|
Jurayev Muhiddin Nortojiyevich, t.f.b.f.d.(PhD), dotsent Pdf ko'rish
|
bet | 392/447 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 9,47 Mb. | | #267669 |
Bog'liq Сборник готовыйJurayev Muhiddin Nortojiyevich, t.f.b.f.d.(PhD), dotsent.
TDTrU, transport logistikasi kafedrsi dotsenti
Axmedov Dilmurod Toshpo’lat o’g’li,
TDTrU, transport logistikasi kafedrsi katta o’qituvchisi
TURLI YUK KO’TARUVCHANLIKDAGI AVTOMOBIL TRANSPORTI VOSITALARINI
MASHRUTLARGA SAMARALI TAQSIMLASH MASALASININING QO’YILISHI
Etkazib berish zanjirida yuk oqimlarni samarali tashkil etish va boshqarishda, tashish
natijalarini ishonchliligi kafolatlanganligi, yetkazib berish hajmlarini iste’molchi ehtiyojlariga
moslashtirish, hamda uning harajatlarini kamaytirish masalalari, mavjud muammolarning hal etishda
yangicha yondashuvlarning qo’llanilishi, hamda xizmat sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb
etmoqda .
O’rganishlar va tahlillar, avtomobil transporti korxonalarida iste’molchilarga tashish xizmati
ko’rsatishni boshqarish masalasiga oid bir qator faktorlar va xususiyatlar hisobga olinmaganligini
ko’rsatdi. Masalan, yuk oluvchi va jo’natuvchi manzillarning tashish hajmiga bo’lgan ehtiyojining
texnologik xarakteri; mazkur ehtiyojni qondirilishi; yuk oqimlari avtomobil transport vositalarini
yo’nalishlarga samarali taqsimlash asosida boshqarilishi mumkinligi; yo’nalishlarga
taqsimlanayotgan avtotransport vositalari va yuk jo’natish va qabul qilish imkoniyatlari bilan
muvoffiqlashuvi hamda tashish harajatlarini tanlangan mezonlariga muvofiq eng kam holatga
keltirish mumkinligi. Yo’nalishlarga taqsimlanadigan avtomobil transporti vositalarining soni doim
butun bo’lishi sharti va tashish yo’nalishida faoliyat ko’rsatayotgan yuklash-tushirish
mexanizmlarini kunlik ish vaqti mobaynida avtomobil transport vositalar bilan to’liq ta’minlash
talabi mazkur masalani yechishda chiziqli dasturlash usullarini qo’llash imkonini bermaydi.
Ayrim masalalar yechimlarini diskret qiymatlar ko’rinishida bo’lishini talab etadi. Bunday
yechimlar barcha talablarga javob beradigan diskret yechimlarni shakllantirish va tahlil etish
usullaridan foydalanish yoki ishlab chiqishni taqozo etadi. Avtomobil transporti vositalarini
marshrutlarga samarali taqsimlash masalasiga, qishloq xo’jaligiga oid yuklar, qurilish materiallari,
temir-beton mahsulotlari, qayta ishlash sanoati mahsulotlari va shu kabi ko’plab yuklarni tashish
marshrutlari kiradi.
Iste’molchi manzilni yuk tashishga bo’lgan ehtiyojini qondirish unga avomobil transporti
vositalarida yuk jo’natuvchi (yoki oluvchi) manzillardan (ga) tashish yo’nalishlari orqali
yetkazilayotgan yuk oqimlarining jadallik ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi. Bunda, alohida tashish
yo’nalishidagi tashish jarayonining natijaviy ko’rsatkichlari iste’molchi manzillarni ehtiyojini
qondirish darajasini belgilaydi, faqat mazkur manzilga birkitilgan tashish yo’nalishlaridagi
jarayonlar yig’indisi bu darajani belgilaydi. Iste’molchi manzillarga tashish xizmati ko’rsatuvchi
marshrutlar turli masofaga ega bo’lgan tashish yo’nalishlaridan tashkil topadi. Yuk tashish
yo’nalishining masofasi va unda tashiluvchi yuk turi, bir tomondan bu yo’nalishlarda samarali
ishlatilishi mumkin bo’lgan avtomobil transporti vositalarini turlari va yuk ko’taruvchanligini
belgilasa, ikkinchi tomondan esa cheklangan sondagi avtomobil transporti vositalarini yo’nalishlarga
taqsimlanishiga qarab oluvchiga yetkaziladigan yoki jo’natuvchidan olib chiqiladigan yuk hajmlarini
belgilaydi. Marshrutlarga taqsimlanadigan avtomobil transporti vositalari soni istalgancha katta yoki
kichik bo’lishi mumkin emas. Chunki yo’nalishlarga taqsimlangan avtomobil transporti vositalari
soni ularga tegishli manzillarning yuk jo’natish (ortish) va qabul qilish (tushirib olish)
imkoniyatlaridan oshmasligi hamda shu imkoniyatlardan to’laroq foydalanadigan darajada bo’lishi
kerak.
Turli yuk ko’taruvchanlikka ega bo’lgan avtomobil transport vositalarini marshrutlarga
taqsimlash - bu har bir marshrutda yuk tashish uchun ajratilgan avtomobil transport vositalarini sonini
ularni har bir turi bo’yicha aniqlash va har bir ATV ni belgilangan marshrutda bajarilishi lozim
564
bo’lgan qatnovlar sonini belgilashdan iboratdir. Mazkur masalani qo’yilishida uni quyidagi asosiy
xususiyatlarini hisobga olish lozim[6,7].
|
| |