sodir bo‘ladi. Shuning uchun odam qanchalik yaxshi suza bilmasin,
badani sovub ketishidan cho‘kishi mumkin. Uzoq muddat suzganda,
u, ayniqsa, boshi va bo'ynini
asrashi lozim, negaki, ayni shu joylar
sovuqqa juda sezgir boMadi.
5-rasm. Har xil haroratli suvda odam chidashi mumkin
ehtimoliy muddat.
Suzish bilan shug‘uilanuvchilar organizmini sovib ketishdan
saqlash uchun basseynlarda suv harorati 14-28°C atrofida tutib
turiladi. Xuddi shu sababga ko‘ra ochiq suv havzalarida suv harorati
15° dan past bo‘lganda suzish bilan shug‘ullanish tavsiya etilmaydi.
Iliqroq suvda (15°C dan yuqori) odam
organizmining sovib ketishi
asta-sekin yuz beradi. Dastlab nafas olish va yurak urishi tezlashadi,
keyin titroq boshlanadi. Sovib ketishning dastlabki belgilaridan biri
- “tovuq terisi”ning paydo bo‘lishi. So‘ng butun tana mushaklari
yengil titray boshlaydi, bunda shilliq pardalar va teri ko'karadi.
Keyinroq terming ayrim hududlari uvishib, mushaklar g‘ayri
ixtiyoriy
ravishda tortishadi, tinimsiz esnash boshlanadi, harakatlar
tanglashib, tez-tez peshob chiqarish xohishi paydo bo‘laveradi. Tana
harorati 32-34° gacha pasayganda, loqaydlik, holsizlanish, nutqning
tushunarsiz bo‘lib qolishi kuzatiladi. Harorat 30-32° ga pasayganda
esa odam ongsiz ravishda gapiradi, mustaqil harakatlanish to‘xtaydi,
xotira susayib, ketidan hushni yo'qotish sodir bo‘ladi.
Bu quruq-
likda xavfsiz bo‘lishi mumkin, lekin suvda cho‘kishga olib keladi.
Harorati 15°C dan past bo'lgan sovuq suvda qo'qqisdan
hushdan ketish yuz berishi va sovuqlik shoki o‘limga sabab bo‘lishi
148
mumkin. Ko‘pincha suzishdan oldin organizmning isib ketishi va
tezlik bilan sovuq suvga tushish shokni keltirib chiqaradi.
Sovuq suvga bardoshlilikning yuqori darajasi hamda mukam-
mal termoregulatsiyaning shakllanishi uchun bir necha yillar davo
mida muntazam chiniqtiruvchi muolajalarni bajarib turish kerak.
Suvda uzoq vaqt turish rekordi 79 soat 30 daqiqani tashkil etadi.
Mashqlar natijasida odam uzoqqa suzish bo‘yicha ham yuqori
natijalarga erisha oladi. Ayollar orasida Volga bo‘ylab 150
km ga
suzish bo‘yicha 1951-yilda L.Vtorova ko‘rsatgan natija 29 soat 45
daqiqaga teng edi. Erkaklar orasida
xuddi shu masofaga suzish
bo‘yicha eng yaxshi ko'rsatkich - 27 soat 59 daqiqani A.Kozirev
namoyish etgan. 1983-yilda I.Fayzullin Amur bo‘ylab 200
km
masofani 26 soat 8 daqiqada bosib o‘tdi.
G‘arbda 32
km li La-Mansh bo‘g‘ozini suzib o‘tish ko‘proq
ommalashgan. Erkaklar orasida bu masofani tez suzib o'tish rekordi
bugungi kunda P.Dinga (7 soat 12 daqiqa), ayollar orasida esa
S.Nikolsonga tegishli (9 soat 46 daqiqa). Birinchi marta La-Manshni
to‘xtovsiz ikki tomonga suzib o‘tishda A.Albertona 43 soat 4 daqiqa
vaqt ko‘rsatdi (1961 y.).
Ko‘p kunli suzish bo‘yicha namoyish etilgan yuqori natijalar ham
ko‘pchilikka ma’lum. Masalan, V.Stoyanov 1980-yilda Dunay bo‘ylab
2000
km masofani suzib o‘tdi va bunga 45 kun “sof ’ vaqt sarfladi.
Amaliy suzishda ko‘pincha murakkab sharoitlarda harakat
qilishga to‘g‘ri keladi. Suvda kutilmagan yoki murakkab vaziyatlar
tajribasiz suzuvchida qo‘rquv
paydo qilishi, u o‘zini yo'qotib
qo‘yishi mumkin, bu, odatda, kishilaming suvda o‘zini noto‘g‘ri
tutishi va halok bo‘lishining asosiy sabablaridan biri. Shuning uchun
bu holatda suvda qanday harakat qilishni bilish juda muhim.