O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
5230100 - “Iqtisodiyot (tarmoqlar bo’yicha)” ta’lim yo’nalishi kunduzgi bo’lim 3-kurs talabalari uchun
“Turizm iqtisodi” fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Tuzuvchi: Tulakov U.
Termiz - 2013
1-MAVZU. TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
1.1. Turizm tushunchasining mohiyati
1.2. Turizmning rivojlanish tarixi
1.3. Turizm turlari
1.4. Turizmning O’zbekistonda rivojlanishi amaliy asoslari
1.5. Buyuk Ipak yo’li va unda turizmni rivojlantirishning ahamiyati.
1.1. Turizm tushunchasining mohiyati
Jahon xalqlarining tilida «turizm» tushunchasi lotin tilidan «tourmus» aylana bo’ylab harakat mazmunini beradi. Ba’zan frantsuzcha «tour» ya’ni ketgan joyga qaytib kelish maqsadida qaytib qilingan sayohat ham deb tushuniladi. Turizm haqidagi tushunchalarni turkumlab hozirgi davrda quyidagicha izohlash mumkin. Turizm kishilarning doimiy yashash joylaridan sog’lomlashtirish, o’rganish yoki kasblari bo’yicha haq to’lanmaydigan faoliyat sifatida vaqtincha mamlakatdan chiqishlaridir.
XIV asrdagi lug’atda qiziqarliroq bo’lgan ma’lumot bor «zavq olish uchun qiladigan ishi bo’lmagani uchun, hattoki keyinchalik maqtanib yurish uchun sayohat qiluvchi g’aroyib odamlar»- degan ta’rif mavjud.
Vebster tuzgan lug’atda «turist» so’ziga «zavq olish yoki qiziquvchanlik yuzasidan sayohat qiluvchi kishi» deb ta’rif berilgan. Sayohat va turizm biznesning bir-biriga aloqador sohalar majmui bo’lib, ular sayohatchilarga u yoki bu tarzda xizmat qiladi. Bu ishda sayohatchilar agentligining muhimligi barchaga birdek ayon. Bevosita bu ishga aviakompaniyalar ham jalb qilinadi. SHuningdek, mashina ijarasi, temir yo’llar, avtobus bosib o’tadigan yo’llari, mehmonxona va restoranlar masalasi ham muhimdir. Ushbu guruhning jami turizm tuzilmasini tashkil qiladi. Boshqa omillar reklama, xukumat siyosati, umumiy iqtisodiy sharoit, valyuta kursi, davlatlarning o’zaro munosabatlari, dam olish joyining xavfsizligi va obro’ e’tibori ham albatta turistik biznes muvaffaqiyatiga ta’sir ko’rsatadi. Turizm tarixi iqtisodiyot, texnologiya va jamiyat tarixi bilan uzviy bog’liq. Sayohat texnologiyasining rivoji sayohatning tezligi qulayligi va bahosini o’zgartiribgina qolmay, balki jamiyat va iqtisodiyotga ham ta’sir o’tkazadi. Sayohat XX asrda avtomobil va reaktiv dvigatelli samolyotlar xisobiga zamonaviy tus oldi. Lekin qadim zamonlarda ham sayohat savdo-sotiq, jangu-jadal va diniy maqsadlarda uyushtirib turilgan.
Vatanimiz va xorij ilmiy adabiyotlarida turizmning ta’riflari miqdori juda ko’p. Bunda ko’plab mualliflar turizmni tanishuv, madaniy va ta’lim jihatidan tariflashadi.
Xorijiy adabiyotlarda turizmning umumiy muammolarini to’g’ri tushunish uchun faqat tizimli yondoshish orqali maqsadga erishish mumkin deya ta’kidlashadi. Frantsuz tadqiqotchisi Kaspar turizmning texnologik, siyosiy, ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy o’zaro aloqalarini aniqlab olishni taklif etadi.
Turizm masalalari bo’yicha xalqaro maslahatchi K.Rixter sohaga umumiy ta’rif berib, doimiy yashash va ish joyidan boshqa joyda bo’lish, insonlarning sayohat qilishi bilan bog’liq o’zaro aloqalar va holatlar kompleksi sifatida tavsiflaydi1.
Bunda K.Rixter turizm tadqiqotlarining alohida yo’nalishlarini ajratib ko’rsatadi va u iqtisodiy fan uchun qiziqarli bo’lib, sayyohlar uchun ishlab chiqariladigan o’ziga xos tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi sub’ekt faoliyatini o’rgangan. Bu esa sayyohlik talabi tashkil etilishi bilan chambarchas bog’liq.
1975 yilda tashkil etilgan xukumatlararo Butunjahon Turistik Tashkiloti «tashrif buyuruvchi» tushunchasini ishlatganda ikki guruh oqimni ajratishni tavsiya etgan. Bu oqimlar:
-
sayyoh, ya’ni 24 soat muddatdan kam bo’lmagan muddatda dam olish, davolanish, o’quv yoki diniy faoliyat, ishbilarmonlik uchrashuvi yoki sport musobaqalarida ishtirok etish hamda qarindoshlar bilan uchrashish maqsadida yashash joyini tark etgan kishi;
-
ekskursant, tashrif buyurgan mamlakatida 24 soatdan kam bo’lmagan muddatda bo’lib turgan vaqtinchalik tashrif buyuruvchi. Bu dunyo bo’ylab sayohatga chiqqan kema yo’lovchisi portga kelgandan so’ng ekskursiya qiluvchi kishidir. Bu toifaga havo yo’lovchilarini kiritmaydilar, huquqiy jihatdan bu yo’lovchilar chegarani kesib o’tmaydi.
Bu holatni P.G.Oldak umumlashtirib quyidagicha ta’riflaydi: «turizm deganda hozirgi zamon tushunchasi bo’yicha yashash va ishlash joyini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lmagan aholining barcha harakati turlari tushuniladi…»2.
Turizm — alohida iqtisodiy tarmoq, rivojlanishi iqtisodiy qonunlariga ega bo’lgan xizmat ko’rsatuvchi tarmoq bo’lib, o’ziga ko’p tashkilotlarni biriktirgan faoliyat ko’rsatuvchi sohadir3. 1989 yildagi turizm bo’yicha Gaaga deklaratsiyasida turizm tushunchasi: «bu doimiy yashash va ish joyidan kishilarning har qanday erkin ko’chib yurishi, shuningdek, ushbu ko’chib yurishlar oqibatida vujudga keladigan ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat ko’rsatish sohasini yaratishdir» deb talqin etiladi.
Turizmga doir Amerika darsliklarida «turizm — xalqlarning hayotida katta ahamiyatga ega bo’lgan faoliyat; mamlakatlarga valyuta tushumi manbai; xizmat ko’rsatish sohasidagi uchinchi industriya» tarzida ta’rif beriladi. Professor Karolin Kuperning fikriga ko’ra, «turizm — xalqaro miqyosda samarali raqobat kurashi olib borish uchun zarur bo’lgan, valyuta oqimini vujudga keltirishda qo’llanishi mumkin bo’lgan qudratli iqtisodiy quroldir». Amerika professori Jon Voker «turizm - bu fan, san’at va biznes, xursandchilik uchun sayohat qilayotgan va ish yuzasidan kelgan kishilarni jalb qilish, joylashtirish va ko’nglini ochishdir» deb ta’rif beradi. BMT Statistika Komissiyasi «turizm — sayohat qiladigan va dam olish uchun, ish va boshqa maqsadlar bilan bir yo’la bir yildan oshmaydigan davr mobaynida odatdagi muhitdan tashqarida bo’lgan joylarga kelishni amalga oshiradigan shaxslarning faoliyatini qamrab oladi» deb hisoblaydi4. ekspertlarning fikricha, ushbu keng kontseptsiyadan foydalanish turizmni mamlakatlar o’rtasida, shuningdek bir mamlakat doirasida ajratish imkonini beradi. «Turizm» tashrif buyuruvchilar faoliyatining barcha turlariga, jumladan yotib qoluvchi keluvchilarga va bir kunga keluvchilarga ham tegishli bo’ladi. Iqtisodiy adabiyotlarda turizmga turli yondashuvlar mavjud bo’lib, uning mohiyati turlicha talqin etiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Sayyohlik va turizm statistikasi bo’yicha Xalqaro konferentsiyasining 1992 yilda Butunjahon Turistik Tashkiloti tasdiqlagan hujjatlarida «Turizm bu — sayohatlar va sayohatchining odatdagi muhit doirasidan tashqarida bo’lgan joylarga uzog’i bilan 12 oy muddatga o’sha erda haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanishidan tashqari har qanday maqsadda kelishidir»5, deb ta’rif beriladi. «Rossiya Federatsiyasida turizm faoliyatining asoslari to’g’risida»gi qonuniga (1999 y) muvofiq «turizm — bu... fuqarolarning istiqomat joyidan, sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy, sport, diniy va boshqa maqsadlarda vaqtinchalik borilgan mamlakatda (joyda) haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmagan holda vaqtinchalik jo’nab ketishi (sayohat qilishlari)dir»6.
O’zbekiston Respublikasining «Turizm to’g’risida»gi Qonunida, «turizm jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog’lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to’lanadigan faoliyat bilan shug’ullanmagan holda bir yildan oshmagan muddatga jo’nab ketishi (sayohat qilishi) dir» deb ta’kidlanadi.
Turizmning ilk maqsadi tabiatni o’rganishdan boshlangan bo’lib, unga frantsuz olimi, tadqiqotchisi Pifiy asos soldi (kelib chiqishi Massallik -hozirgi Marsel). U eramizdan avalgi 320 yilda sayohatni ta’lim manbai sifatida ilk bor isbotladi, o’zi tajriba o’tkazdi va sayohat qilib ko’p bilimlarga erishdi. Turizmning inson bilim darajasini oshirishdagi ilmiy o’rnini asosladi.
Savdogarlarning karvon tuzib boshqa davlatlarga sayohat qilishi ham turizmga mansub bo’lib, ularning maqsadi savdo-sotiq hisoblangan. Arab olimi Ibn Xaldunning (1200—1300 yillar) fikricha, sayohat va turizm - davlat miqyosida tovar savdosini rivojlantirish manbai bo’lib, karvonsaroylar qurish, savdogarlar orqali davlatga qo’shimcha daromad keltirish demakdir. Amerika iqtisodchisi P. Rotou birinchilardan bo’lib turizmga iqtisodiy voqelik sifatida e’tibor berdi, u turizmni mamlakatlar rivojlanishining iqtisodiy bosqichlari va ularda turizm rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari o’rtasidagi korrelyatsiyani aniqladi.
Hozirgi vaqtda turizmning iqtisodiyotga ta’sir qilish modeli nazariy kontseptsiyalarga va gipoteza (taxmin)larga emas, balki statistik ma’lumotlarga asoslanadi. P. Rotou amalda turizm iqtisodi tarafdorlarining barchasi tomonidan e’tirof qilinadi. Haqiqatan jahon turizmi va iqtisodiyotining tub o’zgarishlariga qaramasdan, 1959 yildan boshlab P. Rotou gipotezasi yangi statistik ma’lumotlar va hozirgi zamon tamoyillari bilan tasdiqlanishi davom etmoqda.
Bugungi kunda xalqaro turizmning asosiy markazlari iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda joylashgan, bu erda turizm «o’rta sinf» ravnaqining belgilaridan biri va ommaviy iste’mol mahsuloti bo’lib qoldi. P. Rotou bashorat qilganidek, rivojlanayotgan mamlakatlarda xizmat ko’rsatish sohasida daromadni ko’paytirish vositasi, mahalliy aholi bandligining va infratuzilma rivojlanishining vositasi sifatida ichki turizm tez rivojlanmoqda. CHet el turizmi xorijiy investitsiyalar bo’lgan taqdirda rivojlanmoqda.
Olimlarning turizm to’g’risidagi fikrlarini asosan quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin - turizm bu: dunyoni bilish mexanizmi, savdo-sotiq qilish usuli, foyda olish manbai, madaniyatni oshirish yo’li, bilim olish usuli, valyuta ishlash manbai. Turkiya Turizm universitetining professori Orxan Kalkan (1960 y) turizmni inson sog’lig’ini yaxshilash va umrini cho’zish manbai ekanligini e’tirof etgan. Bu nazariya ko’p yillar o’zini oqladi va ko’plab davlatlar o’z mehmonxona industriyalarini rivojlantirishdi. Bu borada ko’pgina yevropa olimlari ham fikr bildirishgan - Maykl Maknalti, SHen Braun, Genri Urbanskiy, Bryus Silner, Robert Doun, Karolin Kuper va Amerika professori Jon Vokerlar.
Turizm to’g’risida iqtisodchi olimlar turlicha ilmiy va nazariy fikrlari bildirishgan.
Arab olimi Ibn Xaldunning (1200—1300 yillar) fikricha, sayohat va turizm - davlat miqyosida tovar savdosini rivojlantirish manbai, karvonsaroylar qurish savdogarlar orqali davlatga qo’shimcha daromadlarni ko’zlash demakdir7.
A. Smitning (1776 y) mutlaq ustunlik nazariyasi - ayrim mamlakatlarning tabiiy resurslari va iqlimiga bog’liq bo’lgan tabiiy ustunligi tufayli turizm bu davlatlarda yuqori sur’atlar bilan rivojlanadi.
Tomas Kuk — turizm daromad manbai ekanligini amaliyotda ilk bor isbotladi. Kuk 1860 yilda Londonda o’zining birinchi turistik korxonasini ochdi va bu korxona Thomas Cook Trawel nomini oldi. Kukning firmasi 20 yil ichida faoliyatini kengaytirib SHimoliy Amerikaga ham sayohat uyushtirdi.
Amerika iqtisodchisi P. Rotou (1950 y) birinchilardan bo’lib, turizmga iqtisodiy voqelik sifatida e’tibor berib, turizm daromadining jamiyat boyligi o’rtasidagi korrelyatsiyani (iqtisodiy bog’lanishni) aniqladi.
Turkiya turizm universitetining professori Orxan Kalkan (1960-y.) turizmni inson sog’lig’ini yaxshilash va umrini cho’zish manbayi ekanligini e’tirof etgan.
Amerika professori Jon Voker va professor Karolin Kuper fikriga ko’ra, turizm - xalqaro darajada valyuta oqimini vujudga keltirishda qo’llanishi mumkin bo’lgan qudratli iqtisodiy quroldir, deya hisoblashgan.
Xeksher-Olin nazariyasi ko’p kapitalga ega bo’lgan mamlakatlar ko’p kapital talab qiladigan tovarlarni eksport qilishi va ko’p mehnat talab qiladigan tovarlarni va turizm xizmatlarini import qilishini isbotlagan.
Hozirgi vaqtda turizmni valyuta boyligi sifatida talqin qilayotgan olimlar monetaristlar guruhi bo’lib, ularning fikricha, turizm albatta, xalqaro biznes bo’lib, iqtisodiy natijasi boshqa davlatdan valyuta olib kelganligi bilan o’lchanishi lozim.
Turizmning rivojlanishini o’rganishda empirik tadqiqotlar bilan qo’llab-quvvatlanadigan tahlilning nazariy usuliga tayanish lozim. Xalqaro savdo va xalqaro moliya nazariyalari juda samarali bo’lib, ular birgalikda jahon xo’jaligi aloqalarining iqtisodiy nazariyasini tashkil etadi.
Iqtisodiy nazariyada turistik almashinuvda mamlakat mavqeini, turistik xizmatlarning xalqaro taqsimotini va rivojlanish yo’nalishlarini tushuntirib beruvchi nazariyalar mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
- mutlaq ustunlik nazariyasi;
- qiyosiy ustunlik nazariyasi;
- omillar nisbati nazariyasi;
- mahsulotning hayotiylik tsikli nazariyasi;
- mamlakatlarning o’xshashlik nazariyasi.
A. Smitning (1776 y) mutlaq ustunlik nazariyasi — ayrim mamlakatlarning tabiiy resurslari va iqlimiga bog’liq bo’lgan tabiiy ustunligi tufayli turizmning bu davlatlarda yuqori sur’atlar bilan rivojlanish imkoniyati yaratiladi, shuningdek, texnologiyaning rivojlanishi va mehnat resurslarining malakaviy ustunligi asosida vujudga kelgan eksportning monopollashuvi bilan mos keladi. 1776 yili A.Smit «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risidagi tadqiqot» kitobida mamlakatning boyligi unda mavjud bo’lgan tovarlar va xizmatlariga asoslanadi, deya ta’kidlagan. U shuningdek, agar mamlakatlar o’rtasidagi savdo cheklanmasa, u holda har bir mamlakat o’zi mutlaq ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqarishga ixtisoslasha boshlashini isbot qilib beradi. Bunga Italiyada - keramika mahsulotlari, Frantsiyada - vino, Germaniyada - kimyo sanoati, YAponiyada - elektronika, axborot texnologiyalari, AQSHda - avtomobilsozlik va hokazo sohalardagi eksport yutuqlarini misol qilib keltirish mumkin.
Mutlaq ustunlik nazariyasi xalqaro turizmda ham muhim rol o’ynaydi. Haqiqatan ayrim mamlakatlar, nodir turistik resurslarga, kam uchraydigan tabiiy joylarga ega. Masalan, AQSHda - Niagara sharsharasi, Nepalda -Jomolungma, Misr ehromlari, Hindiston Toj Mahali, Gretsiyada Akropol, Italiyada Kolizey, O’zbekistonda Samarqand, Buxoro, Urganch. Noyob tabiat yodgorliklari va inson tomonidan yaratilgan San’at asarlari u yoki bu mamlakatning monopol holatini belgilaydi hamda chet el turistlarida ularga kelish uchun qiziqish uyg’otadi.
Professor Karolin Kuperning fikriga ko’ra, «turizm - xalqaro darajada samarali raqobat kurashi olib borish uchun zarur bo’lgan valyuta oqimini yaratishni vujudga keltirishda qo’llanishi mumkin bo’lgan qudratli iqtisodiy quroldir»; Amerika professori Jon Voker «turizm - bu fan, san’at va biznes, xursandchilik uchun sayohat qilayotgan va ish yuzasidan kelgan kishilarni jalb qilish, joylashtirish va ko’ngilni ochishdir», deb ta’rif beradi.
Turizm tushunchasiga ta’rif berish uchun avval uning jarayon sifatida belgilarini ajratib olish kerak.
1. Joy o’zgartirilishi. Bu erda mulohaza oddiy muhitdan tashqarida bo’lgan joyga yo’l safari haqida bormoqda (uydan ish joyigacha
bo’lgan yo’l safari bundan istisno).
2. Boshqa bir joyga kelib joylashish. Bu erda asosiy joylashish o’rni doimiy yoki uzoq muddatga (joylashish 12 oydan oshmasligi kerak)
mo’ljallanmasligidan iborat.
3. Tashrif joyidagi manbadan mehnat to’lovi. Safarning asosiy maqsadi, tashrif joyidagi manbadan to’lanadigan mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iborat emas (bunday shaxslar sayyohlar emas, balki migrantlar hisoblanadi).
Demak, turizm bu munosabatlar, aloqalar va voqea-hodisalar bilan birgalikda odamlarning yo’l safari, ularning doimiy yoki uzoq muddatga mo’ljallanmagan joylashuvi va ularning mehnat faoliyatiga bog’liq bo’lmagan majmuadan iborat. «Turizm» so’zi «Grand Tur» (Katta sayohat) iborasidan kelib chiqqan bo’lib, boshqa madaniyatlar bilan tanishuvga mo’ljallangan safar tushuniladi.
Turizm, shu jumladan, turkorxonalar va birinchi navbatda turizm tashkilotchilari hamda vositachilari faoliyatidan iborat. SHunday qilib, turizm bu iqtisodning boshqarilishi kerak bo’lgan va o’z ichiga turizm tashkilotchilari va vositachilarining faoliyatini qamrab oluvchi tarmoqdir.
Sayohat va turizm (travel and tourism) — bir-biri bilan bog’liq tushuncha bo’lib, ular inson hayot faoliyatining ma’lum bir tarzini ifodalaydi. Bu dam olish, faol yoki passiv ko’ngilocharlik, sport, atrof-muhitni anglash, savdo, fan, davolanish va boshqa ko’plab narsani qamrab oladi. Biroq, bunda har safar sayohatni boshqa faoliyat turlaridan ajratib turuvchi o’ziga xos harakat — insonning vaqtinchalik boshqa joyga, mamlakatga, qit’aga borishi, uning doimiy yashash joyidan uzoqlashishi nazarda tutiladi.
Sayohat — umumiy tushuncha ma’nosiga ega atama bo’lib, odamlarning maqsadlaridan qat’i nazar, zamon va makonda ko’chib yurishini anglatadi. Sayohatlar ayrim shaxslar tomonidan alohida, yagona maqsad va qiziqishga ega bo’lgan shaxslar tomonidan ekspeditsiyalar, jumladan, harbiy ekspeditsiyalar tuzgan holda amalga oshirilib, ular tarkibida yuzlab va hatto minglab mutaxassislar, diplomatlar, migrantlar va ko’chib keluvchilar bo’lishi mumkin. Dengiz, havo va boshqa transport vositalari ekipajlari yillab o’z uylarida bo’lmaydilar. SHu tariqa, sayohat turmush tarzi, ish, dam olish bo’lishi mumkin.
Turizm — sayohatlarning bir turi bo’lsada, biroq o’ziga xos jihatlarga, ma’lum bir tavsifga ega bo’lib, unda ishtirok etuvchi shaxs turist deb nomlanadi. Sayohatlardan farqli ravishda, turizm iqtisodiyot va siyosatning kuchli ta’siriga uchraydigan toifa bo’lib, buning ustiga ichki tabiiy hodisa dualizmiga ega8.
Turizm:
-
turistlar tomonidan amalga oshiriluvchi, aniq belgilangan turistik maqsadlarga ega ommaviy sayohatlar turi, ya’ni turistning faoliyati;
-
sayohatlarni uyushtirish va amalga oshirish bo’yicha turistik faoliyat. Bunday faoliyat turli xil turistik sanoat korxonalari va ular bilan bog’liq tarmoqlar tomonidan amalga oshiriladi. Turizm tushunchasiga ta’rif berishdan aval turizmning jarayon sifatida belgilarini ajratib olish zarur.
Joy o’zgartirilishi: oddiy muhitdan tashqarida bo’lgan joyga yo’l safari (uydan ish joyigacha bo’lgan yo’l safari bundan istisno).
Boshqa bir joyga kelib joylashish. Bu yerda asosiy shart: joylashish joyi doimiy, uzoq muddatga mo’ljallangan bo’lmasligi (joylashish 12 oydan oshmasligi kerak.)
Tashrif joyidagi manbadan mehnat to’lovi, safarning asosiy maqsadi tashrif joyidagi manbadan to’lanadigan mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iborat emas (bunday shaxslar sayyohlar emas, migrantlar deb hisoblanadi).
Turistik korxonalar biror muddat mobaynida sayohat qilish va joylashish ehtiyojlarini qondiradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradigan iqtisodiy korxonadir. Turli xil ehtiyojlardan iborat bo’lgan turizm talabini qondiradigan korxonalarning soni va bir-birlaridan farqliligiga ko’ra ularni tasniflash zaruriyati tug’iladi. Ular quyidagicha tasniflanadi:
Foydani ko’zlovchi, ya’ni foyda olish maqsadi bo’lgan turistik korxonalar va foyda olish maqsadi bo’lmagan turistik korxonalar. Turizmga to’g’ridan to’g’ri xizmat ko’rsatgan, ya’ni bevosita va bilvosita xizmat qilgan korxonalar. Faoliyat turiga ko’ra, ya’ni tovar va xizmatlar ishlab chiqaradigan va ularni sotish bilan shug’ullanadigan turistik korxonalar. Milliy va xalqaro turistik korxonalar, xususiy, davlat va aralash mulk turlariga ko’ra farqlanuvchi, turistlarning asosiy ehtiyojlarini va qo’shimcha ehtiyojlarini qondiradigan turistik korxonalar kabi turlarga ajratiladi.
Vaqtinchalik doimiy yashash joyidan tashqarida joylashish va ovqatlanish va boshqa xizmat ko’rsatuvchi korxonalar xizmatlaridan foydalanuvchi turistlar mamlakat iqtisodiyoti rivojiga hissa qo’shadi.
Turizm fuqarolarga turistik xizmat ko’rsatish haqidagi amaliy fanlar tizimidir. Bu fanlar turizmning ikki bo’g’inini — tarmoq va turistik xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ektlarni (turistik korxona) o’z ichiga oladi9.
Butunjahon Turizm Tashkilotining ta’riflashicha, turizm — bo’sh vaqtda sayohat qilish, faol dam olish turlaridan biri bo’lib, ma’lum bir xatti-harakatlarni amalga oshirishni talab qiladi.
SHuni ham aytib o’tish kerakki, dam olishga boshqa turdagi ko’ngil ochishlar va sog’likni tiklash ham mansub bo’lib, ular asosan statsionar komplekslarda (rekreatsion hududlar, diskoteka, kazino, konsert zallari va hokazolar) amalga oshiriladi hamda maqsadlari ko’ngil yozish, o’qitish va shop-xizmatlar bo’lgan tur elementlaridan biri vazifasini bajaradi.
Turist — biron-bir mamlakatga (joyga) salomatligini tiklash, tanishish, kasb va ishbilarmonlik, sport, diniy va boshqa maqsadlarda pul to’lanuvchi faoliyat bilan mashg’ul bo’lmasdan, 25 soatdan 6 oygacha kamida bir kecha tunagan holda tashrif buyuruvchi fuqarodir.
YUqoridagi ta’riflardan ko’rinib turibdiki, bitta atama turlicha talqin qilinadi hamda mintaqalarda turizm sanoatining ahvolini baholash va tahlil qilishni qiyinlashtiradi.
Ma’lum belgilar bo’yicha turistlar boshqa sayohat qiluvchilardan farqlanadi. Turist doimiy yashash maskanlaridan tashqari chiquvchi sayyoh, bunda turistlar toifasidan har kuni qatnovchi shaxslarni chiqarib tashlash lozim. Joylarda bo’lish muddati ekskursiyachi — turistlarni rezident va muhojirlardan farqlash imkonini beradi.
So’nggi yillarda maxsus adabiyotlarda qo’llanayotgan «turistik» sifati bilan qo’llanuvchi tushunchalarni aniqlash (izohlash)dan oldin ulardan foydalanish qoidalarini aniqlash zarur.
Turist turistik mahsulot, turistik xizmat va turning iste’molchisidir. U biror joy, aholi punkti, hudud yoki mamlakatda uning fuqaroligi, millati, jinsi, tili, dinidan qat’i nazar 24 soatdan kam bo’lmagan va 6 oydan ko’p bo’lmagan muddatda turuvchi, vaqtinchalik turuvchi yoki o’z mamlakatidan tashqarida jamoaviy yoki individual tarzda kamida bir marta tunashni amalga oshiruvchi joylashish, hordiq chiqarish uchun sayohat qilish, davolanish, maqsadli faoliyatni amalga oshiruvchi bo’lib, borgan joyida haq to’lanadigan biror yumush bilan shug’ullanmasligi kerak10.
Turist bo’lmasa turizm ham bo’lmaydi. Ko’plab jamoat tashkilotlari iste’molchilar huquqiy himoyasi masalasi bilan shug’ullanadi. Iste’molchi dam olish sharoitlariga talabdan kelib chiqib munosabatda bo’ladi va haqi to’langan xizmat bajarilmaganida yoki bu xizmat sifatining va’da berilgani bilan mos tushmasa shikoyat qilish huquqiga ega. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, eng talabchan guruh nemis turistlari hisoblanadi. Germaniyada har yili turistik firmalarga kompensatsiya talab qilib 500 dan ziyod shikoyatlar tushadi. Mamlakatda shu kabi masalalarni hal etish bilan shug’ullanuvchi maxsus vositachilar mavjud.
Turli mamlakat turistlari xarakterlari va turistik mahsulotni iste’mol qilishdan maqsadlari ko’p darajada umumiy bo’lishiga qaramasdan, muhim farqlarga ham ega. Bunday farqlarning mohiyati ular uchun hayot tarzi va dam olish odati, turistik resurslar bilan tanishligi va axborotning chuqurligi, tarixni bilishi, reallikni ob’ektiv qabul qilish qobiliyati va ushbu turistik markazda mavjud bo’lgan turistik resurslar, imkoniyatlardan foydalanishiga bog’liq.
Turistlarni, ayniqsa, xorij turistlarini qabul qilish, turistik resurslardan samarali foydalanish uchun ularning hayot tarzini, milliy xarakteri xususiyatlarini, tayyorgarlik darajasi va turistik qiziqish ob’ektini qabul qilish imkoniyatini batafsil o’rganish zarur.
Bu barcha ko’rsatkichlar va xarakteristikalar turistik mahsulot, xizmat hajmi va darajasi, ekskursiya matnlari kabilarni loyihalashda hisobga olinadi. Hozirgi kunda eng ko’p tarqalgan tadqiqot shakli — turistik markazlar va hududlarga turistlar kelishi va ketishining rasmiy statistik to’plami, turistik oqimlarni, harakat qilish usuli, turistlar ehtiyojlari va ularning to’lovga qobilligi, xususan, turistlarni qabul qilish, turistik faoliyatning boshqa tahlillari, asosan ushbu hudud uchun turizm daromadliligi bo’yicha maxsus tadqiqotlardir.
Turist moddiy va ma’naviy turistik mahsulotlarning iste’molchisidir. Moddiy turistik mahsulotlar — turistlarni joylashtirish, olib yurish, ovqatlantirish, maishiy xizmatlar ko’rsatish shoxobchalari, tarixiy va madaniy yodgorliklar va ularda ko’rsatiladigan barcha moddiy xizmatlar majmuidir11. Ma’naviy turistik mahsulotlar esa — tarixiy turizmda turistlarni tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan tanishtirish maqsadida gid-ekskursovodlar tomonidan ularga berilgan tarixiy ma’lumotlar va axborotlar, madaniy turizmda turistlarga festivallar, karnavallar, tomoshalar, konsertlar, teatrlar, dorbozlar, tsirklarda berilgan madaniy ozuqa, ruhiy kechinmalar. Moddiy turistik mahsulotlardagi joylashtirish tizimining o’zida turistlar bevosita bir qator turistik xizmatlarning iste’molchisidirlar. Olib yurish va ovqatlantirish tizimida ham turistlarga qator xizmatlar majmui ko’rsatiladi.
Mazkur moddiy va ma’naviy turistik mahsulotlardan turistlar qoniqish hosil qilmasa, ushbu turistik iste’mollar yaroqsiz va qisman yaroqsiz hisoblanadi. O’z navbatida turistlar qonun talablari bilan haq-huquqlarini qondirish yuzasidan turagentlarga murojaat qilishlari mumkin. SHartnomada turistlar tomonidan ko’rsatilgan barcha shartlar to’liq bajarilishi lozim. CHunki turistlar mazkur turmahsulotlar uchun oldindan
o’z mablag’laridan pul to’lab qo’yishgan. Demak, ular do’konlardan mahsulot sotib olgan kishilar kabi iste’molchidirlar. Hudud yoki mamlakatga bir kelishda 6 oydan ko’p muddatga keluvchi shaxs turist hisoblanmaydi va turizm statistikasida hisobga olinmaydi.
Sayohatchilik birinchi navbatda kasb bo’lib, odamlarning kasbi yoki kun ko’rish manbai sayohatda ishtirok etuvchilarning turmush tarziga aylanishi mumkin. Bu esa faoliyatning maqsadi bo’lib, turizm maqsadlaridan farq qiladi. Bugungi kunda bo’sh vaqt va etarli mablag’ga ega bo’lgan deyarli har bir shaxs jahon bo’ylab turli transport vositalarida sayr qilishi, dunyoning inson oyog’i etmagan nuqtalariga tashrif buyurishi mumkin. Sarguzashtli turizmga ixtisoslashgan turistik firmalar Janubiy Amerika, Afrika va Osiyo bo’ylab maxsus tayyorlangan avtomobillarda uzoq muddatli 30 haftagacha davom etadigan qit’alararo sayohatlarni taklif qilmoqda. Buyuk yangi er ochuvchilarning yo’nalishlarini takrorlovchi, narxi 50 ming AQSH dollariga teng bo’lgan 190 kunlik dengiz sayohatlari ham taklif etilmoqda.
Turizmning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turistni dengizchi, fazogir, biznesmen, tabiatshunos va hokazo deb atash mumkin. Turizmni uyushtirish va amalga oshirish bo’yicha ma’lum bir sharoitlarda u turistik sanoat korxonalari va turistik tashkilotlar tomonidan taqdim etiluvchi turistik xizmatlardan foydalanishni ko’zda tutishi mumkin. Statistika maqsadlarida sayohat qiluvchi shaxs vizitor ya’ni tashrif buyuruvchi deb ataladi. Iqtisodiy omillarni hisobga olish nuqtai nazaridan tashrif buyuruvchilar tunovchi, ya’ni vaqtinchalik boruvchi joylarda hech bo’lmasa bir kecha yotib qoluvchilar va bir kunlik, ya’ni 24 soatgacha bo’luvchi turistlarga bo’linadi.
Maqsadi va amalga oshirishning tashkiliy shakliga ko’ra turizm sifatida ko’rib chiqilishi mumkin bo’lgan sayohatlarning yagona holatlarni qadimgi rimliklarda ham, ulardan avval ham kuzatish mumkin bo’lgan. O’rta asrlarda ziyoratchilar guruhlarini kuzatib borish bo’yicha tashkillashtirilgan faoliyatning boshlanishi ko’zga tashlanadi. Bu jarayonlar mohiyatan turizmga, turizm asoslariga borib taqaladi.
Hozirgi tushunchalarda qabul qilingan turizm XIX asrda shakllangan bo’lsada, faqat XX asrga kelib u jadal sur’atlarda rivojlandi hamda texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat munosabatlarining yuksalishi natijasida u «XX asr fenomeni» nomini oldi. Bugungi kunda turizm juda kuchli, jahon miqyosidagi sanoat bo’lib, uning jahon yalpi mahsulotidagi ulushi 10 foizni tashkil etadi hamda bu sohaga juda ko’p sonli xodimlar, asosiy vositalar va yirik kapital mablag’lar jalb qilingan. Turizm bu yirik biznes, katta pullar va global miqyosdagi jiddiy siyosatdir.
Jamiyatning rivojlanishi bilan sayyoramizning tobora ko’plab aholisi turizm sohasiga jalb qilinmoqda.
Dunyoning ajoyib, jozibador turistik resurslarga ega bo’lgan hududlari hali yaxshi o’zlashtirilmaganligi va keng turistlar ommasi uchun ochiq emasligi shubhasiz, albatta. Bunda tabiiy iqlim sharoitlari va siyosiy-iqtisodiy omillar, mintaqadagi tinchlik, turizm sanoatining rivojlanishi kabilar muhim rol o’ynaydi.
Turizm infratuzilmasi va sanoati turizmga qo’shni tarmoqlarni o’ziga yanada ko’proq tortib, ko’plab kishilarni ish bilan ta’minlamoqda. Hozirda er yuzidagi aholining 1/5 qismi turizm sohasida ish yuritadi. Bu juda muhim, chunki turizm sohasiga ko’proq ishchilar jalb qilinmoqda, natijada ko’p sonli ish o’rinlari paydo bo’lmoqda. Bu jarayon jamiyatga foydali bo’lgan hollar ichida birinchi o’rinda turadi. Turizmda band bo’lgan ishchilarning kategoriyasini aniqlash maqsadida talaygina usullar qo’llanmoqda. Yirik turistik markazlarda har o’nta turist ikki kishini doimiy ish joyi bilan ta’minlaydi.
Turizmdan tushadigan foydani tahlil etish qiziq taqqoslarga olib keladi. Rossiyaliklarga qaraganda AQSH aholisining har biriga ikki barobar ko’p turist to’g’ri kelsa, bu tarmoqdan tushadigan foyda esa besh barobar ko’pdir.
2.2. Turizmning rivojlanish tarixi
Ayrim xalqlar uchun sayohat bu asrlar davomida yashash joyining tabiiy iqlim sharoitlari ta’sirida shakllangan turmush tarzidir. Bunday xalqlarga misol qilib ko’chmanchilar — belujlar, badaviylar, lo’lilar, shuningdek, qochoqlar va majburiy ko’chuvchilarni ko’rsatish mumkin. Ko’chmanchilar poda-poda mollar bilan turli xil yaylovlar bo’ylab ko’chib yuradilar va mamlakatlar chegaralarini pisand qilmaydilar. Masalan, belujlar muntazam ravishda Pokistondan Afg’onistonga o’tib yuradilar. Ko’plab kishilar ish qidirib sayohat qiladilar. Mavsumiy qishloq xo’jaligi tufayli ishchilar har yili bir joydan boshqa joyga ko’chib boradilar, AQSHning shimoliy qismiga Meksikadan ko’plab odamlar daladan hosil yig’ishga boradilar.
Ko’p asrlik tarix guvohki, insonga savdoni rivojlantirish, yangi erlarni ochish va o’zlashtirish, resurslar va yangi transport yo’llarini izlab topish maqsadida jahon bo’ylab sayohat qilish xos bo’lgan. TSivilizatsiyamizning rivojlanish davri unchalik katta bo’lmay, besh ming yilga yaqin hisoblanadi, biroq faqat yaqin o’tmishdagi sayohatlar haqidagi hikoya va tasvirlargina saqlanib qolingan. Tarixdan yangi qit’a va erlarni, xalqlar va tabiiy hodisalarni ochgan, o’ziga xos geografik tizimlarni asoslab bergan buyuk sayohatchilarning nomlari bizga ma’lum12.
Sayohatchilikning rivojlanishiga ziyoratchilar ham munosib hissa qo’shganlar. Turli din vakillari bo’lgan ziyoratchilar o’z dinlarini yoyish va muqaddas joylarga borib ziyorat qilish maqsadida uzoq va mashaqqatli sayohatlarni amalga oshirganlar. Salb yurishlari o’rta asrlarning mashhur hodisalari sifatida qayd etiladi. Hozirgi paytda ziyoratchilik diniy turizmning asosini tashkil qilib, o’z faoliyatida keng miqyosga ega hisoblanadi. Bunga misol tariqasida islom dini vakillarining muqaddas Makkai mukarrama shahriga hajga borishi yoki xristianlarning Quddus shahriga ziyorat qilishlarini keltirib o’tish kifoya.
Sayohatlarning katta qismi yangi savdo yo’llarini, yangi yer va mamlakatlarni ochish maqsadida amalga oshirilgan. Buyuk arab olimi va sayohatchi Ibn Battuta (Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh al-Lavati at-Tanji) (1304—1368) 21 yoshidan sayohat qilishni boshlagan va sharqning barcha mamlakatlarini (70 ming chaqirimdan ortiq) piyoda bosib o’tgan, SHimoliy Afrika mamlakatlari, Xitoy va Hindistonda bo’lgan. U o’zining mashhur «Rixle» deb nomlangan asarida ko’plab mamlakat va savdo yo’llarining geografik nomlarini, xalqlarning urf-odatlarini batafsil tasvirlab bergan. Italiyalik savdogar Marko Polo (1254-1324) 1271 —1295 yillarda Xitoyga safar uyushtirib, u erda 17 yil istiqomat qilgan va bu mamlakat haqidagi kamyob ma’lumotlarni to’plab, o’zining kitobida aks ettirgan.
Ko’plab sayohatlar yangi hududlarni egallab olish yoki bo’lib olish maqsadida harbiy yurishlar bilan amalga oshirilgan. Ko’p sonli qo’shin bilan yurish qilgan makedoniyalik Aleksandr (eramizdan avvalgi 356— 233 yillar) 32 ming chaqirim yo’lni bosib o’tib, o’z davri uchun ajoyib ko’rsatkichga ega bo’lgan. O’rta asrlarda salb yurishlari minglab chaqirim masofadan Muqaddas yer va Vizantiyaga etib kelgan yuz minglab dindorlarni birlashtirgan.
Buyuk sayohatchi va kashfiyotchi olimlarga misol qilib Fernan Magellan (1480-1521), Vasko da Gama (1469-1524), Xristofor Kolumbni (1451 — 1506) ko’rsatish mumkin bo’lib, ulardan oxirgisi 1492—1493 yillarda uchta karavellada Atlantika okeanini bosib o’tgan va Amerika qit’asini ochgan.
Turizm insonning tabiatni o’rganish maqsadida qilgan sayohatidan boshlangan bo’lib, bu jarayon industriyaga aylandi va ko’pchilik davlatlarning asosiy daromadi bo’lib qoldi.
Kuk 1846 yili qo’shni davlat bo’lgan SHotlandiyaga poezd va paroxodda sayohatlar uyushtirdi. endi bunday sayohat Dasturlarini ishlab chiqib, pul topish Tomas Kuk va uning o’g’li uchun biznes faoliyati bo’lib qoldi. Kuk 1860 yilda Londonda o’zining birinchi turistik korxonasini ochdi va bu korxona Thomas Sook travel nomini oldi. Hozirgi kunda ham bu turfirma o’z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Kukning firmasi 20 yil ichida faoliyatini kengaytirib, SHimoliy Amerikaga ham sayohat uyushtirishni boshlab ancha tajribalar orttirdi. Kuk SHimoliy Amerikaga olib borgan turistlar guruhini Nyu York, Vashington, Richmond, Mammouth Cave, Cincinati, Niagara sharsharasi va Monreal bo’ylab sayohat qildirdi. Kuk tomonidan dunyoning barcha hududlariga sayohat marshrutlarini uyushtirishi natijasida bir shior paydo bo’ldi13. Bu shior quyidagicha: «Sayohat qilmoqchi bo’lsangiz, Kukka murojaat qiling».
Jahon bo’ylab sayohatlar 75 ming mill va undan ko’proqni tashkil qilgan. Ularda ilmiy yo’nalishlar va bilimlar tizimiga asos solgan qimmatli ilmiy ma’lumotlar olingan. Qit’alarning geografik chegaralarini aniq ko’rsatuvchi qadim dunyo xaritalari saqlanib qolgan bo’lib, ularni yaratish usullari o’z izohini topmagan. Bizga ekstremal sharoitlarda eng baland tog’ cho’qqilarini, cho’l va g’orlarni, SHimoliy va Janubiy qutbni zabt etish uchun safar uyushtiruvchi sayohatchilar, suv osti dunyosi tadqiqotchilarining nomlari ham ma’lum. Mamlakatimizda YUriy Senkevich, Artur CHilingarov, Dmitriy SHparo va boshqalarning nomi tanish.
Qadimgi Rim tarixi va urf-odatlariga murojaat qiladigan bo’lsak, badavlat aristokratlar imperatorning ruxsati bilan dam olish maqsadida boshqa mamlakatlarga, masalan, Misrga sayohat qilganini bilib olishimiz mumkin.
YAngi erlarning ochilishi uzoq o’tmishda dengiz orqali mashaqqatli sayohatlar uyushtirishni talab qilgan. Hozirgi kunda barchaga ma’lumki, Amerika Kolumbdan ancha avval kashf etilgan, Grenlandiyada esa (uning nomi «yashil er» deb nomlanib, hozirgi kunda qalin muzlik bilan qoplangan) yevropadan kelib chiqqanlar istiqomat qilgan. Agar ushbu ulkan orolning muzlash tarixiga e’tibor qaratsak, birinchi ko’chib kelganlarning eramizdan avvalgi 700—600 yillarda kelganligi ma’lum bo’ladi. Janubiy Amerikadan Polineziyaga ommaviy ravishda sollarda bir necha oyda suzib o’tishga aql bovar qilmasada, buni amalga oshirish mumkinligini Tur Xeyerdal Tinch okeanini oddiy bir solda kechib o’tgan holda isbotlab bergan14.
Tomas Kuk turizm faoliyatlariga quyidagi yangiliklarni olib keldi:
- transport, mehmonxona va boshqa xarajatlarni o’z ichiga olgan
holda ommaviy sayohat qilish;
- kreditga sayohat qilish;
- yoshlar uchun ma’rifiy sayohatlar;
- ishchilar uchun maxsus sayohatlar uyushtirish;
- dengiz orti mamlakatlariga sayohatlar;
- valyuta almashtirish operatsiyalari.
Rossiya davlati ham mashhur sayohatchilarga boy. Hujjatlar bilan tasdiqlangan eng qadimgi sayohatchilardan biri Igumen Daniil 1065 yilda Afon va Muqaddas yerga ziyorat qilgani borgan va safar davomida ko’rgan xalqlar va erlar haqida batafsil yozib qoldirgan. 1471—1474 yillarda eron va Hindistonga sayohat qilgan Afanasiy Nikitin «Uch dengiz osha sayohat» nomli ajoyib asar bitgan.
Keyinroq, mashhur sayohatchilar N. N. Mikluxo-Maklay (1846-1888), N. M. Prejevalskiy (1839-1888), V.I. Bering (1681 — 1741) va boshqalar o’z nomlarini tarixda yozib qoldirganlar.
Sayohat industriyasining rivojlanishi bilan bir qatorda, rivojlangan turagentlar faoliyati ham Birinchi jahon urushi davrida to’xtadi. Birinchi jahon urushi (1914-18) - davlatlarning ikki koalitsiyasi: Markaziy davlatlar (Olmoniya, Avstriya-Mojariston, Turkiya, Bolgariya) va Antanta (Rossiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Serbiya, keyinchalik Yaponiya, Italiya, Ruminiya, AQSH va boshqa; jami 34 davlat) oʻrtasidagi urush. 1919 yildan boshlab harbiy samolyotlarning fuqaro aviatsiyasida ekspluatatsiya qilinishi natijasida birinchi marta London-Parij marshruti amalga oshirildi. Ikkinchi jahon urushi davrigacha sayohat agentliklari tomonidan tayyorlangan sayohatlar asosan temir yo’llari va dengiz yo’llari orqali amalga oshirilar edi.
| Ikkinchi jahon urushi (1939- 45) - Olmoniya, Italiya va Yaponiyaning aybi bilan boshlangan jahon tarixidagi eng yirik urush. 20-a. fojiasi sifatida insoniyat tarixiga kirdi. Bu urushning kelib chiqishida asosiy rolni fashistlar Olmoniyasi oʻynadi. |
Bu sayohatlarning aksariyati SHveytsariyaga va Janubiy Frantsiyaga qilinardi. Keyinchalik avtobus bilan sayohat qilish ommalashdi. Urushdan keyin turizmda yangi rivojlanish paydo bo’ldi. Birinchi marta «CHARTER» reyslari amalga oshirildi. 1955 yilda SHveytsariya va Ispaniyaga charter reyslari bilan maxsus turlar uyushtirildi. Natijada vositachi sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan turagentlar bilan bir qatorda, pekidj turini tayyorlagan, transport vositalari, mehmonxona nomerlarini ulgurji savdo yo’li bilan sotib oladigan turoperatorlar vujudga kela boshladi.
Turistik faoliyatning boshlang’ich turlari qadimdayoq paydo bo’lgan. Tarixda qadimgi rimliklar ilk sayohatchilar hisoblanadi. Ularning sayohatlari imperiya sarhadlaridan chetga chiqmagan bo’lsada, Rim imperiyasi hududi juda katta bo’lganligi sababli turizmning rivojlanishiga sababchi bo’lgan. O’rta asrda davlatning inqirozga uchrashi, mehmonxona va qovoqxonalarning kasodga uchrashi aholining qashshoqlashishiga olib keldi.
O’rta asrlarning oxiriga kelib savdoning rivojlanishi bilangina sayohatlar qayta tiklana boshladi. Uyg’onish davri turizmning rivojlanishiga yanada katta ta’sir ko’rsatdi. Bu paytga kelib iqtisodiyot jadal rivojlandi, yangi hunar turlari paydo bo’ldi hamda mamlakatlar o’rtasida savdo rivojlandi. Sayohatning asosiy motivlari savdo, ta’lim olish, ziyorat qilish va davolanish hisoblangan.
Qadimgi Gretsiyada sportga oid sayohatlar paydo bo’lgan, chunki Olimpiada o’yinlariga ishtirokchi va tomoshabinlar butun dunyodan kelar edi.
1815 yilda Angliyadan Frantsiyaga maxsus tashkil qilingan turlar mavjud bo’lgan. YOzuvchi va sayohatchi D. Galinyani keng omma uchun Parijdan Londonga uyushtiriluvchi bunday turlarning tashabbuskori bo’lgan. 1829 yilga kelib sayohatchilar uchun maxsus tayyorlangan dastlabki yo’lko’rsatkich K. Baedeker tomonidan tayyorlangan va nashr qilingan bo’lib, u hozirda ham ma’lumdir. Bu yo’lko’rsatkich hozirgi kunda ham chop etilib, yevropa bo’ylab sayohat qiluvchi turistlar o’rtasida keng tarqalgan.
Tomas Kuk — turizm asoschisi hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti ommaviy turizmning rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. 1830 yilda jahonda birinchi temir yo’l Manchester va Liverpul o’rtasida ishga tushib, u amalda sayohat uyushtirishning vaqt chegaralarini o’zgartirib yubordi. Ilgari haftalab davom etgan sayohatlarni endilikda muayyan haq to’lab amalga oshirish har bir kishining qo’lidan keladi. Temir yo’llar barcha mamlakatlarda misli ko’rilmagan sur’atlarda qurila boshladi. 1833 yilda Rossiyada CHerepanovning birinchi parovozi qurildi. 1842 yilga kelib Angliyada temir yo’l orqali yo’lovchi tashish ko’rsatkichi 23 million kishiga etdi. AQSHda 1850 yilga kelib 15 ming chaqirim masofali temir yullar qurib bitkazilgan15.
Bugungi kunda zamonaviy turizm asoschisi deya tan olingan pastor Tomas Kuk birinchilardan bo’lib sayohatchilarning ommaviy safar uyushtirishining mohiyati va foydaliligini anglab etdi hamda 1843 yilda o’z qavmi uchun dastlabki temir yo’l orqali turni tashkillashtirdi va muvaffaqiyatga erishdi. 1851 yilda u mamlakatning barcha burchagidan kelgan inglizlarning Parijdagi ko’rgazmada ishtirok etishini tashkillashtirdi. U ko’rgazmaga 165 ming kishini olib kelishga musharraf bo’ldi. Ko’rgazma turlari katta foyda keltirganligi sababli, Kuk angliyalik turistlarning 1865 yilda Parijga Butunjahon ko’rgazmasiga ommaviy ravishda tashrif buyurishi tashkilotchisi bo’ldi. 1856 yildan boshlab yevropa bo’ylab turlar odatiy holga aylandi, Kukning turistik agentligi va uning filiallari ochildi. Turistik kompaniyaning misli ko’rilmagan muvaffaqiyatga erishganligini Kuk turistlarga taklif etgan katalogdan 8 mingdan ortiq mehmonxonalarning o’rin olganligi ham tasdiqlaydi. 1870 yilda «Tomas Kuk» turistik firmasi mijozlari soni 500 ming kishiga etdi.
Evropa va Amerika qit’alari o’rtasida muntazam kema qatnovi 1832 yilda yo’lga qo’yilgan bo’lib, 1866 yilda Kuk AQSHga turistlarning dastlabki ikki guruhini jo’natadi. Turlar uzoq muddatli, besh oygacha davom etgan. Tomas Kukning xizmatlaridan foydalangan amerikalik taniqli turistlardan biri Mark Tven oltmish kishidan iborat guruh tarkibida ishtirok etgan va keyinchalik bu sayohatni qalamga olgan. Tomas Kuk 1872 yilda birinchi bo’lib sanoat asosida jahon bo’ylab sayohat uyushtirishni taklif qilgan. Dastlabki 20 sayohatchi butun jahonni 220 kun davomida sayohat qilganlar. Tomas Kuk 1892 yilda vafot etib, uning ishini o’g’illari va sheriklari davom ettirishgan. Kompaniya o’z faoliyatini kengaytirib, yirik moliyaviy institutga aylangan va sayohatchilar uchun yo’l cheklari chiqara boshlagan. Bu esa o’z mohiyatiga ko’ra asr ixtirosi — xavfsiz pullar edi. Bugungi kunda Tomas Kuk kompaniyasi butun dunyoda 12000 dan ortiq turistik agentliklarga ega bo’lib, yiliga 20 milliondan ortiq turistga xizmat ko’rsatadi.
Zamonaviy samolyotlar tezligi yer kurrasining bir nuqtasidan boshqa nuqtasiga yer aylanishi tezligidan tezroq etib borish imkonini berib, sayohatchilar mintaqalarga tashrif buyura oladilar. yevropadan SHarqqa qarab yo’l olib, xalqaro vaqt o’zgarishi chiziqlarini kesib o’tib, east bound travellers AQSHga borib tushish mumkin. Teskari yo’nalishda sayr qilishda vest bound travellers ro’y beradi. Har hafta uikendda ovozdan tez uchuvchi Konkord samolyotlarida butun dunyo bo’ylab 2—3 kunlik sayohatga chiquvchi badavlat turistlar klubi mavjud. Kosmik sayohatlarda vaqt samarasi yanada yaqqol ko’zga tashlanadi.
Sayohatlardan hayot faoliyatining alohida jozibador usuli sifatida yangi shakl - turizm ajralib chiqqan bo’lib, u o’ziga xos xususiyatlar va xislatlari bilan tavsiflanadi.
Turizmni sayohatlardan ajratib turuvchi asosiy jihati bu maqsadli va ommaviyligidir. Prosper Merime 1840 yilda «Kolombo» asarida qayd etganidek, «Sayyohlarning doimiy xursandchiligi o’rniga loqaydlik yuzaga kelib, hozirgi turistlarning ko’pchiligi o’ziga xos bo’lib ajralib turish uchun o’zlariga Nil Admirare (hech narsaga hayron bo’lmaslik) shiorini tanlab olganlar». Aytish kerakki, bu «sayohatchi» va «turist» tushunchalari o’rtasidagi birinchi farq bo’ldi16.
Boshqa odamlar orasidan alohida ajralib turish, birinchi bo’lish istagi sayohatchilar orasida yaqqol ajralib turadi. Inson faoliyatining boshqa sohalariga qaraganda bu erda o’zini ko’rsatish imkoniyati ko’proq. Kim eng yuqori chiqadi, kim uzoqroqqa boradi, kim ko’proq temir yo’l stantsiyalarida yoki chegara punktlarida bo’ladi rekordchi-sayohatchilarning fantaziyasi chegaralanmagan bo’lib, Ginnesning rekordlar kitobida bunday yutuqlarga alohida bo’lim ajratilgan.
Djessi Rosdayl ismli bir shaxs dunyoda eng ko’p mamlakatlarda bo’lish va o’z hujjatlariga barcha mamlakatlar chegara xizmatlari shtampini qo’ydirishni maqsad qilib olgan. Buning uchun u 2627766 km masofani bosib o’tgan va 215 ta mamlakat chegarasini kesib o’tib Ginnes diplomiga sazovor bo’lgan. Biroq buning uchun unga Illinoys (AQSH) maktabidagi o’qituvchilikni tashlashga to’g’ri kelgan. Missioner Alfred Uoldern (AQSH) olda sayohat qilishni maqsad qilib qo’ygan va 424850 km masofani (bitta yoki bir nechta ekanligi noma’lum) otda bosib o’tgan.
Bunda u 16 mingdan ortiq ma’ruza o’qigan. Piyoda, chang’ida, velosipedda, avtomobilda, temiryo’l, avia va dengiz transportlarida sayohat qilish bo’yicha ham rekordlar o’rnatilgan. Biroq ularning aksar qismi insonning mukammalligini isbotlash va uning qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida barcha qiyinchiliklarni engib o’tish uchun og’ir mehnatlardan iboratdir.
Hattoki zamon va makonda ilmiy sayohat uyushtiruvchi, Oyga uchuvchi, yer orbitasi atrofida parvoz qiluvchi kosmonavtlar (ularni ham sayyohlar qatoriga kiritish mumkin) ham rekord o’rnatishga intiladilar. Kosmosga birinchi bo’lib parvoz qilgan odam, birinchi kosmonavt ayol, parvoz uzunligi, balandligi va uzoqligi, Oy sathida sayr qilish uzunligi va boshqa bir qator faktlar rekord qayd etishga asos bo’ladi.
Sayohatlar va turizmning bir-biridan farqlarini ko’rib chiqishda ushbu faoliyatning maqsadlari va moddiy ta’minotiga to’xtalib o’tish joiz. Sayohat va ekspeditsiyalarning aksar qismi ma’lum bir maqsadlar (savdo, fan, yangi erlarni ochish, mahsulot reklamasi va hokazo)ga xizmat qilib, manfaatdor shaxslar, tashkilotlar, davlat va xususiy jamg’armalar tomonidan moliyalashtiriladi. Sayohatchining shaxsiy xislatlari katta rol o’ynasada, biroq uning muvaffaqiyatga erishishi ko’p jihatdan jamiyatni sayohatni uyushtirish va amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy resurslarni ajratishga ko’ndira olish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Masalan, Afrikani zabt etib, Zambezi daryosidagi Viktoriya sharsharasini ochgan buyuk David Livingston missionerlik jamg’armalari hisobiga sayohat qilib, asosan mahalliy aholini xristian diniga jalb qilish bilan shug’ullangan va geografik kashfiyotlar qilgan.
|