• Texnologik yondashuv.
  • Tadqiqiy-ijodiy yondashuv
  • Mavzu: Kasb hunar kolleji o’quvchilarining og’zaki nutqini rivojlantirishda ta’lim texnologiyalarining o’rni Reja




    Download 81.05 Kb.
    bet3/18
    Sana06.07.2022
    Hajmi81.05 Kb.
    #24774
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Sherzod aka 2222
    mustaqil ish falsafa , iqtisodiy va ijtimoiy sohada xalqaro reyting (14talik), Doc1, O‘zbek tilshunosligida metanimiya xodisasiga ilmiy munosabatlar (2), Документ Microsoft Word, yuklash 1 — копия
    Pedagogik tizim – inson bolasini barkamol shaxs, biror kasb egasi sifatida shakllantiruvchi yaxlit ijtimoiy-pedagogik hodisa bо‘lib, uning tarkibi pedagogik jarayonning obektlari va subektlari, shakl-usullari, ular о‘rtasidagi munosabatlar, о‘zaro ta’sirlar, ularni boshqarishdan iborat. Pedagogika keng va tor (jins va tur) tushunchalarni о‘z ichiga oladi: pedagogika – fan; pedagogika – о‘quv predmeti; pedagoglik – inson faoliyatining bir sohasi sifatida keng tushunchalardir. Ularning har biri ma’lum qismlardan tuzilgan tizim hisoblanadi. Pedagogika fan sifatida ayrim belgilariga kо‘ra bir necha qismlardan tuzilgan tizimdir. Pedagogik fanlar tizimiga-pedagogika nazariyasi va tarixi; о‘qitish nazariyasi va metodikasi; madaniy-ma’rifiy ishlar pedagogikasi, ijtimoiy pedagogik kabilar kiradi [4].
    Shuningdek, ta’lim-tarbiyaning maqsadi, shakl-usullari tizimi; ta’lim-tarbiyaning yо‘nalishlari, turlari tizimi; uzluksiz ta’lim tizimi; ta’lim muassasalari tizimi; pedagogik ixtisosliklar tizimi; о‘quv vazifalari, о‘quv axborotlari tizimi kabilar ham pedagogik tizim tarkibiga kiradi.
    Texnologik yondashuv. Texnologiya yunoncha sо‘z bо‘lib texne – mahorat, san’at, logos – tushuncha, ta’limot ma’nolarini anglatadi. Texnologiya tushunchasi – tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qо‘llaniladigan usul va metodlar majmui; shunday usul va metodlarni ishlab chiquvchi va takomillantiruvchi fan sifatida ta’riflanadi. Ishlab chiqarish jarayonlarining tarkibiy qismi bо‘lgan amallar – materiallarni qazib olish, tashish, taxlash, saqlash va boshqalar ham texnologiya deyiladi. Texnologiyaga ishlab chiqarish jarayonlarini tasvirlash, ularni bajarish bо‘yicha qо‘llanmalar, texnik qoidalar va talablar, grafiklar ham kiradi. Sanoat ishlab chiqarishi sohasida yuzlab texnologik loyihalar (jarayonlar) yaratilgan. Ular, agar texnik hujjat talablariga amal qilinsa, ishni kim va qayerda bajarganidan qat’iy nazar, mahsulot sifati va natijasi kafolatlanadi .
    Ta’lim ishiga texnologik yondoshuv:
    -о‘qish, о‘qitish jarayonini о‘zaro uzviy bog‘liq etaplar, fazalar, amallarga ajratish, bо‘lishni;
    -ta’limdan mо‘ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;
    -loyihalashtirilgan ishlar, amallarning barchasini birdek bajarishni nazarda tutadi.
    Bu yondashuv asosan, reproduktiv ta’limga xosdir. Reproduktiv ta’lim tipik vaziyatlarda biror ish-harakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida bajarishdir.
    Reproduktiv darajasi uchun pedagogik texnologiya usulida ta’lim-takror ishlab chiqiladigan konveyrli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham mufassal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. О‘quv materiali aniq ifodalangan о‘quv maqsadiga mos qayta tuzib, ishlab chiqiladi, ayrim bо‘lak (qism, modul) larga ajratiladi, о‘quv materialini о‘rgatishning alternativ yо‘llari nazarda tutiladi, har bir bо‘lakni о‘rganish test yordamida nazorat etilib, hato, kamchiliklar tuzatilib, tо‘g‘rilab boriladi. О‘quv ishi etalonda kо‘rsatilgan natijaga erishishni nazarda tutadi. Bu, bolalarni qiziqtirish, musobaqa va о‘zaro yordamlashishini inkor etmaydi. Ta’lim reproduktiv xarakterda olib borilgani uchun ham bu usul bilim, kо‘nikma va malakalarning zarur minimumini egallashda kо‘proq, samara beradi. Texnologik yondashuvni qо‘llash qо‘yilgan о‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydi.
    Tadqiqiy-ijodiy yondashuv. Bu yondashuv ta’limning maqsadi talabada biror muammoni yechish qobiliyatini о‘stirish, yangi bilim (tajriba) ni mustaqil о‘zlashtirish, harakatning yangi usullarini topish, shaxsan tashabbus kо‘rsatishni kо‘zda tutadi.


    Download 81.05 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 81.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Kasb hunar kolleji o’quvchilarining og’zaki nutqini rivojlantirishda ta’lim texnologiyalarining o’rni Reja

    Download 81.05 Kb.