klinik manzarasi hamda patogenezi bir-biriga juda o ‘xshash. Bunga
m oyillik tug‘diruvchi omillarga ruhiy-hissiy z o ‘riqish, issiqlik tarqa-
lishining qiyinlashuvi (qalin kiyim, shamollatilmaydigan xonalarda
o ‘tirish), tana vaznining haddan ortiqligi, chekish, alkogoldan zahar-
191
lanish, endokrin bezlar faoliyatining buzilganligi, yurak-qon tomir
kasalliklari, nevrologik izdan chiqishlar, ayrim dori vositalarining
qo‘llanganligi va h.k. kiradi.
Boshga quyosh nurlarining uzoq muddat yoki kuchli ta’sir ko‘r-
satishi natijasida paydo bo‘lgan issiq urishi oftob urishi deb ataladi.
Belgilari: ko‘ngil aynishi, bosh og‘rishi, quloqlarning shang‘illashi,
qusish, hatto hushdan ketish ham sodir bo‘lishi mumkin. Kuchli issiq
urganida kishining o‘zini bilmay qolishi, koma holatlari, tomir torti-
shishi kuzatiladi. Alahlash va ko‘zga har xil narsalaming ko‘rinishi
ehtimoli ham bor.
Birinchi yordam ko‘rsatish. Birinchi yordam ko‘rsatish tezlik
bilan organizmni sovutishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim:
- eng aw alo, shikastlangan kishi dim qorong‘i xonadan yoki
quyosh tig‘idan boshqa salqin joyga, yaxshisi, shamol aylanishi
uchun ochiq maydonga olib o‘tiladi;
- shikastlangan kishining kiyimlari yechilib, yuziga sovuq suv
sepiladi, tanasi ho‘l sochiqlar bilan sovutilib, boshiga muz solingan
pufak qo‘yiladi;
- sovuq ichimliklar: sharbat, suv, choy beriladi;
- og‘ir holatlarda tibbiy yordam zarur bo‘lishi mumkin.
Tana sovutilganda shikastlangan kishida ko‘pincha hara-
katlanishi yoki ruhiy holatida besaranjomlik kuzatiladi.
Nafas olish to'xtab qolsa yoki keskin izdan chiqsa, o‘pkani sun’
iy ravishda ishga tushirish zarur. Bemor o‘ziga kelganda, unga ko‘p
sovuq ichimliklar (achchiq damlangan muzdek choy) berish kerak.
Shikastlangan kishini davolash maxsus davolash muassasasida
davom ettirilishi mumkin, lekin organizmni sovutishga yo‘naltirilgan
tadbirlami kasalxonaga ketayotganda ham amalga oshirsa bo‘ladi.
Har bir sportchi, o ‘qituvchi, murabbiy shifokorga yetib
borguncha birinchi yordam ko‘rsatish ko‘mkmalarini mukammal
o‘zlashtirib olishi shart.
192
|