da, ular hayvon organizmi uchun va sut mahsulotlari
tayyorlash texnologiyasida muhim ahamiyatga ega.
Mineral tuzlar sutga o ‘tsa-da, uning miqdor
ko‘rsatkichlari qondagisidan boshqacha bo‘ladi.
Bunga
asosiy sabab, sut bezlarining faoliyati jarayonida ular-
da tanlash va boshqarish xususiyatlarining o ‘ziga xos
bo‘lishidir. Sut tarkibida mineral tuzlardan: kalsiy,
magniy, fosfor, natriy, kaliy, xlor, temir kabilar ko‘p-
roq uchraydi. Umuman, sut tarkibidagi mineral tuz-
lar miqdorini sutni kuydirgandan so‘ng
olingan kul
og‘irligiga qarab aniqlanadi. Tekshirishlardan aniqla-
nishicha, sutdagi mineral tuzlar deyarli doimiy bo‘1-
gani holda 0,70-0,75 foiz atrofida uchraydi. Sut
tarkibida mineral tuzlardan tashqari bir qancha tur
mikroelementlar: marganets (0,15 mg/1), mis (0,8 mg/1),
kobalt (0,25 mg/1), yod (0,08 mg/1), ruh (2 mg/1),
litiy
va temir (1,3 mg/1), shuningdek, maTum miqdorda: ni-
kel, xrom, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, qalay, titan, kumush,
geliy, rubiliy va boshqalar aniqlangan.
M ikroelem entlar
muhim ahamiyatga ega boTga-
ni holda ulaming har biri maTum murakkab vazifani
bajaradi. Masalan, marganets organizmda vitaminlar
hosil boTishida, ulami o‘zlashtirishda
va organizm-
laming o ‘sishida muhim rol o'ynasa, mis qon tarkibida
gemoglobin moddasini hosil qilishda muhim vazifani
bajaradi. Rux hayvonlaming ko'payish
jarayonida
aktiv ishtirok qiladi, chunki u ko‘proq hayvon urug‘i
(sperma)da yig‘iladi. Kobalt B gumh vitaminlar
tarkibida uchraydi. Yod esa
tiroksin gormoni tarkibida
boTgani holda hayvonlardagi qalqonsimon bez faoliyati
uchun muhim manba hisoblanadi. Umuman, sut
tarkibidagi mineral tuzlar sut bezlari yordamida miqdor
va sifat jihatidan o ‘zgargan holda qondan o ‘tadi. Bu
o'zgarishlar asosan sut bezlari faoliyati va aktivligi
bilan belgilanadi degan farazlar bor.
108
www.ziyouz.com kutubxonasi