi kabi eshishlarini uyg‘un-
lashtirishdan iborat. Brass usulida sho‘ng‘ish juda qulay. Brass bilan
suzish texnikasidan farqli o‘laroq, sho‘ng‘iganda qo‘llami songacha
harakatlantirish yaxshi natija beradi. Bu holda oyoq va qo'llaming
harakati
shunday moslashadiki, avval qo‘llar bilan songacha eshish
harakati bajarilib, shundan keyin suzuvchi gavda bo‘ylab rostlangan
qo‘llari bilan oldinga sirg‘aladi. So‘ng, sirqalish susaygan vaqtda
qo‘llarini bukib, uiami ko‘krak ostidan oldinga uzatadi, ayni vaqtda
oyoqlarini o‘ziga tortib, eshkaksimon harakat qiladi. Shundan keyin
yana oldinga uzatilgan qo‘llar bilan sirg‘aladi.