• An’anaviy yondashuv.
  • Tizimli yondashuv.
  • I BOB. YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TA’LIM TARBIYAGA YONDASHUVLAR




    Download 81.05 Kb.
    bet2/18
    Sana06.07.2022
    Hajmi81.05 Kb.
    #24774
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Sherzod aka 2222
    mustaqil ish falsafa , iqtisodiy va ijtimoiy sohada xalqaro reyting (14talik), Doc1, O‘zbek tilshunosligida metanimiya xodisasiga ilmiy munosabatlar (2), Документ Microsoft Word, yuklash 1 — копия
    I BOB. YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TA’LIM TARBIYAGA YONDASHUVLAR.
    1.1. An’anaviy va noan’anaviy yondashuvlar va pedagogik texnologiya ta’limining tizimli usuli
    Pedagogika fani va ta’lim-tarbiya amaliyotida turli yondashuvlar qо‘llaniladi. An’anaviy yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv, tadqiqiy yondashuv, funksional, kompleks, faoliyatli yondashuvlar shular jumlasidandir.
    An’anaviy yondashuv. Uning asosiy xususiyati – о‘qituvchi ma’lum axborotni gapirib beradi, tushuntiradi, talaba esa bu bilimni xotirasida saqlaydi, “Bilim” tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma’nosida tushuniladi. Talabada bilim bor-yо‘qligi imtihonda shu axborotga doir berilgan savolga yoddan bergan javobiga qarab aniqlanadi. Bunda bilim degani asosan esda qoldirishning natijasidir, u kо‘pincha yuzaki bо‘lishi ham mumkin. Bunday bilim xotirada uzoq saqlanmaydi. Talaba savol berilganda eslashi, ba’zan eslay olmasligi ham mumkin.
    An’anaviy о‘qitish usulida ta’lim maqsadi dastur talabiga binoan aniq ifodalanmaydi, talabaning о‘zlashtirish darajasi, sifati haqida muallim aniq tasavvurga ega bо‘lmaydi
    An’anaviy ta’lim mamlakatimiz о‘quv yurtlarida keng tarqalgan, uning turli jihatlari pedagogika, metodika fanlarida ishlab chiqilgan , katta tajriba tо‘plangan. An’anaviy ta’lim usulini takomillashtirish sohasida izlanishlar davom etayotir, lekin uning obektiv imkoniyatlari cheklangan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar, tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan fan-texnika talablari – ta’lim usuli bilan jamiyatning raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga, barkamol avlodni shakllantirishga bо‘lgan ehtiyoji о‘rtasida nomutanosiblikni vujudga keltirdi. Uni ta’limda boshqa yangi yondashuvlarni qо‘llash yо‘li bilan hal etish lozim.
    Tizimli yondashuv. Tizim sо‘zi – tuzilma, qismlardan tuzilgan, birikkan yaxlit narsa yoki hodisa ma’nosini anglatadi. Tizim tushunchasi va sо‘zi, boshqa ma’nolarga ham ega. Masalan, tizim – ip, sim kabilarga terilgan narsa; tizim-shoda (bir tizim marvarid, bir shoda marjon kabilar). Shuningdek, kibernetik tizim, axborotlar tizimi, ijtimoiy munosabatlar tizimi, harakatlari tizimi, pedagogik tizim kabi tushunchalar shaklida ham qо‘llaniladi. Tizim tushunchasi odatda ayrim belgilarga kо‘ra turlarga ajratiladi: moddiy narsalar tizimi; mavhum tushunchalar, faraziyalar, nazariyalar, ilmiy bilimlar tizimi kabilar [4].
    Tizimli yondoshuv ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yо‘nalishi sifatida universal tavsifga ega, pedagogikada keng qо‘llanadi, ta’lim-tarbiyaga ham pedagogik tizim sifatida qarash lozim.
    “Tizimli yondoshuv” tushunchasi kо‘pincha “tizimli metod”, “tizimli tahlil usuli” tushunchalari bilan uzviy bog‘liq holda qо‘llaniladi. Chunki tizimli tahlil usullari ham obektning yaxlit tizim sifatida о‘rganishni nazarda tutadi. Tizimli yondoshuv, ayniqsa, tuzilish – vazifasiga kо‘ra bajariladigan tahliliga juda yaqin. Tizimli tahlilning obekti yaxlit narsa yoki hodisa (tizim) hisoblanadi, u, birinchidan, obektning turli qismlarini; ikkinchidan, qismlarning о‘zaro bog‘liqligini; uchinchidan, tizimning chegaralarini va tо‘rtinchidan, tizimning atrof-muhit bilan bog‘liqligi, aloqadorligini nazarda tutadi.
    Tizimli yondashuvda bir qancha qoida-prinsiplar majmuidan foydalaniladiki, ular tadqiqotchilik va amaliy faoliyatda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi. Bunday qoida-prinsiplar qatoriga, jumladan, quyidagilar kiradi: mavhumlikdan yaqqollikka qarab borish; analiz bilan sintezning, mantiqiylik bilan tarixiylikning birligi; obektda bog‘lanishlar va о‘zaro ta’sirlarning turlichaligi; obektning tuzilishi-vazifalari va kelib chiqishi haqidagi tasavvurlarning birligi va boshqalar.

    Download 81.05 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 81.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I BOB. YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TA’LIM TARBIYAGA YONDASHUVLAR

    Download 81.05 Kb.