• Joy o’zgartirilishi
  • Jahonda turizm faoliyatining 3 ming yillik rivojlanish evolyutsiyasi17




    Download 0.74 Mb.
    bet2/96
    Sana10.04.2017
    Hajmi0.74 Mb.
    #3925
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
    Turizm:

    • turistlar tomonidan amalga oshiriluvchi, aniq belgilangan turistik maqsadlarga ega ommaviy sayohatlar turi, ya’ni turistning faoliyati;

    • sayohatlarni uyushtirish va amalga oshirish bo’yicha turistik faoliyat. Bunday faoliyat turli xil turistik sanoat korxonalari va ular bilan bog’liq tarmoqlar tomonidan amalga oshiriladi. Turizm tushunchasiga ta’rif berishdan aval turizmning jarayon sifatida belgilarini ajratib olish zarur.

    Joy o’zgartirilishi: oddiy muhitdan tashqarida bo’lgan joyga yo’l safari (uydan ish joyigacha bo’lgan yo’l safari bundan istisno).

    Boshqa bir joyga kelib joylashish. Bu yerda asosiy shart: joylashish joyi doimiy, uzoq muddatga mo’ljallangan bo’lmasligi (joylashish 12 oydan oshmasligi kerak.)

    Tashrif joyidagi manbadan mehnat to’lovi, safarning asosiy maqsadi tashrif joyidagi manbadan to’lanadigan mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iborat emas (bunday shaxslar sayyohlar emas, migrantlar deb hisoblanadi).

    Turistik korxonalar biror muddat mobaynida sayohat qilish va joylashish ehtiyojlarini qondiradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradigan iqtisodiy korxonadir. Turli xil ehtiyojlardan iborat bo’lgan turizm talabini qondiradigan korxonalarning soni va bir-birlaridan farqliligiga ko’ra ularni tasniflash zaruriyati tug’iladi. Ular quyidagicha tasniflanadi:

    Foydani ko’zlovchi, ya’ni foyda olish maqsadi bo’lgan turistik korxonalar va foyda olish maqsadi bo’lmagan turistik korxonalar. Turizmga to’g’ridan to’g’ri xizmat ko’rsatgan, ya’ni bevosita va bilvosita xizmat qilgan korxonalar. Faoliyat turiga ko’ra, ya’ni tovar va xizmatlar ishlab chiqaradigan va ularni sotish bilan shug’ullanadigan turistik korxonalar. Milliy va xalqaro turistik korxonalar, xususiy, davlat va aralash mulk turlariga ko’ra farqlanuvchi, turistlarning asosiy ehtiyojlarini va qo’shimcha ehtiyojlarini qondiradigan turistik korxonalar kabi turlarga ajratiladi.

    Vaqtinchalik doimiy yashash joyidan tashqarida joylashish va ovqatlanish va boshqa xizmat ko’rsatuvchi korxonalar xizmatlaridan foydalanuvchi turistlar mamlakat iqtisodiyoti rivojiga hissa qo’shadi.

    Turizm fuqarolarga turistik xizmat ko’rsatish haqidagi amaliy fanlar tizimidir. Bu fanlar turizmning ikki bo’g’inini — tarmoq va turistik xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ektlarni (turistik korxona) o’z ichiga oladi9.

    Butunjahon Turizm Tashkilotining ta’riflashicha, turizm — bo’sh vaqtda sayohat qilish, faol dam olish turlaridan biri bo’lib, ma’lum bir xatti-harakatlarni amalga oshirishni talab qiladi.

    SHuni ham aytib o’tish kerakki, dam olishga boshqa turdagi ko’ngil ochishlar va sog’likni tiklash ham mansub bo’lib, ular asosan statsionar komplekslarda (rekreatsion hududlar, diskoteka, kazino, konsert zallari va hokazolar) amalga oshiriladi hamda maqsadlari ko’ngil yozish, o’qitish va shop-xizmatlar bo’lgan tur elementlaridan biri vazifasini bajaradi.

    Turist — biron-bir mamlakatga (joyga) salomatligini tiklash, tanishish, kasb va ishbilarmonlik, sport, diniy va boshqa maqsadlarda pul to’lanuvchi faoliyat bilan mashg’ul bo’lmasdan, 25 soatdan 6 oygacha kamida bir kecha tunagan holda tashrif buyuruvchi fuqarodir.

    YUqoridagi ta’riflardan ko’rinib turibdiki, bitta atama turlicha talqin qilinadi hamda mintaqalarda turizm sanoatining ahvolini baholash va tahlil qilishni qiyinlashtiradi.

    Ma’lum belgilar bo’yicha turistlar boshqa sayohat qiluvchilardan farqlanadi. Turist doimiy yashash maskanlaridan tashqari chiquvchi sayyoh, bunda turistlar toifasidan har kuni qatnovchi shaxslarni chiqarib tashlash lozim. Joylarda bo’lish muddati ekskursiyachi — turistlarni rezident va muhojirlardan farqlash imkonini beradi.

    So’nggi yillarda maxsus adabiyotlarda qo’llanayotgan «turistik» sifati bilan qo’llanuvchi tushunchalarni aniqlash (izohlash)dan oldin ulardan foydalanish qoidalarini aniqlash zarur.

    Turist turistik mahsulot, turistik xizmat va turning iste’molchisidir. U biror joy, aholi punkti, hudud yoki mamlakatda uning fuqaroligi, millati, jinsi, tili, dinidan qat’i nazar 24 soatdan kam bo’lmagan va 6 oydan ko’p bo’lmagan muddatda turuvchi, vaqtinchalik turuvchi yoki o’z mamlakatidan tashqarida jamoaviy yoki individual tarzda kamida bir marta tunashni amalga oshiruvchi joylashish, hordiq chiqarish uchun sayohat qilish, davolanish, maqsadli faoliyatni amalga oshiruvchi bo’lib, borgan joyida haq to’lanadigan biror yumush bilan shug’ullanmasligi kerak10.

    Turist bo’lmasa turizm ham bo’lmaydi. Ko’plab jamoat tashkilotlari iste’molchilar huquqiy himoyasi masalasi bilan shug’ullanadi. Iste’molchi dam olish sharoitlariga talabdan kelib chiqib munosabatda bo’ladi va haqi to’langan xizmat bajarilmaganida yoki bu xizmat sifatining va’da berilgani bilan mos tushmasa shikoyat qilish huquqiga ega. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, eng talabchan guruh nemis turistlari hisoblanadi. Germaniyada har yili turistik firmalarga kompensatsiya talab qilib 500 dan ziyod shikoyatlar tushadi. Mamlakatda shu kabi masalalarni hal etish bilan shug’ullanuvchi maxsus vositachilar mavjud.

    Turli mamlakat turistlari xarakterlari va turistik mahsulotni iste’mol qilishdan maqsadlari ko’p darajada umumiy bo’lishiga qaramasdan, muhim farqlarga ham ega. Bunday farqlarning mohiyati ular uchun hayot tarzi va dam olish odati, turistik resurslar bilan tanishligi va axborotning chuqurligi, tarixni bilishi, reallikni ob’ektiv qabul qilish qobiliyati va ushbu turistik markazda mavjud bo’lgan turistik resurslar, imkoniyatlardan foydalanishiga bog’liq.

    Turistlarni, ayniqsa, xorij turistlarini qabul qilish, turistik resurslardan samarali foydalanish uchun ularning hayot tarzini, milliy xarakteri xususiyatlarini, tayyorgarlik darajasi va turistik qiziqish ob’ektini qabul qilish imkoniyatini batafsil o’rganish zarur.

    Bu barcha ko’rsatkichlar va xarakteristikalar turistik mahsulot, xizmat hajmi va darajasi, ekskursiya matnlari kabilarni loyihalashda hisobga olinadi. Hozirgi kunda eng ko’p tarqalgan tadqiqot shakli — turistik markazlar va hududlarga turistlar kelishi va ketishining rasmiy statistik to’plami, turistik oqimlarni, harakat qilish usuli, turistlar ehtiyojlari va ularning to’lovga qobilligi, xususan, turistlarni qabul qilish, turistik faoliyatning boshqa tahlillari, asosan ushbu hudud uchun turizm daromadliligi bo’yicha maxsus tadqiqotlardir.

    Turist moddiy va ma’naviy turistik mahsulotlarning iste’molchisidir. Moddiy turistik mahsulotlar — turistlarni joylashtirish, olib yurish, ovqatlantirish, maishiy xizmatlar ko’rsatish shoxobchalari, tarixiy va mada­niy yodgorliklar va ularda ko’rsatiladigan barcha moddiy xizmatlar majmuidir11. Ma’naviy turistik mahsulotlar esa — tarixiy turizmda turistlarni tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan tanishtirish maqsadida gid-ekskursovodlar tomonidan ularga berilgan tarixiy ma’lumotlar va axborotlar, madaniy turizmda turistlarga festivallar, karnavallar, tomoshalar, konsertlar, teatrlar, dorbozlar, tsirklarda berilgan madaniy ozuqa, ruhiy kechinmalar. Moddiy turistik mahsulotlardagi joylashtirish tizimining o’zida turistlar bevosita bir qator turistik xizmatlarning iste’molchisidirlar. Olib yurish va ovqatlantirish tizimida ham turistlarga qator xizmatlar majmui ko’rsatiladi.

    Mazkur moddiy va ma’naviy turistik mahsulotlardan turistlar qoniqish hosil qilmasa, ushbu turistik iste’mollar yaroqsiz va qisman yaroqsiz hisoblanadi. O’z navbatida turistlar qonun talablari bilan haq-huquqlarini qondirish yuzasidan turagentlarga murojaat qilishlari mumkin. SHartnomada turistlar tomonidan ko’rsatilgan barcha shartlar to’liq bajarilishi lozim. CHunki turistlar mazkur turmahsulotlar uchun oldindan

    o’z mablag’laridan pul to’lab qo’yishgan. Demak, ular do’konlardan mahsulot sotib olgan kishilar kabi iste’molchidirlar. Hudud yoki mamlakatga bir kelishda 6 oydan ko’p muddatga keluvchi shaxs turist hisoblanmaydi va turizm statistikasida hisobga olinmaydi.

    Sayohatchilik birinchi navbatda kasb bo’lib, odamlarning kasbi yoki kun ko’rish manbai sayohatda ishtirok etuvchilarning turmush tarziga aylanishi mumkin. Bu esa faoliyatning maqsadi bo’lib, turizm maqsadlaridan farq qiladi. Bugungi kunda bo’sh vaqt va etarli mablag’ga ega bo’lgan deyarli har bir shaxs jahon bo’ylab turli transport vositalarida sayr qilishi, dunyoning inson oyog’i etmagan nuqtalariga tashrif buyurishi mumkin. Sarguzashtli turizmga ixtisoslashgan turistik firmalar Janubiy Amerika, Afrika va Osiyo bo’ylab maxsus tayyorlangan avtomobillarda uzoq muddatli 30 haftagacha davom etadigan qit’alararo sayohatlarni taklif qilmoqda. Buyuk yangi er ochuvchilarning yo’nalishlarini takrorlovchi, narxi 50 ming AQSH dollariga teng bo’lgan 190 kunlik dengiz sayohatlari ham taklif etilmoqda.

    Turizmning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turistni dengizchi, fazogir, biznesmen, tabiatshunos va hokazo deb atash mumkin. Turizmni uyushtirish va amalga oshirish bo’yicha ma’lum bir sharoitlarda u tu­ristik sanoat korxonalari va turistik tashkilotlar tomonidan taqdim etiluvchi turistik xizmatlardan foydalanishni ko’zda tutishi mumkin. Statistika maqsadlarida sayohat qiluvchi shaxs vizitor ya’ni tashrif buyuruvchi deb ataladi. Iqtisodiy omillarni hisobga olish nuqtai nazaridan tashrif buyuruvchilar tunovchi, ya’ni vaqtinchalik boruvchi joylarda hech bo’lmasa bir kecha yotib qoluvchilar va bir kunlik, ya’ni 24 soatgacha bo’luvchi turistlarga bo’linadi.

    Maqsadi va amalga oshirishning tashkiliy shakliga ko’ra turizm sifatida ko’rib chiqilishi mumkin bo’lgan sayohatlarning yagona holatlarni qadimgi rimliklarda ham, ulardan avval ham kuzatish mumkin bo’lgan. O’rta asrlarda ziyoratchilar guruhlarini kuzatib borish bo’yicha tashkillashtirilgan faoliyatning boshlanishi ko’zga tashlanadi. Bu jarayonlar mohiyatan turizmga, turizm asoslariga borib taqaladi.

    Hozirgi tushunchalarda qabul qilingan turizm XIX asrda shakllangan bo’lsada, faqat XX asrga kelib u jadal sur’atlarda rivojlandi hamda texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat munosabatlarining yuksalishi natijasida u «XX asr fenomeni» nomini oldi. Bugungi kunda turizm juda kuchli, jahon miqyosidagi sanoat bo’lib, uning jahon yalpi mahsulotidagi ulushi 10 foizni tashkil etadi hamda bu sohaga juda ko’p sonli xodimlar, asosiy vositalar va yirik kapital mablag’lar jalb qilingan. Turizm bu yirik biznes, katta pullar va global miqyosdagi jiddiy siyosatdir.

    Jamiyatning rivojlanishi bilan sayyoramizning tobora ko’plab aholisi turizm sohasiga jalb qilinmoqda.

    Dunyoning ajoyib, jozibador turistik resurslarga ega bo’lgan hududlari hali yaxshi o’zlashtirilmaganligi va keng turistlar ommasi uchun ochiq emasligi shubhasiz, albatta. Bunda tabiiy iqlim sharoitlari va siyosiy-iqtisodiy omillar, mintaqadagi tinchlik, turizm sanoatining rivojlanishi kabilar muhim rol o’ynaydi.

    Turizm infratuzilmasi va sanoati turizmga qo’shni tarmoqlarni o’ziga yanada ko’proq tortib, ko’plab kishilarni ish bilan ta’minlamoqda. Hozirda er yuzidagi aholining 1/5 qismi turizm sohasida ish yuritadi. Bu juda muhim, chunki turizm sohasiga ko’proq ishchilar jalb qilinmoqda, natijada ko’p sonli ish o’rinlari paydo bo’lmoqda. Bu jarayon jamiyatga foydali bo’lgan hollar ichida birinchi o’rinda turadi. Turizmda band bo’lgan ishchilarning kategoriyasini aniqlash maqsadida talaygina usullar qo’llanmoqda. Yirik turistik markazlarda har o’nta turist ikki kishini doimiy ish joyi bilan ta’minlaydi.

    Turizmdan tushadigan foydani tahlil etish qiziq taqqoslarga olib keladi. Rossiyaliklarga qaraganda AQSH aholisining har biriga ikki barobar ko’p turist to’g’ri kelsa, bu tarmoqdan tushadigan foyda esa besh barobar ko’pdir.



    Download 0.74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




    Download 0.74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jahonda turizm faoliyatining 3 ming yillik rivojlanish evolyutsiyasi17

    Download 0.74 Mb.