• Suvli to ‘siqni kechib о ‘tish.
  •  Qo‘l ostidagi vositalar yordamida suzish




    Download 7,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/123
    Sana18.12.2023
    Hajmi7,58 Mb.
    #122199
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   123
    Bog'liq
    Yakkakurash, koordinatsion va siklik sport turlari. (Suzish). Islamov I.S, Salimgareyeva R.R

    4.7. Qo‘l ostidagi vositalar yordamida suzish
    Odamning suvli to‘siqlami suzib o'tish imkoniyatlarini 
    kengaytirish yo‘Ilaridan biri - uning suzuvchanlik darajasini, suzish
    155


    jarayoni samaradorligini oshirish, tashqi sharoitning salbiy ta’siri, 
    birinchi navbatda, sovib ketishdan saqlashdir.
    Odamning suzuvchanligini oshiruvchi vositalarga ko‘krakka 
    tutiladigan qutqaruv kamari, belbog\ nimcha kiradi. Suzish 
    samaradorligini oshiradigan vositalar deganda lastalar, niqob, nafas 
    olish naychasi, suv ostida suzish uchun esa, bulardan tashqari, 
    akvalang ham tushuniladi. Suvda haddan tashqari sovib ketishdan 
    gidrokostyumlar va ma’lum darajada qutqaruv nimchalari saqlaydi.
    Suvli to‘siqlami suzib o‘tish uchun maxsus tayyorlanadigan 
    vositalardan tashqari, qo‘l ostidagi har xil suzuvchi buyumlardan 
    ham foydalaniladi.
    Suvli to ‘siqni kechib о ‘tish. Agar ko‘prik yoki qayiq, sol kabi 
    vositalar bo‘lmasa, daryoni kechib o‘tgan ma’qulroq. Kechuvning 
    belgilari: daryoga olib boruvchi yo‘l yoki so‘qmoq, daryoning biror 
    joyida qirg‘oqli yotiq kengaygan joy bo‘lishi mumkin; suv yuzida 
    mayda mavjlar mavjudligi - sayoz joydan nishona. Kechuvni avval 
    tekshirib ko‘rish zarur. Buning uchun suzishni biladigan 
    sayohatchilardan biri anjomlari, og‘ir kiyimlari va poyabzalini 
    yechib, xoda bilan kechuvning chuqurligini tekshiradi. Har doim 
    ham kechuv yo‘nalishi daryoga perpendikular yoki to‘g‘ri chiziq 
    bo‘ylab o ‘tavermaydi. Kechib o‘tish mumkin bo‘lgan sayoz joy 
    siniq chiziq bo'ylab joylashgan bo‘lishi ham mumkin (12-rasm).
    12-rasm.
    0 ‘tish joyi topilgandan keyin, u daryo tubiga sanchilgan xodalar 
    bilan belgilanadi va sayohatchilar bitta-bittadan kechib o‘ta boshlay- 
    dilar. Agar kechuvning ayrim hududlari ancha chuqur - suv odamning 
    belli yoki ko‘kragiga chiqadigan darajada bo‘lsa, u holda guruhning
    156


    past bo‘yli va zaifroq a’zolari yelkasidagi yuklami balandroq bo‘yli, 
    kuchliroq o‘rtoqlari ko‘tarib oladilar. Suzishni bilmaydiganlami 
    yo‘lda albatta kuzatib borish zarur. Sayohatchilar jamoasida 2-3 nafar 
    yaxshi suzuvchilardan iborat qutqaruvchilar guruhi tuzilib, ular daryo- 
    ning o‘rtasida kechib o‘tish qanday ketayotganini kuzatib turadilar.

    Download 7,58 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   123




    Download 7,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Qo‘l ostidagi vositalar yordamida suzish

    Download 7,58 Mb.
    Pdf ko'rish