Использованная литература
1. Закон Республики Узбекистан «Об образовании» 23 сентября 2020 г.
2. И.Д.Демакова. Мастерство учителя.: М, «Просвещение, 1989.
3. В.В.Талышев. Профессиональная компетентность учителя. // журнал «Управление
школой», 2013, №4
4. С.Г.Тургунов, Б.Х. Дониёров, Д.М.Отажонова. Ўқитувчиларнинг касбий компетент-
лигини ривожлантиришда таълим муассасаси раҳбарларининг функционал вазифалари.
Ўқув қўлланма.:Т, 2011
181
Май 2021 10-қисм
Тошкент
TEXNOLOGIYA FANIDA O‘QUVCHILAR BILIMIDAGI BO‘SHLIQLARNI
ANIQLASH
Sh.M.Kenjayev
Xorazm viloyati XTXQTMOHM
“Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim
metodikasi” kafedrasi mudiri (tel.94-310-57-24)
Annotatsiya:
Ushbu maqolada texnologiya fani bo‘yicha o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni
aniqlash va shu asosda darslar samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliq, kompetensiya, baho, Davlat ta’lim standarti,
ichki nazorat.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan so‘ng o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi
va shu asosda ildam qadamlar bilan olg‘a bormoqda, bu esa har birimizga ulkan vazifalarni
yuklaydi. Bunday vazifalarni amalga oshirish esa albatta malakali kadrlarning salohiyati va
tayyorlanish sifatiga bog‘liq. Bugungi shiddat bilan rnivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti
sharoitida kadrlardan yuqori bilim va malakaga ega bo‘lish, tezkor va oqilona qarorlar chiqara
olish, zamon talabini to‘g‘ri anglab oldinni ko‘ra olish, olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish
fazilatlariga ega bo‘lishni taqozo qiladi. Bunday fazilatlarni shakillantirishda ta’lim-tarbiya
jarayonining o‘rni beqiyosdir.
2017 yil 6 apreldagi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining maqsadi ham aynan
umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar,
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va
intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iboratdir.
Tayyorlanayotgan kadrlarning raqobatbardoshligi pedagoglarimizning o‘quv mashg‘ulotlarini
Davlat ta’lim standarti talablari darajasida tashkil qilayotganliklari va o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirilgan bilimlarining kundalik faoliyatlarida qo‘llay olish darajalari bilan belgilanadi.
Bizga ma’lumki turli o‘quvchilarni ma’lumotlarni qabul qilish darajasi turlicha bo‘lib ba’zan
o‘quvchilarning e’tiborsizligi, ba’zan o‘qituvchining darsga puxta tayyorlanmasligi natijasida
o‘quvchilar bilimida ayrim mavzular bo‘yicha bo‘shliqlar hosil bo`ladi. O‘quvchilar bilimidagi
bo‘shliq-bu ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar natijasida o‘quvchilar bilimida paydo
bo‘lgan uzilishlar, o‘zlashtirilmay qolgan bilim, ko‘nikma va malaka elementlaridir.
Maktab o‘qituvchisi o‘z fanidan Davlat ta’lim standarti talablarini bajarilishini va o‘quv
mashg‘ulotlarining samaradorligi yuqori bo‘lishini ta’minlash maqsadida dars berayotgan fani
bo‘yicha o‘quvchilardagi bo‘shliqlarni aniqlash, ularni tahlil qilish va tegishli tavsiyalar ishlab
chiqish usullarini bilishi va uni amalda qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. Agar
o‘qituvchi o‘quvchilar bilimida qanday bo‘shliqlar borligini ichki nazorat jarayonida aniqlay olsa
shu asosda mazkur bo‘shliqlarni to‘ldirish bo‘yicha aniq harakatlarni amalga oshirish imkoniyati
hosil bo‘ladi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartida umumta’lim fanlarini
o‘rganishning darajalari belgilab berilgan bo‘lib har bir daraja uchun alohida tayanch va fanga
oid umumiy kompetensiyalar bo‘yicha o‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalariga talablar
qo‘yilgan. Texnologiya fani bo‘yicha qo‘yilgan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
1. Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik
loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi;
2. Psixomotor, funksional, hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya;
3. To‘g‘ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalari
kiritilgan.
Yuqoridagi kompetensiyalarni o‘quvchilarda shakillantirish jarayonida ularning bilim,
ko‘nikma va malakalarida paydo bo‘ladigan bo‘shliqlarni ichki nazorat o‘tkazish jarayonida
aniqlash mumkin. Buning uchun o‘qituvchi o‘quv yili choragi va yakunida qaysi sinfda dars
o‘tayotganligidan kelib chiqib shu sinfning Davlat ta’lim standartida o‘quvchilar bilishi lozim
deb topilgan bilimlar hajmidan kelib chiqib test savollari to‘plamini tuzib chiqadi. O‘quvchilarda
|