• LOYIHALASH ISHLARI
  • KITOB BILAN ISHLASH.
  • SUHBATLASHISHLAR
  • BOSHQALARNI О‘QITISH
  • Blum savollari.
  • MUZYORAR. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar о‘rtasidagi «tо‘siqni» yо‘qotishga qaratilgan usul. О‘YINLAR




    Download 81.05 Kb.
    bet6/18
    Sana06.07.2022
    Hajmi81.05 Kb.
    #24774
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Sherzod aka 2222
    mustaqil ish falsafa , iqtisodiy va ijtimoiy sohada xalqaro reyting (14talik), Doc1, O‘zbek tilshunosligida metanimiya xodisasiga ilmiy munosabatlar (2), Документ Microsoft Word, yuklash 1 — копия
    MUZYORAR. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar о‘rtasidagi «tо‘siqni» yо‘qotishga qaratilgan usul.

  • О‘YINLAR. Ishbilarmonlik yoki rolli (vaziyatli) о‘yinlar-muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu о‘rinda, matnli material о‘rniga о‘quvchilar tomonidan rollar о‘ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi.

  • LOYIHALASH ISHLARI. Bu usul bilim va malakalarni, tahlil qilish va baholashni nazarda tutuvchi ta’limning majmuaviy usulini amalga oshiradi. Loyiha usulida о‘quvchilar rejalashtirishda, tashkil qilishda,tekshirishda, tahlil qilishda va bajarilgan ishning natijalarini baholashda kо‘proq ishtirok etadilar.

  • KITOB BILAN ISHLASH. Ushbu usul ta’lim oluvchilarning о‘quv materialini mustqil о‘zlashtirishini,о‘zqо‘zini tekshiruv malakalarini, berilgan matnning mazmunini tо‘liq va ongli ravishda bayon eta bilishiga qaratilgan usuldir.

  • INDIVIDUAL (AMALIY) USUL. Ta’lim oluvchilar faoliyatida olingan bilimlarini amaliy vazifani yechishga qaratadilar. Nazariy olingan bilimlarni amaliyotga tadbiq qilishdir.

  • SUHBATLASHISHLAR. Bu о‘qitish va о‘qishning dialogik, savol-javob usulidir. Suhbat individual va guruh shaklida о‘tkazilishi mumkin.

  • PINBORD. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki о‘quv suhbati amaliy usul bilan bog‘lanib ketadi. Ta’lim oluvchilar axborotlari, ma’lumotlari doskada tartib bilan joylashtiriladi.

  • BOSHQALARNI О‘QITISH. Bu usulda ta’lim oluvchilar qо‘yilgan muammo bо‘yicha bir – birlariga axborotlar va ma’lumotlarni о‘rgatadilar.

    11. DAVRA SUHBATI. Ta’lim oluvchilar davra stolida о‘tirib, bir-birlarining savollariga konvert orqali javob yozishadi [10,12].
    12. Blum savollari. Kuzatishlar va pedagogik adabiyotlarni taxlil qilish-talabalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning muxim omili-о‘qituvchining ularga va talabalarning bir-biriga beradigan savollari ekan.
    Ta’kidlanishicha о‘qituvchilarni о‘quvchilarga beradigan savolarining 80-85 foizi, faqat daliliy bilimlarni talab qilib, ular javob berishda xotirada qolganlarini takroran sо‘zlash (bajarish) berish bilangina cheklanar ekanlar. Bu- institut malaka oshirish kursi tinglovchilari, Kasb ta’limi yо‘nalishi maxsus sirtqi bо‘limida ta’lim olayotgan muxandis-pedagoglar xamda «Innovatsion о‘qitish texnologiyalari» kursi tinglovchilari bilan о‘tkazilgan anketa-sо‘rovlarda xam о‘z tasdig‘ini topdi. Shuning uchun bо‘lsa kerak talabalar о‘zlashtirgan bilimlar kо‘p xollarda kitobiy bо‘lib, ularni amalda qо‘llashda jiddiy qiyinchiliklarga duchor bо‘lishlari xam sir emas.
    Xо‘sh, qanday savolni fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi savollar qatoriga qо‘shish mumkin? Bizning fikrimizcha, tо‘g‘ri javobi о‘quv adabiyotlarda (darslik, qо‘llanma, ma’ruzalar matni va x.k) yaqqol bayon etilmagan savolgina talabani fikrlashga majbur qiladi.
    Bunday savollarga jaxon pedagogikasida «Blum savollari» nomi bilan bilan mashxur bо‘lgan, о‘zlashtirishning oltita: bilish, tushunish, qо‘llash, taxlil, sintez va baxolash darajalariga muvofiq bо‘lgan savollar misol bо‘lishi mumkin. Masalan: «Nima uchun?», «Taqqoslang?», «Tarkibiy qismlarga ajrating?», «Eng muxim xususiyatlari nima?», «Buni siz qanday xal qilgan bо‘lardingiz?», «Bunga munosabatingiz qanday?» kabi savollar talabalarni yuqori intellektual amallar (taxlil, sintez, baxolash) darajasida fikrlashga undaydi. Yoki, matndan parcha о‘qib bо‘lgandan sо‘ng, talabalarni fikrlashga undovchi quyidagi savollarni berish xam maqsadga muvofiqdir: «Bu parchaga qanday sarlavxa qо‘yish mumkin?», «Parchadan uni mazmunini tо‘la-tо‘kis anglatuvchi beshta tayanch sо‘z toping?», «Siz muallifga qanday savol bergan bо‘lardingiz?». О‘qituvchining talabalarga beradigan savoli tо‘g‘risida fikr yuritilar ekan, uning aniq, lо‘nda, tushunarli va ixcham bо‘lishi xamda bir savol bilan faqat bitta о‘quv elementi (tushuncha, qonun, qoida va x.k) sо‘ralishi zarurligini aloxida ta’kidlash lozim. Berilgan savollar mazmunida mavzuga yoki matnga oid tayanch sо‘z va iboralardan foydalanish xam muximdir.

    Download 81.05 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 81.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MUZYORAR. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar о‘rtasidagi «tо‘siqni» yо‘qotishga qaratilgan usul. О‘YINLAR

    Download 81.05 Kb.