• Ekstralingvistik qiyinchiliklar
  • Umumiy metodikada Charlz Frizni 3 ta birligini
  • Ingliz tilida gapirishga о‘rgatishning mazmuni




    Download 81.05 Kb.
    bet4/18
    Sana06.07.2022
    Hajmi81.05 Kb.
    #24774
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Sherzod aka 2222
    mustaqil ish falsafa , iqtisodiy va ijtimoiy sohada xalqaro reyting (14talik), Doc1, O‘zbek tilshunosligida metanimiya xodisasiga ilmiy munosabatlar (2), Документ Microsoft Word, yuklash 1 — копия
    1.2. Ingliz tilida gapirishga о‘rgatishning mazmuni
    Ingliz tilida gapirish ham nutq faoliyatining turlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Gapirish orqali ma’lumot beriladi. U nutq faoliyati boshqa nutq faoliyati turlari bilan chambarchas bog‘langandir. О‘quvchida tinglab tushunish malakasi qanchalik yaxshi egallanilgan bо‘lsa, gapirish ham shuncha tezlik bilan rivojlanadi, aks holda teskarisi bо‘ladi. Inglizcha ma’lumotni qabul qila olgan о‘quvchi ingliz tilida uni mazmuniga moslashtirib, ma’lumot beradi. О‘quvchi mazmunni qabul qila olmasa, tushuna olmasa ma’lumot – javob qaytarishi qiyin. –Tinglab tushunishda qabul qilinib, idrok qilinib, ichki nutq sodir bо‘lsa, gapirishda oldin ichki nutq, sо‘ng tashqi nutq yuzaga chiqadi. Ikkalasida ham talqin qilinadi, ichki nutq hosil qilinadi, lekin gapirishda oldin bо‘lsa, tinglab tushunishda esa keyin hosil bо‘ladi. Bu ichki nutqlarda tafakkur, xotira, idrok muhim о‘rinda turadi
    О‘qish, gapirish bilan aloqador, unga bog‘liqligi bor. О‘quvchi о‘qigan ma’lumot orqali gapiradi, ma’lumot beradi. U qancha kо‘p о‘qisa, shuncha gapirishi uchun ma’lumotga ega bо‘ladi.
    Shu sababdan о‘quvchi ichida, ovoz chiqarib, ovoz chiqarmay о‘qib gapirish uchun ma’lumot tо‘playdi. О‘qish – gapirish uchun ma’lumot manbaidir.
    О‘quvchi yozuv orqali о‘qigan, tinglagan, gapirgan materiallarini, ma’lumotini yozma ifodalaydi. О‘quvchi uni yozma ifodalagan bо‘lsa, uning esida yaxshi qoladi, yaxshi о‘zlashtiradi. Yana qaytadan gapirish uchun xotirasida, yodida yaxshi qoladi. Yozuv ham gapirish ma’lumotini, materialini esda qolishiga yordam beradi.
    Yuqoridan kо‘rinib turibdiki, gapirish faoliyati boshqa nutq faoliyatlari bilan aloqadadir.
    Qator tadqiqotlarning ma’lumotlariga kо‘ra gapirish nutq umumiy hajmining 30 foizini, yozuv esa 9 foizini tashkil qiladi. Shuning uchun gapirish о‘rta maktabda ingliz tilini о‘qitishning eng muhim maqsadi hisoblanib, u monolog, dialog orqali amalga oshadi.
    О‘rta maktab chet tili о‘qitish dasturiga muvofiq gapirishni о‘rgatish ham maqsad, ham vositadir. О‘quvchi ingliz tilida gapirishni amalda qо‘llay olishi maqsaddir, u gapirishni boshqa nutq faoliyatlarini о‘rgatishda, о‘rganishda yordamchi vositachilik qiladi.
    Ingliz tilida gapirishni о‘rgatishni qiyinchiliklari bor, bularni о‘qituvchi hisobga olishi zarur. Qiyinchiliklar ekstralingvistik, psixologik, lingvistik bо‘lishi mumkin.
    Ekstralingvistik qiyinchiliklar:
    1. Gapirishni kimgadir, nimagadir qaratilishi.
    2. Gapirishda nutq vaziyati, holatini bо‘lishi, yaratilishi.
    3. Vositalarning bо‘lishi.
    4. Gapirish ehtiyoji bо‘lishi.
    5. Gapirish sodir bо‘layotgan sharoitni xususiyati (sinf о‘quvchilarining 2 ga bо‘linganligi, sinf xonasining tayyorgarligi va boshqalar).
    6. Gapirishda imo-ishoraning, harakatning qо‘llanilishi.
    Psixologik qiyinchiliklar ham muhimdir. Psixolog I.A.Zimnyaya fikrni bayon qilishning qо‘zg‘ovchi, shakllantiruvchi, amalga oshiruvchi psixologik tuzilishini beradi. Nutqni shakllantirishda yana 2 ta: ma’no, mazmun yasovchi va shakllantiruvchi jumlalarga ajratadi.
    Eng avvalo gapirish uchun stimul – rag‘batlantiruvchi undovchi omilning bо‘lishi, fikrning shakllanishiga olib keladigan ehtiyojdir, sababdir. Buning uchun tashqi va ichik ta’sir bо‘lishi zarur, unda ehtiyoj tug‘iladi. Psixologik nuqtai nazardan gapirish uchun til materiallarini bilish zarur, ular gapirishning mexanizmlari hisoblanadi. Tushunish, gapirish jarayonida, gapirish esa tushunish jarayonida shakllanadi. Gapirish nutq faoliyatining turi sifatida о‘rganilayotgan tilga va nutq turiga bog‘liq bо‘lmagan holda psixologik qiyinchilik tug‘diradi.
    Gapirish yana ikkita psixologik qiyinchilik bilan xarakaterlanadi: fikrni bayon qilish, shaklni о‘ylab kо‘rishga imkon kamligi va ifodalashning bir onda sodir bо‘lishi. Gapirishning avtomatlashgan va avtomatlashmagan tomonlari ham psixologik qiyinchilik bilan bog‘liq.
    Tafakkur, xotira ham gapirishni о‘rgatishda muhim rol о‘ynaydi. Bularni rivojlanganligi gapirishni о‘rgatishga ta’sir qiladi.
    Gapirishni о‘rgatishda lingvistik qiyinchiliklar ham ta’sir qiladi.
    1. gapirish uchun kerakli leksik, grammatik materialni, gapirish namunalarini tо‘g‘ri tanlangan bо‘lishligi;
    2. gapirish uchun zarur bо‘lgan leksik, grammatik materiallarning ma’nosi, mazmunidagi, qо‘llanishidagi qiyinchiliklar;
    3. tо‘g‘ri ohangda, ritmda, tо‘g‘ri talaffuz qilishdagi (gapirishga ta’sir qiladigan) qiyinchiliklar;
    4. nutq namunalarini, jumlalarni qо‘llay olishdagi qiyinchiliklar.
    Gapirishning yana quyidagi lingvistik qiyinchiliklarini kо‘rish mumkin:
    1. gapirish adabiy tilda emas, jonli tilda sodir bо‘ladi;
    2. gaplar, jumlalar qisqa tuziladi: Have you? And you? How many books have you? One javobi kabilar.
    3. Qisqartirilgan shakllar keng qо‘llaniladi: don’t, won’t, I’ve, shan’t kabilar.
    4. qisqartmalar keng qо‘llaniladi:
    labaratory о‘rniga lab
    microphone о‘rniga mike
    matematics о‘rniga maths
    Luqma tashlash, gap qisqartish (replikalar) ni keng qо‘llanilishi: Well, Hello, Why not, Hey kabilar [8].
    Inglizcha gapirishni 2 xil: 1) monolog, 2) dialog shaklida amalga oshiriladi. Bu 2 xil shakldagi gapirishning о‘ziga xos xususiyatlari bor.
    Keyinchalik psixologlar tafakkur, xotirani hisobga olib tashabbusli nutq, taqlidiy nutq, tayyorlangan, tayyorlanmagan nutq turlariga ajratishadi.
    Hozirgi paytda metodik adabiyotlarda monologik, dialogik nutq shakllari kо‘p qо‘llaniladi.
    Tayyorlangan nutq deyilganda о‘quvchi tayyorlanishi uchun ma’lum mavzu, vaqt berilishi, kerakli vositalar, sо‘zlar, nutq namunalari oldindan о‘rgatilishi, uyda tayyorlanishi, tayanchlar bо‘lishi kо‘zda tutiladi.
    Tayyorlanmagan nutqni spontan nutq ham deyiladi. Bunda ilgaridan tayyorgarchilik kо‘rilmaydi. О‘rta maktab dasturi bо‘yicha о‘quvchi tayyorlanmagan nutqni egallashi kerak, lekin bunga tayyorlangan nutq asosida erishiladi. Tayyorlanmagan nutq: 1) о‘qituvchi bergan mavzusi yoki nutqiy vaziyat asosida gapirish, 2) о‘qilgan matn asosida gapirish, 3) tinglangan matn, nutq asosida gapirish, 4) о‘qilgan matnni muhokama qilishda gapirish, 5) chet el kishisidan sharh olish, 6) chet el kishisiga yordam berish kabi mashqlari orqali tashkil qilinadi [8].
    Inglizcha gapirishga о‘rgatishning mazmuniga lingvistik, psixologik, metodik qismlar kiradi.
    Lingvistik qismga gapirish uchun zarur bо‘ladigan til va nutq materiallari, gap tuzilishlari, nutq namunalari kiradi. Bu materiallar tematika asosida tanlanishi zarur.
    Tematika qanday til materiallarini tanlashni belgilaydi.
    Lingvistik qism ustida tо‘xtalganda ekstralingvistik elementlarni, imo-ishora, harakat va boshqa vositalarni ham yodda tutish zarur.
    Psixologik qismga gapirish malakalarini egallash kiradi. U reproduksiyadan, о‘rniga qо‘yish, о‘zgartirishdan, kengaytirishdan, qо‘shish, aralashtirishdan iboratdir. Reproduksiya о‘quvchi о‘qituvchidan yoki fonogrammadan eshitganni, tinglanganni aynan о‘zini qaytarishdir.
    О‘quvchi reproduksiyada qisman sо‘zlarni almashtirishi mumkin. Masalan, о‘qituvchi This is a black pencil desa, о‘quvchi qaytarishda (reproduksiyada) This is a white pencil deb о‘zgartirishi mumkin. О‘zgaritirishda sо‘zlar, iboralarni о‘rni ham о‘zgartirilishi mumkin. Masalan, I live in Moscow. Sasha lives in Moscow. I ni Sasha bilan о‘zgartiriladi.
    Kengaytirishda esa nutq namunasi, gap, struktura kengaytiriladi.
    Mas. I have a book.
    I have an English book.
    I have an interesting English book.
    I have an interesting English book at home.
    Qо‘shish – aralashtirishda til materiallari, nutq vositalari qо‘shilib gapiriladi. Masalan, sport temasida I am fond of....nutq namuna faollashtirishda о‘quvchi о‘zining sevgan sport mashg‘ulotini qо‘shib gapiradi.
    Metodik qismda gapirish metod, usullarini, yо‘llarini qо‘llash tushuniladi. Bunda о‘quvchilar tayanlar, tayanch vositalardan foydalana olishlari muhimdir. Ularga tinglash, kо‘rish tayanchlari, sо‘zlar, mazmun bо‘yicha tayanchlar kiradi.
    Monologik nutq gapirishning bir shakli bо‘lib, 1 ta sо‘zlovchi tomonidan bajariladi.
    Monologik nutq ham о‘ziga xos xususiyatlarga, qiyinchiliklarga ega. О‘qituvchi ularni о‘rgatayotganda hisobga olishi zarur.
    Ular quyidagilar:
    1. Monolog bir kishi tomonidan bajariladi.
    2. U rejali bо‘ladi. 3. U qisman tayyorlangan bо‘ladi. 4. U uzilmay davom etadi. 5. U rejali bо‘lgani sababli mantiqiy bog‘langan bо‘ladi. 6. U bir kontekst, matn asosida olib boriladi. 7. Unga vositalar, tayanchlar, sharoit ta’sir kо‘rsatadi. 8. Uslub ta’sir qiladi. 9. Monolog ta’sirchan, ma’lumotli, his-hayajonli bо‘ladi, kimgadir, nimagadir qaratiladi. 10. Nutq vaziyatli bо‘ladi. Bir sharoitni, vaziyatni kо‘zda tutadi.
    Monologik nutqning quyidagi lingvistik qiyinchiliklari, xususiyatlari ham muhim о‘rin tutadi, ta’sirini kо‘rsatadi.
    1. U kо‘p bо‘g‘inli sо‘zlardan iborat bо‘ladi.
    2. Gaplar kitob uslubiga yondoshadi.
    3. Nutqni bayon qilish bir-biriga bog‘liq bо‘ladi.
    Lingvistika nuqtai nazaridan monologik malakani egallash: 1) gaplarni bog‘lovchi qismlarini egallashni; 2) kontekst uchun tо‘g‘ri sо‘z tartibini tanlash; 3) fikrni mantiqiy, ritmik ohang tomondan tо‘g‘ri ifodalash; 4) monolog uchun til vositalari, materiallarini bilish; 5) mavzuni tо‘liq ocha bilish kabilarni о‘z ichiga oladi.
    YE.I.Passov monologni: 1) davomli, 2) mantqiiy ketma-ketlikda, 3) mazmunan tugallangan bо‘ladi, deydi.
    О‘rta maktab dasturi bо‘yicha monologik nutqni о‘rgatish ham vosita, ham maqsaddir. U vosita bо‘lib gapirishni, monologning о‘zini rivojlantirishga, til materiallarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqsad bо‘lganda esa, u о‘quvchilarni monologni nutq faoliyati sifatida о‘rganishni, о‘rgatishni, u orqali ma’lumot bera olish kо‘zda tutiladi. О‘rta maktab dasturida har bir sinf о‘quvchilari uchun monologik nutq talablari, mavzusi berilgan. О‘quvchi nutqining hajmi, meyori ham belgilab berilgan. Masalan, 5-sinfda monologik nutq 5-7 ta jumlalardan iborat bо‘lishligi, 6-sinfda 7 jumladan, 7-sinfda 9 ta jumladan, 8-sinfda 8-10 jumladan iborat bо‘lishliklari kо‘rsatilgan.
    Monologik nutqni о‘rganishda monologik birliklarni aniqlash, ikkinchidan, monolog malakalarni belgilovchi metod, usul, yо‘llarni, mashqlarni aniqlash muhim о‘rin tutadi.
    Umumiy metodikada Charlz Frizni 3 ta birligini: 1) alohida kichikina erkin gaplar, 2) ayrim kengaytirilgan gaplar, 3) ikki yoki undan ortiq erkin gaplar birliklarini taklif qilishadi. S.F.Shatilov bu birliklarni qabul qilib, 1-birlik 5-6 sinflarda, 2-birlik 7-8 sinflarda, 3-birlik esa 9-10 sinflarda qо‘llanilishi yoki о‘rgatilishi mumkin deydi [9].
    Hozirgi davrda bizning fikrimizcha bu birliklarni qabul qilish va asos qilib monologik nutqqa о‘rgatish mumkin.


    Download 81.05 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 81.05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ingliz tilida gapirishga о‘rgatishning mazmuni

    Download 81.05 Kb.