• Yangi material Taxminiy qiyinchiliklar Qiyinchiliklarning oldiniolish yo’llari
  • Leksikaga oid Grammatikaga oid Talaffuzga oid
  • O’quv til materialini tahlil etish




    Download 81.05 Kb.
    bet8/18
    Sana06.07.2022
    Hajmi81.05 Kb.
    #24774
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
    Bog'liq
    Sherzod aka 2222
    mustaqil ish falsafa , iqtisodiy va ijtimoiy sohada xalqaro reyting (14talik), Doc1, O‘zbek tilshunosligida metanimiya xodisasiga ilmiy munosabatlar (2), Документ Microsoft Word, yuklash 1 — копия
    2.2. O’quv til materialini tahlil etish.
    Har bir dars yoki darslar guruhi (paragrf) muayyan til materialini o’z ichiga oladi. Yangi material ma’lum darajada qiyinchilik tug’dirishi ehtimoldan yiroq emas. Buni o’quvchilar til tajribasi “g’alviri”dan lisoniy birlikni o’tkazish orqali aniqlaymiz. Xorijiy til va ona tili (shuningdek, ikkinchi til)ning qiyosiy tahlilini jadvalda namoyish qilish mumkin:
    Xorijiy til va ona tilining qiyosiy tahlili



    Yangi material

    Taxminiy qiyinchiliklar

    Qiyinchiliklarning oldiniolish yo’llari

    Til ichki interferensiyasi

    Tillararo interferensiya

    Ma’no ochish usullari

    Oldin o’rganilgan materialga suyanish

    Ona tiliga o’xshashlikka suyanish

    Ko’rgazmali likka

    Materialni metodik tashkil qilish (nutq namunasi, O”NV…)

    Qoidani bayon etish

    1. Leksikaga oid

    2. Grammatikaga oid

    3. Talaffuzga oid

























    Xorijiy tilning qiyinchiliklari darslik muallifi tamonidan mashqlar tuzishda hisobga olinadi. Muallim ushbu darsning o’quv materiali bo’yicha tayyorgarlik ko’rganida, ona tili va xorijiy til hodisalari muqoyasasini tahlil qiladi. O’ta qiyin til birliklariga e’tiborni kuchaytiradi, zarur bo’lsa, qo’shimcha mashq kiritadi.
    Mashqlar ketma-ketligini ta’minlash. Hozirgacha shakllangan o’quvchilar ko’nikma va malakalarini hisobga olib, darsda bajarilmish mashqlar tartibotini belgilab chiqish yaxshi natija beradi. Taqdim etiladiga va ilgari o’rganilgan o’quv til materialini ko’nikma va malaka tarkibiga kiritish niyatida uch bosqichli – shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi mashqlat tavsiya etiladi. Darsning mashqlari va talab va materialini muallim sinchiklab tahlil qiladi. Darslikdagi va o’zi beradigan mashqlar bajarilishining eng samarali tartibi ishlab chiqiladi.
    Dars uchun jihozlar tanlash. Darsga tayyorgarlik chog’ida o’quv vositalarini tanlashga alohida e’tibor beriladi. Dars maqsadiga, yangi materialga, mashqlarga va o’quvchilar saviyasiga qarab yetarli va kerakli jihoz tayyorlanadi. Texnikaviy va oddiy, o’quv metodik kompleks tarkibidagi va qo’lda yasalgan vositalarni ishlatish va ulardan foydalanish usullari o’ylab qo’yiladi.
    Muallim va o’quvchilarning faoliyatida amal qiladigan xatti-harakatlar darsga tayyorlanishda puxta o’ylab chiqiladi. Muyallimda kasbiy-pedagogik malakalar (rejalshtirish, tadbiq etish, tashkil qilish va tarbiyalash), metodik malakalar (o’rgatish, tilni bilish, o’zlashtirish nazariyasini o’quvchilar yosh va shaxs xususiyatlarini bilish) kabilar shakllangan bo’lishi kerak.
    Muallim rejalashtirish malakasini egallab til materialini tanlash, o’rgatish, O’NV yaratish, o’quvchilar bilan munosabatda bo’lish, darsni to’g’ri tashkil qilishga qodir bo’ladi.
    O’qituvchi ta’limiy malakasi esa dars maqsadi/vazifalarini ro’yobga chiqarish, ko’nikma va malaka hosil qilish bo’yicha o’quvchilar faoliyatini tashkil etish, nutqiy muloqotni o’rgatish va nazorat olib borishni o’z ichiga oladi.
    Tashkiliy malakalar deganda, qo’yilgan rejani amalga oshirish, o’quvchilar o’quv ishini tashkil qilish, audiovizual vositalarini ishlatish, o’quvchilarning bilish jarayonini boshqarish tushuniladi. Tarbiyaviy vazifalar orasida darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadni aniqlay olish, qo’shimcha materialni jalb qilish, xorijiy til materialida o’quvchilarga tarbiya berish tadbirlari uchraydi.
    Bilish (tadqiqiy) malakalari sirasiga o’quv materialining ilmiy tahlili, shogirdlarining o’quv faoliyatini kuzatishi, o’zining va boshqa muallimlarish tajribasini tahlil qilish kiradi. Darsga tayyorgarlik chog’ida muallimning o’qitish malakalari va o’quvchilarning o’quv malakalari atroflicha hisobga olinmog’i lozim.
    Dars turlari. Makatba xorijiy til o’rgatishni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanmish dars turlicha tasnif (tipologiya) qilib kelinadi. Ayrim muallimlar darsning maqsadiga ko’ra, ba’zilari dars maqsadi va mazmuniga qarab, yana ba’zi birovlar darsning maqsadi va mavzusini asos qilib, uning turlari haqida fikr bayon etishgan.
    Ilmiy adabiyotlarda darsning turlarini farqlashda uning maqsadi asosiy mezon sifatida va o’quvchilar mustaqilligini qo’shimcha mezon qilib olinadi. Birinchi mezon metodikada yaxshi tahlil qilingan bo’lib, ikkinchi (mustaqil faoliyat) esa muallim rahbarligida ish bajarganda hamda o’quvchi o’zi ko’rsatadigan faoliyatida uning astoydil intilishini hisobga oaldi.
    Esltma: Didaktik manbalarda fan asosini o’rgatish nuqtai nazaridan uy vazifasini so’rash, o’quv materialini tushuntirish va astlabki mustahkamlash, o’zlashtirilgan bilmlarni nazorat qilish kabi darsning tuzlishi yoritilgan va bir paytlar xorijiy til o’qitishda ham tavsiya etib kelingan. Xorijiy tilni nutq faoliyati nazariyasi (psixolingvistika)ga asoslanib o’rgatish boshlangandan buyon umumiy ta’lim nazariyaidagi bir yoqlama yondashishdan voz kechildi.
    XX asrning 60-yillaidan boshlab xorijiy til darslari ikki turga bo’linadigan bo’ldi. Yetakchi metodist olimlar ta’rificha, sof nutq darsi (SND) va aralash nutq darsi (AND) nomlari paydo bo’lgan.
    Birinchi tur (SND)ga, o’rganilagan ti; materiali yuzasidan shakllangan nutqko’nikmasiga asoslanib, nutq malakalarini rivojlantirishga bag’ishlanadigan darslar kiritiladi. Bu darslarning mohiyatini nutq mashqlarini bajarish tashkil etadi. Muallim va shogirdi faoliyati nutq mavzusi O’NV yoki matn asosida axborot berish/olishga qaratiladi. Bir yoki birdan ortiq nutq faoliyati turiga oid malaka hosil qilish uchun bajariladi. Til materialiga nisbatan kamroq e’tibor beriladi.
    Ikkinchi tur (AND)da esa til materialini qo’llashga doir mashqlar ko’proq bajariladi. Leksik, grammatik, talaffuz materialini o’zlashtirish bilan bir paytda nutq ko’nikma va malakalarni rivojlantirish ham darsning maqsadiga kiradi. Bunday darslarda yangi material taqdimoti, uning qo’llanilishi va nutq amaliyoti birgalikda olib boriladi. Til materiali va nutq amaliyoti birligini ta’minlovchi mashqlar tizimi ishga tushadi.
    Biror mavzu/matn yuzasidan, yoki muayyan til materialida ko’nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi dars (mashg’ulot)lar yig;indisi darslar tizimi nomini olgan. Dars tizimi bir va bir necha paragrafni qamrab oladi. Tizimning umumiy maqsadidan kelib chiqib, yolg’iz dars maqsadi aniqlanadi, u AND yoki SND bo’lishi mumkin.
    Dars turi (SND va AND) ma’lum ma’noda mavhum ot hisoblanib, uning kichik turlari, ko’rinishlari amalda yaqqol namoyon bo’ladi. Nutq darsi atamasining o’zi ko’rsatib turibdiki, dars maqsadi nutq malakasini hosil qilishga mo’ljallangan. SNDda matnni o’qish va tushunish, audiotekstni tinglab tushunish, yakka nutq va juft nutq darslari bo’ladi. AND ko’rinishidan misol keltiramizmisol keltiramiz: yangi nutq namunasini va gapirishni o’rgatish, yangi Grammatik hodisani va o’qishini o’rgatish. Demak, o’quv jarayonida nutq faoliyati turi yoki til materialiga qarab, dars turli ko’rinishlarda o’tkaziladi.
    Xorijiy til darsining ikki turi (SND va AND)ning 28 modeli (nusxada ko’rinishi) nazariy ishlab chiqilgan va maktabda amaliy joriy etilgan (prof. V.A.Buxbinder tavsiyasi):


    Download 81.05 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




    Download 81.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv til materialini tahlil etish

    Download 81.05 Kb.