36
5. 1- va 2-modellar qayrib sinab koʻriladi. Bu sinovlarda quyidagilarga:
birinchidan, boshqa rangli izoxramatik chiziqlar oʻrtasidagi yaqqol
seziluvchi qora chiziq yoʻnalishiga; ikkinchidan, chiziq plastinkaning vintlar
bevosita ta’sir qiluvchi joylaridagi egilishlariga e’tibor berish zarur.
Qora chiziq egishning neytral qatlamiga mos keladi, vintning tayanch
nuqtalari yaqinidagi chiziqlar egilishlari boʻlsa kuchlanishlar taqsimotining
bir jinsli emasligini koʻrsatadi. Egilish deformatsiyasida qavariq tomonga
yaqinroq boʻlib yotgan sterjen’ qatlamlari choʻzilishga, botiq tominiga
yaqinroq boʻlib yotgan qatlamlari boʻlsa siqilishga uchraydi.
Siqish va choʻzish sohalari oʻrtasida uzunligi egilishda oʻzgarmaydigan
juda yupqa qatlam joylashgan boʻlib, u neytral qatlam deyiladi.
Oddiy va oddiy boʻlmagan nurlar uchun sindirish koʻrsatkichlari
farqini aniqlash