• Grammatical information (grammatik ma’lumotlar)
  • List of synonyms (sinonimlar ro’yxati) 4. List of antonyms (antonimlar ro’yxati)
  • New word formation (yangi so’zlarni qayta yasash)
  • Comments (sharhlar)
  • Find Word
  • Po'latov A., Muhamedova S




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/117
    Sana22.02.2023
    Hajmi1.93 Mb.
    #43214
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117
    Bog'liq
    Formal grammatika nazariyasi
    G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
    Po'latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. – B. 58-61. 


    84 
    I. Ekranga 6 rejimga ega oyna chiqdi. 
    1-rejim. Only translation (faqat tarjima) – podstrochnikda 
    foydalaniladigan tarjimalarni va mazkur so’zning qaysi sohaga tegishliligi haqidagi 
    ma’lumotlarni beradi. Mazkur rejimning asosiy funksiyasini Only-tran maxsus 
    protsedurasi amalga oshiradi. Ushbu protsedura avvalo mazkur so’zning kodining 
    adreslar bo’limidan tarjimalar adresini izlab topadi. So’ng uni qayta ishlashni 
    boshlaydi: tarjimaning birinchi harfini olib tekst faylini ochadi (shu harf bilan 
    nomlangan) va berilgan tartib raqamiga ko’ra tarjimani topib, uni ekranga 
    chiqaradi. 
    2. Grammatical information (grammatik ma’lumotlar) – so’zning 
    barcha morfologik va sintaktik xususiyatlari va undan foydalanishdagi ayrim 
    noaniqliklar haqidagi ma’lumotlarni beradi. Gram info maxsus protsedurasi 
    ishlaydi. Grammatik ma’lumotlar kodi bo’limida jamlangan ma’lumotlarni 
    rasshifrovka qiladi. 
    3. List of synonyms (sinonimlar ro’yxati) 
    4. List of antonyms (antonimlar ro’yxati)
    Ushbu rejimlar Syn-List va Ant-list maxsus protseduralar yordamida 
    sinonimlar va antonimlar ro’yxatini beradi. Ular quyidagi tartibda ishlaydi: 
    sinonim va antonimlar kiritilgan so’z kodning “sinonimlar adresi” va “antonimlar 
    adresi” bo’limlaridan topiladi hamda ekranga chiqariladi. 
    4. New word formation (yangi so’zlarni qayta yasash) – mazkur so’z 
    bilan bir xil o’zakka ega bo’lgan barcha so’zlarni chiqarib beradi. Asosiy ish NWF 
    protsedurasi vositasida amalga oshiriladi: 
    a) so’zning o’zagi ajratiladi; 
    b) so’z haqidagi barcha ma’lumotlarga ega bo’lgan holda ushbu o’zakka 
    old qo’shimcha va boshqa qo’shimchalarni qo’shish orqali o’zgartirilishi mumkin 
    bo’lgan barcha so’zlarni chiqarib beradi. 
    6. Comments (sharhlar) – o’rganilayotgan so’zni tez esda qolishi uchun 
    “aytib berish” (podskazka) ko’rinishidagi sharhlarni chiqarib beradi. 
    II. Ish uchun zarur bo’lgan rejim tanlanganidan so’ng so’z kiritiladi. 
    Ayrim elektron lug’atlarda leksikon bazasi ozligi sababli, ayrim so’zlarning 
    xotirada kodi bo’lmasligi ham mumkin. Shuning uchun kirishdan so’ng Find 
    Word protsedurasi ish boshlaydi. Uning vazifasi xotiradagi so’z kodini izlashdan 
    iborat. Agar u topilsa, maxsus protseduralar uzatiladi, aks holda esa quyidagi xabar 
    chiqadi “Sorry, I do not know (Uzr, men buni bilmayman) va keyingi so’z 
    kiritiladi. 
    III. Topilgan kod tanlangan rejimning maxsus dasturlari bilan qayta 
    ishlanadi, buning natijasida talab qilingan ma’lumotlar chiqariladi. 


    85 
    IV. Tanlangan rejimlarda ishni davom ettirish haqida so’raladi. “Ha” 
    javobidan so’ng dastur ishi ikkinchi bosqichda davom ettiriladi. Aks holda keyingi 
    bosqichga o’tiladi. 
    V. Dastur ishini tamom qilish haqida so’raladi.
    Kompyuter leksikografiyasi bugungi kunda turli qo’shimcha imkoniyatlar 
    asosida rivojlanib bormoqda. Xususan, dastlab kompyuter lug’atlari bir tilli, ikki 
    tilli bo’lgan, hozirda ko’p tilli (uch, to’rt, olti, o’n tilli) elektron lug’atlar 
    yaratilmoqda. Shuningdek, keyingi paytlarda muayyan sohalarga ixtisoslashgan 
    elektron lug’atlar ham yaratilmoqda. Ya’ni dastlab kompyuter lug’atlari faqat 
    umumiy leksikon bilangina cheklangan edi, hozirda bundan tashqari fanga oid 
    bo’lgan, qurilish, aviatsiya, avtomobilsozlik, harbiy, diniy, yuridik sohalarga oid 
    so’zlar bazasi ham e’tiborga olinmoqda. Hatto so’zlarning matnda qo’llanilish 
    imkoniyatlari, distributiv holatlari, birikma holidagi ko’rinishlari ham nazarda 
    tutilgan holda lug’atlar yaratilmoqda. Bu ko’rsatkichlar kompyuter leksikografiyasi 
    sohasining taraqqiy etayotganidan darak beradi. 

    Download 1.93 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   117




    Download 1.93 Mb.
    Pdf ko'rish