• O‘QUVCHILARGA PEDAGOGIK TA’SIR KO‘RSATISHDA O‘QITUVCHI AMAL QILADIGAN QOIDALAR
  • Ma’ruzaga ajratilgan vaqt




    Download 418.9 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/5
    Sana06.11.2022
    Hajmi418.9 Kb.
    #29217
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    4aouLxYxNuuVApyO5uymXDuR5l4wDvxrGkrCXPHB
    1, 6-modul. Buralish deformatsiyasi, article for Sukhrob, 1-amaliy ish Risklarni baholash usullari Ishdan maqsad, MSM, rivojlanishi, 1-topshiriq 511-512-531-532-533, 28-03 03-16, 5 20 guruh talabasi Toshpolotov shahzod optoelektronika fanidan (1), 4-amaliy Abduqahorov R. Taqsimlangan, 41uHnjgpJSayA50P8nEHxTVvPwPTV8x8QTy4OkzW, genomika REFARAT, ingliz tili 2, 9
     
     
    5-ilova 
    O’qituvchining kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yo’llari 
     
    O‘qituvchi tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta’sirga ega ekanliklarini, 
    ularning o‘zaro kommunikativ munosabatlari hamda faoliyatlari o‘rtasidagi 
    bog‘lanishning mavjudligi, uning samaradorligini belgilashini unutmasligi shart. 
    O‘qituvchi sinf jamoasiga va alohida tarbiyalanuvchiga pedagogik ta’sir 
    ko‘rsatishida muvaffaqiyatlarga erishishi uchun, o‘quvchilar orasida o‘zaro 
    pedagogik munosabatlar tizimini oqilona rejalashtirishi va psixologik muhitni 
    ijobiy tomonga o‘zgartirishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan va har jihatdan 
    mukammal bo‘lgan, yosh avlodning qalbi va ongini asrashga, ularni milliy va 
    umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar 
    tizimini tashkil etish uchun o‘qituvchi har bir o‘quvchi ruhiyatini chuqur bilib 
    olishi, ularning ichki imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi, axborot berishi, fikr 
    almashishi, ular qayg‘usini, tuyg‘ularini tushunishi va hamdard bo‘lishi zarur. 
    Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o‘qituvchi: 

    o‘quvchilar bilan bo‘lajak munosabatni modellashtira olishi; 

    munosabatda bo‘ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi; 

    bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o‘rnatish; 
    O‘QUVCHILARGA PEDAGOGIK TA’SIR KO‘RSATISHDA 
    O‘QITUVCHI AMAL QILADIGAN QOIDALAR
     
     tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi 
     tarbiyaning hayotiy faoliyat bilan bog‘liq hodisa ekanligi 
     shaxsni jamoada tarbiyalanishida o‘ziga xos xususiyatlarini 
    e’tiborga olish 
     tarbiyalanuvchi shaxsga nisbatan talabchan bo‘lish va uning 
    shaxsini hurmat qilish 
     tarbiyalanuvchining yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga 
    olishi 
     tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishini 
    ta’minlash 



    munosabatda ustunlikka ega bo‘lib, uni demokratik talablar asosida
    oqilona boshqarish; 

    munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borishi 
    lozim.
    O‘qituvchi kasbiy mahoratida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan insoniy fazilat 
    hamda xushmuomalalikni o‘zida shakllantirishi uchun muntazam faoliyat olib 
    borishi zarur. O‘qituvchi pedagogik faoliyatiga oid shaxsiy o‘z-o‘zini 
    tarbiyalashning o‘zaro fikr almashish va aloqadorlikka doir quyidagi tizimlarini 
    tavsiya etish mumkin.
    1. Kasbiy faoliyat jihatidan o‘z-o‘zini anglashni (muomalada o‘zaro fikr 
    almashishga doir sifatlarni, ijobiy va zaif tomonlarini aniqlashni) amalga oshirish 
    va shu asosda o‘zaro fikr almashish asosida o‘z-o‘zini tarbiyalash dasturini ishlab 
    chiqish.
    2. O‘z kasbiy faoliyatiga quyidagi yo‘nalishlarda baho berish maqsadga 
    muvofiq: kishilar bilan bo‘lgan muomaladan so‘ng olingan taassurotlarni tahlil 
    qilish, o‘quvchilar bilan muomalaning so‘nggi holatlarini o‘rganib, muomala 
    haqida o‘zining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish, muomaladagi 
    imkoniyatlaringizni atrofdagilar (o‘qituvchilar jamoasi, ota-onalar, o‘quvchilar) 
    qanday baholashi haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lish. 
    3. O‘zida insonparvarlikning asosiy xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan 
    ixtisoslashtirilgan o‘z-o‘ziga ta’sir o‘tkazuvchi “autogen” mashqlar asosida 
    ishlash. 
    4. O‘quvchilar va ota-onalar bilan turli jamoat ishlarini olib borish, bundan 
    o‘zaro fikr almashish faoliyatida ko‘nikma va malakalar (ma’ruzalar, suhbatlar
    kamolot yoshlar uyushmalari) hosil bo‘ladi.
    5. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazishda salbiy kayfiyatlarni yengish tajribasini 
    shakllantiradigan va xushmuomalalikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini 
    yaratish. 
    6. Xushmuomalalikka milliy an’ana va urf-odatlarimiz, o‘zbekona muomala 
    madaniyati, milliy ma’naviyatimiz nuqtai nazaridan yondashish. 
    7. O‘z ona tilida puxta, lo‘nda va jarangdor so‘zlar tuza olish va uni nutqiy 
    mahorat bilan ifodalash ta’lim muassasalarida o‘rganilayotgan har bir fan 
    o‘qituvchisi uchun eng zarur kommunikativ qobiliyatlardan biridir.
    Taklif etilgan ushbu tizim asosida pedagogik faoliyat olib borish o‘qituvchi 
    kasbiga oid shaxsiy fazilatlardan biri bo‘lgan insonparvarlik va xushmuomalalikni 
    shakllantiradi. O‘qituvchi kasbiy faoliyati davomida nutqidagi so‘z qudratini 
    takomillashtirib boradi. U o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish 
    orqali so‘z boyligini go‘zal, ravon, ifodali, ta’sirchan bo‘lishiga intiladi. Zero, 
    go‘zal va ta’sirchan so‘zlay bilish ham san’at. Bu san’atdan bebahra bo‘lgan 
    o‘qituvchining kasbiy mahorati shakllanmaydi. Qaysi fanni o‘qitishdan qat’iy 
    nazar, o‘qituvchining asosiy quroli so‘z boyligidir, u so‘z qudrati asosida 
    kommunikativ qobiliyatini namoyish etadi.

    Download 418.9 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 418.9 Kb.
    Pdf ko'rish